S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet50/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

rasm. Joy hududini 3D modellashning komponentlari va strategiyasi.

Masalan, kompyuter grafikasi usullari bilan hududlarning uch o‘lchamli fotorealistik vizuallash va shaharlarning GAT 3D modellarini yaratish, ularni boshqarish, atrof muhitni rejalshtirish va loyihalash ishlarini takomiollashtirishga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy grafotexnik vositalar shahar landshaftlarining fotorealistik uch o‘lchamli modellarini yaratish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash, qaytq ishlash va vizuallash imkoniga ega.Shunday modellar DATA+( Moskva ) korxonasi 133
mutaxassislari tomonidan Rossiya federatsiyasi shaharlari uchun yaratilmoqda [32,-b.11; 14,-120].
Bunday uch o‘lchamli modellar quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • hududning fotorealisnik tasvirini yaratish va model bo‘ylab virtual harakatlanishi ( virtual quyulgan informatsiya yaratish );

  • shahar landshafti ma’lumotlarini tahlil qilish va modellash imkoniyatini baholash, binolar va boshqa ob‘yektlarning modellariga o‘zgartirishlar kiritish, uch o‘lchamli ma’lumotlarni jalb qilish orqali tematik xarita qatlamlari bilan xilma-xil kombinatsiyalarni amalga oshirish;

  • istiqbolli uch o‘lchamli topologik GAT ma’lumotlar va modellarni taqdim etish usullarini tadqiq qilish hamda ularni loyihalashning avtomatik tizimlari loyihalari bilan moslash.

Shahar fotorealistik modelining muhim tashkil etuvchilaridan biri joy ob‘yektlarining 3D modellari geometric ob‘yektlar to‘g‘risidagi informatsiyalar, 2D modelli xaritalar, aero va fotogrammetrik suratlar hamda joylardagi o‘lchashlar natijalari bo‘yicha shakllantiriladi. Shaharlarning 3D modelini yaratishda fotorealistik teksturalardan foydalanish samarali omil hisoblanadi [44,-b.311-315]. Ularni qo‘llashning quyidagi ikkita tan olingan afzalligi bor:

  1. 3D modellarda qo‘llaniladigan fotorealistik teksturalash atrof muhitni

mavjud borliqqa eng o‘xshash bo‘lgan tasvirini yaratish imkonini beradi.

  1. Teksturalash geometrik modelda mavjud bo‘lmagan informatsiyani

o‘zida mujassamlab, tasvirlanayotgan sirtlarning detallari va yaratilgan materiallari haqidagi ma’lumotlarni bera oladi.
Ko‘rilgan usul nafaqat rekonstruksiya qilingan sirt, balki har bir sirti mavjud bo‘lgan ob‘yekt bilan aniq amallar (o‘zgartirish, tahrir qilish, o‘chirish, atributiv informatsiyani tirkab qo‘yish) bajarishni ta’minlaydi.
Shunday qilib, uch o‘lchamli modellash jarayoning tahlilidan ma’lum bo‘ldiki, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni 3D modellash uchun to‘plash, qayta ishlash va qo‘llashning texnik jihatlari ham uzoq vaqtlar muammoli masala bo‘lib qolaveradi. 3D- modellash uchun zarur bo‘lgan apparaturalar ishlab chiqilgan va kun sayin takomillashmoqda. Asosiy hal qilinishi kerak bo‘lgan dolzarb masala bu xilma-xil ma’lumotlar to‘plamidan foydalanib, 3D-modellari tuzishning avtomatizatsiyalashgan texnologiyalarini ishlab chiqish.
Nazorat savollari

  1. Modellarni tasnifini keltiring?

  2. Modellanadigan ob‘yekt qanday xossalarga ega bo‘lishi kerak?

  3. Modellarga qanday talablar qo‘yiladi?

  4. Qaysi operatsiyalar GATda avtomatizatsiyalashgan tarzda amalga

oshiriladi?

  1. Ob‘yektning oriyentatsiyalashgan modellariga ta’rif bering.

  2. Geografik maydon modellariga misollar keltiring.

  3. Fazoviy ob‘yektlarning modellari nima uchun yaratiladi?

  4. Fazoviy ma’lumotlarning modellarini ta’riflab bering.

  5. Giperfazoviy modellash usullarini keltiring?

  6. Vektorli modellar qanday yaratiladi?

  7. Rastrali modellarning afzalliklari nimada?

  8. Grid nima va u qayerda qo‘llaniladi?

  9. Vektorizatsiyalashning rasterizatsiyalashdan farqi nimada?

  10. Digitayzer nima uchun qo‘llaniladi?

  11. Uch o‘lchamli modellash zarurati nimadan iborat?


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling