S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


V-BOB. FAZOVIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH1


Download 2.22 Mb.
bet38/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

V-BOB. FAZOVIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH1

    1. Fazoviy tahlilning nazariy asoslari

Yer yuzasida joylashgan ob‘yektlar o‘zaro bog‘langanligi va o‘zaro munosibdaligini o‘rganish natijasida tabiat va jamiyat xususida ko‘p qiziqarli ma’lumot olish mumkin. Hodisalar va jarayonlar qanday qilib bir-biriga bog‘langan va ular qanday qilib o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi? Ular orasidagi fazoviy aloqa va munosabatlari nimani bildiradi? Munosabat va aloqani o‘rganish natijalarini amaliyotda tadbiq qilish mumkinmi? Bunday savollar Yerni o‘rganadigan olimlarni azaldan qiziqtirib keladi. Tarixda shunday munosabat va aloqadorligini o‘rganish natijasida bir qator ilmiy g‘oya va taxminlar paydo bo‘lgan. Bularga misol “materiklar dreyfi” nazariyasi, foydali qazilmalarni qidirib olishdagi turli xil yondashuvlar, ekologiyaga oid masalalar, Lyosh-Kristalyer yaratgan aholi punktlari tartibli joylashish qonun-qoidalari, Hogorstrand taklif qilgan aholini joydan joyga borish-kelish mahsus “domen”lar nazariyasi, U.Toblerning “geografiyaning birinchi qonuni” va h.k.. Boshqa ilmiy sohalarda ham o‘xshash savollar mavjud. Masalan, fizika, kimyo fanlarida materiya to‘g‘risidagi qonunlar asosida bunday fazoviy fikr yuritish masalasi. Bular atomlar orasidagi masofa, ulardan iborat tuzilishlar, hamda bir-biriga nisbatan joylashishi va xarakati, o‘zaro fazoviy munosabatlar kabi ko‘rsatkichlar orqali fazoviy tasavvur xosil bo‘ladi.
Geoaxborot texnologiyalar va tizimlarida insonning fazoviy dunyo qarash va fikrlash yo‘llariga asoslanib, turli xil farazlar qullaniladi. Fazoviy fikr yuritish - bu ob’yektlarni va hodisalarni bir-biriga nisbatan joylashishi, fazoviy shakli va tuzilishi, joydan-joyga kuchib borish va vaqt mobaynida o‘zgarishi kabi xususiyatlarni anglash. Demak, bilimlarga va ko‘nikmalarga ko‘ra fazoni o‘rganish va uni turli xil ko‘rsatish, hodisa va jaryonlarni to‘liq va to‘g‘ri tushunish va o‘rganish, hamda izlanish natijalaridan foydalanishni fazoviy fikr yuritish deb aytsak bo‘ladi. Xilma-xil nazariy hamda amaliy vazifalar echishda va qaror qabul qilishda fazoviy fikr yuritish muhim o‘rin tutadi. Lekin u ohirigacha o‘rganilgan va izohlangan masala bo‘lmagani sababli, geoaxborot tizimlarida undan foydalanish bu nuqtai nazardan hozirgacha mukammal emas va kompyuterlash ishlari ham echimini topdi deb ayta olmaymiz.
Geoaxborot tizimlari afzalliklaridan biri fazoviy tahlilni bajarish imkoniyatidir. Turli xil fazoviy ma’lumotlar orasidagi munosabatlarni o‘rganishda maskur tizimlarining fazoviy tahlil funkstiyalaridan foydalaniladi. Bugun bu funksiyalardan Internet orqali ham foydalanish imkoniyatlari ko‘payib bormoqda.
Ohirgi yillarda fazoviy axborot fani rivojlangan sari uning muhim nazariy asoslari yaratilmoqda. Geoaxborot tizimlari va texnologiyalar, ular qatorida fazodan kuzatish tizimlari va texnologiyalariga oid qonun-qoidalarni va yondashuvlarni ilmiy jixatdan asoslash maskur fanning vazifalaridan biridir. Yechiladigan boshqa vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Turli yo‘l bilan, ya’ni fazodan kuzatish tizimlari va texnologiyalari hamda joyda tasvirga olish, fotogrammetriya yordamida xarita tuzish orqali fazoviy ma’lumot to‘plash, ularni birlashtirish, toifalarga ajratish, tahlil qilish;

  2. Ma’lumotlar modelini barpo etish, ma’lumotlarni tuzilishini o‘rganish, ularni tartibga solish va fazoviy ma’lumotlar nazariyasini rivojlantirish;

  3. Ma’lumotlarni grafika tarzida ko‘rsatish uchun kartografiya va

kompyuter grafikasi usullaridan foydalanish;

  1. Fazoviy ma’lumotlarni izlab topish yo‘llarini takomillashtirish va

o‘rganish;

  1. Fazoviy tahlil va modellashtirish.

Fazoviy ma’lumotlar ayrim darajada aniq va ravshan, ularni o‘rganadigan yondashuvlar va masalalar ham aniq va yetarli darajada asoslangan deb hisoblasa bo‘ladi.
Shunga bog‘liq holda fazoviy jarayonlarni ta’rifi asosida bir necha g‘oya yotibdi. Fazo doirasida barcha ob‘yektlar tartibga keltiriladi. Fazo qolip bo‘lib, birorta ob‘yektni aniq o‘rnini, o‘zaro joylashishini va bir-biriga bog‘likligini aniqlashda asos deb qabul qilingan. Bunda fazo bir necha tushunchalarni o‘z ichiga olib, fazoviy jarayonlarni tushunishga va tushuntirib berishda qo‘llaniladi.
Misol uchun, fazoviy yaqinlik oshgan sari nuqtalarning o‘zaro tortilish kuchi oshadi va, aytaylik, bu joyga boshqa uzoqroqdagi joylarga ko‘ra ko‘proq mijoz yoki xaridor kelishi mumkin. Matematik statistika apparatidan foydalanib, fazoviy ko‘rsatkichlarning miqdorlari hisoblanadi. Misol uchun, ish bilan bandlikni hududiy xilma-xilligi, sog‘liq statistikasini hududiy o‘zgarib turishi va h.k. o‘rganiladi. Atrof muhitga tegishli jarayonlar, masalan, atmosfera, okeandagi jarayonlar fazoviy ko‘rsatkichlar orqali tekshiriladi. Fazoni o‘lchash ko‘rsatkichlari esa xilma-xilligi va o‘lchami bilan ajralib turadi va ular katta maydondagi ekologik jarayonlarining, yoki shahar ichidagi kichik ko‘chaning fazoviy ko‘rsatkichlari ham bo‘lishi mumkin.
Ilmiy qurol bo‘lib, geoaxborot fani dunyodagi fazoviy jarayon va hodisalarni o‘rganish va tushuntirib berishda o‘z maqsadini va muhimligini ko‘radi.

    1. Fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilishning asosiy funksiyalari


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling