S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
VII BOB. JOYNING RAQAMLI MODELLARI
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
VII BOB. JOYNING RAQAMLI MODELLARI
Raqamli modellarni tuzilishi va mazmun mohiyati Joyning modeli bu joy xossalarining informatsion tizimi hisoblanadi. Model alohida ob‘yektga yoki ob‘yektlar to‘plamiga tegishli bo‘lishi mumkin. Modellar taqdimot shakliga binoan abstrakt va raqamli bo‘lib, ular joy ob‘yektlarining butun topografik xossalari yoki ularninng bir qismini ifodalashi mumkin. Demak, joyning raqamli modeli (JRM) joydagi barcha unsurlar (relyef, vaziyat, harakat va topografik ob‘yektlar) to‘g‘risidagi informasiyalar to‘plami ekan. Shuning uchun ham, joyning raqamli modellarini keng qo‘llanishi, avtomatizasiyalashgan kartografiyaning bazasida topografik informasiyani to‘plash tizimi sifatida qabul qilinishi JRMning mazmun mohiyatini belgilab beradi. Raqamli modellashga berilgan ta’riflarning tahlili JRMning asosiy xossa va xususiyatlarini umumlashtirish imkonini beradi [23,-b.36]. JRM mazmun-mohiyati joyning topografik xossasini ifodalanishiga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ham joyning raqamli modelini uning topografik modeli ham deyishadi. JRM bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan nuqta va unsurlar to‘plamini o‘zida mujassam etgan struktura (tuzilmadan) iborat. JRMda informasiya diskret (uzlukli) shaklda taqdim etilgan. Bu modellashtirish maqsadida EHMdan foydalanish uchun juda qulay. Bulardan boshqa JRM topografik masalalarni echishni ta’minlaydigan qator xossalarga ega: Modelning mavjud ob‘yektga o‘xshashligi, nuqtalarning uzluksizligi, modelning realligi. Joyning raqamli modeli birlamchi model hisoblanib, raqamli xarita yoki joy nomi va xaritasining to‘liq tasvirini yaratish asosini tashkil etadi. Chunki, xarita belgilangan algoritmga binoan ma’lum bir matematik qonuniyatlarga mos ravishda topografik informasiyani to‘plash va qayta ishlash natijasida bir necha bosqichda tuziladi. JRMning mazmuni va tuzilishidan kelib chiqadigan bo‘lsak, joyning modellashtirish algoritmi boshlang‘ich berilgan ma’lumotlardan tortib JRMgacha bo‘lgan jarayonda topogrfik informasiyani to‘plash va bosqichma-bosqich umumlashtirishdan iborat bo‘ladi. Informasiyani umumlashtirgan darajasiga qarab uni mazmunining tahlili modellashtiriladigan informatsion massivni quyidagi to‘rt bosqichli tizim tarzida ifodalash imkonini beradi: 1-bosqich - topografik tasvirga olish jarayonida hosil bo‘ladigan joyning ba’zi bir unsurlarining xossalarini ifodalovchi informasiya; 2-bosqich - joyning oddiy unsurlarini tasvirlovchi va ularning tartibga keltirilgan xossalarini ifodalovchi informasiya (kuzatish ob‘yektlari); 3-bosqich - joyning murakkab unsurlarini tasvirlovchi va har bir tasvirga olinayotgan unsur atrofida tizimlashtirilgan ushbu unsurlarning xossalarini ifodalovchi informasiya (tasvirga olish ob‘yektlari); 4-bosqich - joyni tasvirlovchi va belgilangan xaritalash uchastkasi chegarasida tizimlashtirilgan joyning barcha xossalarini umumlashtiruvchi informasiya. Raqamli modellashtirishning informatsion algoritmi umumlashtirilgan holda 31-rasmda keltirilgan. Keltirilgan algoritmdan kelib chiqib, ta’kidlash lozimki, joyning raqamli modelini qurish uchta komponentaga asoslanadi: informatsion jarayonlar to‘plami; modellashtirish qoidalarini tanlash; modellashtirish sharoitini tanlash. Joy modeli va modellashtirish jarayoniga qo‘yiladigan asosiy talab bu model bilan modellashtiriladigan ob‘yekt (joy uchastkasi) orasidagi maksimal o‘xshashlikni ta’minlash. Buning uchun o‘xshashlik darajasiga qo‘yilgan talablar va o‘xshashlikka erishish parametrlarini aniqlash zarur. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling