S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Map Edit (Rezident, Moskva )


Download 2.22 Mb.
bet48/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Map Edit (Rezident, Moskva ) .

Ko‘p sonli poligonalli ob‘yektlar bilan ishlash uchun qulay. Vektorli tasvirlar eksport vaqtida transformatsiyalashganligi uchun ixtiyoriy proyeksiyalarda tayantirlishi mumkin.
Bugungi kunda ushbu dasturlar geoaxborot texnologiyalarda jumladan electron topografik, geologic xaritalar yaratishda keng qo‘llanilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda vektorli va rastrali modellar alohida o‘rin tutadi.

    1. Uch o‘lchamli modellar

Geoaxborot tizimlarning ko‘rilgan modellarida asosan ikki o‘lchamli (2D) ma’lumotlar qo‘llanilganligiga guvoh bo‘ldik. Ma’lumotlarga qaraganda ba’zi bir GAT lar 2,5 o‘lchamli fazoda faoliyat yuritadi [34,-b.11; 44,-b.311-315].
Bunda Z otmetkasi relyefning raqamli modeli orqali nuqtaga ( X,Y ) atribitiv ( aniq bir belgi ) sifatida tayantirilgan holda uchinchi o‘lcham sifatida qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda integratsiyalashgan mavjud informatsion muhit uchun to‘liq uch o‘lchamli ma’lumotlarga o‘tish amalga oshirilmoqda. Hatto vaqt parametrlarini hisobga olgan holda ko‘p o‘lchamli operatsiyalarni bajarish ham mumkin bo‘lib qoldi. Atrof borliqni o‘ziday qilib tasvirlashga bo‘lgan zarurat uch o‘lchamli ( 3D ) modellashga o‘tishni taqozo etmoqda.
Sirtlarning hajmiy-fazoviy modelini yaratishda ikkita bir-biriga prinsip jihatdan o‘xshash bo‘lmagan yondashuv mavjud [17,-b.140]:

  1. .Relyefning qiymati berilgan nuqtalar oraisda rastralanmagan uchburchaklar tarmog‘i asosida (TIN-modellar) sirtning hajmli tasviri yaratiladi. Bu asosan geodezik triangulyatsiya tarmog‘ini eslatadi. Ana shu prinsiplikka asosan 3D Analyst dasturi yaratilgan TIN(trangle irregular network) uchburchaklarning rostlanmagan (tartibga keltirilmagan) tarmog‘i .

  2. . Model yaratilishi kerak bo‘lgan topografik sirt n*m o‘lchmli to‘g‘ri burchakli gridlar-to‘rlarga bo‘linib, to‘rning har bir ko‘zi-yacheykalarga balandlik qiymati beriladi. Bu qiymat interpolyatsiyalashning biror-bir usulidan foydalangan holda aniqlanadi. Ana shu prisipiallik asosida Spatial Analyst dasturi ishlab chiqilgan.

Dasturlar bilan ishlaganda vizuallash- EHM prosessori ekranida tasvirni ko‘rish va nazorat qilish uchun ArcScene dasturidan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling