S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet46/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Rastrali model- bu fazoviy ob‘yektlar va ularning uzluksiz geografik o‘zgaruvchanligini to‘r ko‘zi (yacheyka) ning eng so‘nggi o‘lchami-rastralar to‘plami orqali aerosiyomkalangan taqdimoti.
Rastrali modellar (28(b) rasm) geografik maydonlar modeliga mos ravishda ma’lum bir hududda uzluksiz tarqalgan ma’lumotlarni saqlash va tahlil etish uchun eng qulay mexanizm. Rastra avval ta’kidlaganimizdek kodlangan unsurlar (piksellar) matritsasidan iborat bo‘lib, ob‘yektning tegishli sinfi yoki tasvirlash rangini identifikatsiyalaydi. Piksellarning qiymatlarini o‘lchash, hisoblash yoki 125
interpolyatsiyalash natijalariga teng bo‘ladi . Rastrali modellarga ma’lumotlarning uzluksiz taqsimotini modellashtirish va tahlil qilishda foydalanish uchun GAT da joylashtirilgan gridlar (uzluksiz to‘rlar, GRID) ham kiradi. Gridlar vektorli ma’lumotlar asosida tuzilishi mumkin. Rastraning o‘lchash( siyraksizlanishi)ni xarita yoki joy chizmasining murakkabligi va masshtabiga qarab tanlanadi, ammo texnik noqulayliklar bir to‘plam ichida tanlanmaning chastotasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaydi.


28-rasm. Ma’lumotlarning vektorli (a) va rastrali (b) modellari.
Geoaxborot tizimlarda fazoviy ma’lumotlarning tashkil etishning asosida ma’lumotlar bazasidagi fazoviy ob‘yektlarning qatma-qatli tarzda bayon qilinish yotadi.
Har bir qat -bu birta ko‘rsatkich o‘zgarishlarini qaydi. Qayd qilish usuli fazoviy ma’lumotlarning vektorli yoki rastrali modeliga mos ifodalanilgan diskretizatsiyalashni tanlangan usuli orqali aniqlanadi [24,-b.22].
Ma’lumotlar to‘plamining qati bunday ob‘yektlarning bir turini yoki konseptual o‘zaro bog‘liq bo‘lgan guruh ob‘yektlari turlarini ifodalaydi. Masalan, har uya ichiga faqat chiziqli ob‘yektlarni ( ko‘lning qirg‘og‘i) olishi mumkin. Shuningdek barcha ob‘yektlarni bir qatlamda jam qilib ifodalash ham mumkin (masalan fiziko-geografik xarita ).
Vektorili va rastrali modellar ma’lumotlarini tasvirlash, kompyuterda saqlash bilan birga bir tasvirdan ikkichisiga o‘tish imkonini ham o‘zida mujassam etgan.
Vektorda taqdim etilgan ob‘yektlar (nuqta, chiziq, poligon ) vektorli-rastrali almashtirish operatsiyasini qo‘llab rastrali formatga o‘tkazish mumkin. Bunday operatsiya -rasterizatsiyalash deyiladi [24,-b.113].
Ba’zi bir ma’lumotlarni oson va qulay bo‘lganligi uchun modellash tizimiga vektor shaklida kiritilib keyin rastraga almashtiriladi. Vektor shaklida hosil bo‘lgan raqamli chegara kontur chizig‘i nuqtalarining o‘rnini belgilaydi, chunki bu nuqtalar to‘g‘ri chiziq kesmalari bilan tutashtirilgan. Natijada X, Y koordinatalari fayli tuziladi. “Vektor rastra” almashtirish dasturida bu fayl ishlab chiqiladi. Faqat rastra ko‘zining o‘lchami aniqlanib, to‘r vektorni tasvir bilan ustma-ust keltirilganday bo‘ladi va rasterizatsiyalash qadami aniqlanadi. Dastur koordinatalarning minimal va maksimal qiymatlarni hamda har bir to‘r ko‘zining (yacheykaning) o‘rnini aniqlab ularning tushgan joyiga mos ravishda qiymatlarini belgilaydi ( 29-rasm).



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling