S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqta va maydon
- Chiziq va chiziq
- Chiziq va maydon
- Maydon va maydon
- Atributiv ma’lumotlar
- Nazorat savollari
Nuqta va chiziq orasidagi munosabat. Mantiqiy echilishi —chiziqning oxiri” —eng yaqin nuqta” deb deb qabul qilinadi. Aytaylik ko‘chaning (—chiziq” deb qabul qilingan) ohiridagi chorrahani (—nuqta” deb qabul qilingan) topib berish yoki aeroportga (—nuqta” deb qabul qilingan) eng yaqin bo‘lgan ko‘chani (—chiziq” deb qabul qilingan) aniqlash masalalari ushbu yo‘l bilan echiladi.
Nuqta va maydon orasidagi munosabat. Mantiqiy echilishi —maydon o‘z ichiga oladi” va —bu erdan ko‘rinishi mumkin” deb hisoblanadi. Misol uchun, maxalla (—maydon” deb qabul qilingan) ichidagi barcha istiqomat qiluvchi xonadonlarni (—nuqtalar” deb qabul qilingan) topishda, tegishli koordinatalar solishtiriladi va kerakli nuqtalar ajratiladi. Birorta joydan (—nuqta” deb qabul qilingan) kerakli hudud (—maydon” deb qabul qilingan) ko‘rinadimi, yo‘qmi vazifasi bundan mustasno. Chiziq va chiziq orasidagi munosabat. Mantiqiy echilishi —kesib o‘tish” va —oqish”.Misol uchun, daryo (—chiziq” deb qabul qilingan) va yo‘lni (—chiziq” deb qabul qilingan) tutashgan joyi. Birorta yo‘ldan (—chiziq” deb qabul qilingan) 1 kilometr uzoqlikdan oshmagan masofada joylashgan barcha yo‘llarni (“chiziq” deb qabul qilingan) ajratib berish vazifasi bunga misoldir. Daryoning (“chiziq” deb qabul qilingan) irmoqlarini (—chiziq” deb qabul qilingan) saralab olishda ham xuddi shunday yondashiladi. Chiziq va maydon orasidagi munosabat. Mantiqiy echilishi —kesib o‘tish” va —chegaradosh” deb hisoblanadi. Aytaylik, yo‘l (—chiziq” deb qabul qilingan) kesib o‘tadigan hududda (”maydon” deb qabul qilingan) barcha tuproqlar turlari (—maydon” deb qabul qilingan). Yoki daryo (—chizik” deb qabul qilingan) birorta viloyatning (—maydon” deb qabul qilingan) chegarasi ekanligini aniqlash vazifasi. Maydon va maydon orasidagi munosabat. Mantiqiy echilishi —ustma- ust tushadi”, —yonma-yon turadi” va —eng yaqin joylashgan” deb hisoblanadi.Misol uchun, tuproqlar va erdan foydalanish qatlamlarini solishtirishda maydonlarni ustma-ust keltirish ushbu ikki hodisa orasidagi fazoviy munosabatni belgilaydi. Ya’ni, bir hil tuproq va bir hil erdan foydalanishi orasidagi munosabat kuchli bo‘lsa, maydonlarni biri birini qoplashi ham sezilarli darajada bo‘ladi. Boshqa misol, o‘rmonda yong‘in maydoni va unga eng yaqin joylashgan ko‘l aniqlashda kordinatalarini tekshirish yo‘li bilan eng yaqin joylashgan ko‘l topiladi. Yonma- yon turgan maydonlar orasidagi yagona chegarani aniqlashda ham maskur munosabat tekshiriladi. Geoaxborot tizimlarida bunday fazoviy tahlil qilish uchun modullar yuqorida ko‘rsatilgan nazariy asoslar va fazoviy munosabatlarga tayangan holda yaratilgan. Atributiv ma’lumotlar Demak, geoaxborot tizimlarida fazoviy ob‘yektlarga doir bir necha xil ma’lumotlar saqlanadi. Ular fazoviy va atributiv ma’lumotlar. Fazoviy ma’lumotlar real olam ob‘yektlarining chegaralari va geometriyasini, atributiv ma’lumotlar esa mazkur ob‘yektlar xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni ifodalaydi. Real ob‘yektlar xususiyatlarini to‘la aks ettirish uchun ular ma’lumotlar bazasida (MB) saqlanishi lozim. Ma’lumotlar bazasi deganda quyidagi xususiyatlarni ifodalash lozim: integrallashuvchi, ya’ni aniq predmet soha bo‘yicha umumiy masalalarni yechishga yo‘naltirilgan; modellashgan(tashkillashtirilgan, ya’ni real olamning qandaydir qismini aks ettiruvchi); o‘zaro bog‘liq; ma’lumotlar tasvirining amaliy dasturlarga bog‘liqmasligi va aksincha. MBdagi ma’lumotlar ustida turli amallar bajarish uchun yana bir muhim dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT) ishlatiladi. MBBT deganda, quyidagilarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar va til vositalari tushuniladi: foydalanuvchilarni ma’lumotlarni tavsiflash va ular ustida amallar bajarish uchun kerakli til vositalari bilan ta’minlash; ma’lumotlarning mantiqiy modellarini quvvatlash; mantiqiy ma’lumotlarni yaratish va ular ustida amallar bajarish (tanlash, joylashtirish, yangilash, o‘chirish va h.k.); ma’lumotlar yaxlitligi va himoyalanganligini ta’minlash. MBBTning asosini MBga murojaat qilishga ta’luqli barcha jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini beruvchi boshqaruv dasturlari to‘plami tashkil qiladi. MBBTning yana bir tarkibiy qismi bu qayta ishlashga imkon beruvchi dasturlar hisoblanadi. Ularga ma’lumotlarni tavsiflash tillari translyatorlari, avtonom dasturlash tillari translyatorlari, so‘rovnomalar tili inter (SQL)kiradi. MBBTning yana bir tarkibiy qismi servis dasturlaridir. O‘tgan asrning 80 yillarida MB loyihalashtirish va yaratishga imkon beruvchi apparat dasturiy vositalar paydo bo‘ldi. Axborot texnologiyalarining keng rivojlanishi hozirgi zamon talablariga javob beradigan MBBT - ORACLE keng qo‘llaniladi. Atributiv ma’lumotlar bazalalarini yaratishning uchta asosiy modeli mavjud: iyerarxik model; tarmoqli model; relatsion model. Ulardan relyatsion modellar ko‘proq qo‘llanilmoqda. Atributiv ma’lumotlar modellarini o‘rganishdan avval, —MOHIYAT - BOG’LANISH” ko‘rinishidagi MBlarini loyihalashtirishda umumiy bo‘lgan modelni o‘rganish lozim bo‘ladi. —MOHIYAT - BOG‘LANISH” modeli 1976 yil Piter Pin Shen Chen tarafidan ishlab chiqilgan. [36-b-100]. —MOHIYAT-BOG‘LANISH” modeli real olam haqidagi semantik(mazmunli) axborotga asoslangan va ma’lumotlarni mantiqiy ifodalash uchun ishlatiladi. Barcha mavjud ma’lumotlar modellari (iyerarxik, tarmoqli, relatsion)ning asosi —MOHIYAT -BOG‘LANISH” modelidir. Aytib o‘tish lozimki, —MOHIYAT - BOG‘LANISH” modeli to‘la ma’noda ma’lumotlar modeli emas, chunki mazkur modelda ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar (operatsiyalar) aniqlanmagan va faqat malumot mantiq bilan chegaralangan. Mazkur model predmet soha ob‘yektlari va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirishga imkon yaratadi. —MOHIYAT-BOG‘LANISH”ning asosini mohiyat, atribut va bog‘lanish konstruktiv elementlari tashkil etadi va ular yordamida predmet, soha tavsifi yaratiladi. Mohiyat - real mavjud ob‘yekt, jarayon yoki hodisa haqidagi saqlanishi lozim bo‘lgan umumlashgan tushunchadir. Predmet, soha mohiyati deganda real borliq material ob‘yektlari, hodisalar va h.k.lar tushuniladi. Mohiyat turi deganda muhitga tegishli bir jinsli ob‘yektlar to‘plami tushuniladi, mohiyat nusxasi deganda mazkur to‘plamdagi aniq ob‘yekt anglanadi. Atribut bu - mohiyatning nomlangan xarakteristikasi. Ma’lumotlar modelida atribut mohiyatlar xususiyatlarini modellashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Modelda atributni berish uchun uning nomi, tavsifi, mazmuni, qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlari to‘plamini aniqlanishi va nima maqsadda qo‘llanilishi ko‘rsatilishi lozim. Atributning asosiy vazifasi - mohiyat xususiyatlarini tavsiflash va mohiyat nusxalarini identifikatsiya qilishdir. Bunday atributlar kalit atributlar deyiladi. Atributlardan mohiyatlar orasidagi munosabatlarni ifodalashda foydalanish mumkin. Mohiyatlar munosabatlarini tahlil qilganda binar, teranar va umumiy holda n-nar kabi bog‘lanishlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri kelinishi mumkin. Nazorat savollari: GAT da fazoviy tahlil vazifalari nimalardan iborat? Ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilishning asosiy funksiyalari keltiring. GAT da Overley funksiyalari qanday vazifalarni bajaradi? Bufer zonalarini hosil qilish bosqichlariga izoh bering. Buffer instumentiga murojaat etish tartibini tushuntirib bering. GAT da tarmoq tahlili qanday amalga oshirilidi? GAT da nuqtaviy taqsimot munosabatlari. GAT da chiziqlar taqsimoti munosabatlari. GAT da poligonlar taqsimoti munosabatlari. Atributiv ma’lumotlarga misollar keltiring. Atributiv ma’lumotlar bazalarini modellariga izoh bering. Munosabat boshlanish modelini muallifi kim? Atribut-nima? Atributiv tahlil nima uchun kerak? Mohiyat bu qanday tushuncha? Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling