S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afzalliklari
- Cove Trace , Adobe Streamline
- Easy Trace(Easy Trace Group, Ryazan, Rossiya)
29-rasm. Chiziqli (a,b,e) va polygonal (г, д ,e) ob’yektlarini
rasterizatsiyalash[24,-b.113]. Rasterizatsiya jarayonida har bir to‘r ko‘ziga (yacheykaga) nuqtaning atributi (kodi)ga mos ravishda qiymat belgilanadi. Nuqtasi bo‘lmagan yacheykalarga qora va oq fonga mos bo‘lgan 0 va 255 qiymatlari belgailanadi (ba’zi bir dasturlar paketida “ma’lumotlar yo‘q” degan maxsus indeks kiritilgan). Agarda yacheykada bir nechta nuqtalar tushgan bo‘lsa ularga birinchi qayta ishlashga tushgan nuqtaning qiymati belgilanadi. Yacheykaning kichikroq o‘lchamidan foydalanilganda bunday holatlar soni kamayib, rastrali informatsiya hajmi ko‘payadi. Chiziqlar rasterizatsiyalanganda uni kesib o‘tgan chiziqqa mos qiymat belgilanadi, poligonlar holatida esa har bir yacheykaga uning markaziga mos kelgan poligon atributi belgilanadi. Rastra-vektorli almashtirish yoki vektorizatsiyalash skanerlangan tasvirdan ob’yektni — ajratib olish” uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ma’lumotlar bazasining vektorli qatlamlarida modellashtirish natijasida qurilgan sirtlarni almashtirish uchun ham vektorizatsiyadan foydalaniladi. Vektorizatsiyada yacheykalarning biror qiymatli uzluksiz guruhlari birlashib poligonlar tashkil etadi. Chiziqning vektorli varianti yo‘lini ob‘yekt sifatida tasvirlagan to‘g‘ri chiziq kesmalarini tutashtiruvchi qator nuqtalar sifatida ifoda etiladi, rasrali variant esa shu holat rastraning tutash unsurlari termasi shaklida namoyon bo‘ladi. Vektorizatsiya jarayonidagi asosiy operatsiya har bir piksel atrofini kuzatish yo‘li bilan chiziqlar va ularning ingichkalashuvini kuzatib borish. Poligonlarning chegarasini rastra yacheykalari chegarasidan o‘tkazadi, nuqta va chiziqlar uchun yacheykalar markazi ko‘rsatiladi. —Ma’lumotlar yo‘q ” indeksi bilan belgilangan yacheykalardan vektorli ob‘yektlar yaratilmaydi. Vektorizatsiya ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: digitayzer yordamida yoki skanerlangan tasvirni vektorizatsiyalash orqali. Ikkala usul ham o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega [17,-b.23]. Mavjud xaritadan digitayzer yoki grafikali planshet yordamida chizish. • Afzalliklari: Katta xaritalar bilan bevosita ishlanadi; Vektorli tasvirlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hosil qilinadi; • Kamchiliklari: Xaritaning aniqligi digitayzer operatorining malakasiga bog‘liq; Vektorizatsiyani bevosita ko‘rib nazorat qilish imkoniyati yo‘q. Tasvirni maxsus dastur yordamida skanerlash va vektorizatsiyalash. • Afzalliklari: Nuqtalarni rastralarga qo‘shish ishlari tez maxsus dastur yordamida amalga oshiraladi; Ekranda rastraning ham vektor chizig‘ining ham ko‘rinishi tufayli, aniqlikni ko‘rib nazorat qilish mumkin. • Kamchiliklari: Katta xaritalarni skanerlash uchun rulonli skanerlar zarur ; Xaritani kalka( shaffof qog‘ozga) o‘tkazish talab qilinadi. Vektorizatsiyalashda qo‘llaniladigan dasturlarning turiga qarab bu jarayon qo‘l yordamida, avtomatik va yarim avtomatik ravishda amalga oshiriladi [17,-b.24]. Avtomatik vektorizatsiyalashda Cove Trace , Adobe Streamline dasturlar paketidan foydalaniladi . Natijada vektorizatsiya tezroq bajariladi, ammo chiziqlar ifodasida ma’lum bir kamchiliklar mavjud bo‘ladi. Yarimavtomatik vektorizatorlar Easy Trace, Map Edit geoaxborot tizimlarda foydalanish uchun maxsus yaratilgan. Bu dasturlar xaritalar yaratish uchun eng mos hisoblanadi. Easy Trace(Easy Trace Group, Ryazan, Rossiya) Izochiziqlar tasvirlangan ( topografik) xaritalarni vektorizatsiyalash uchun juda qulay, sifati past bo‘lgan rastralar bilan yaxshi ishlaydi. Nuqtalarning balandlailarini yarimavtomatik tarzada belgilab chiqish ushun o‘ng‘ay. 7- versiyasidan boshlab chiziqli ob‘yektdan poligonallilariga o‘tish hisoblari mavjud. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling