S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


D Analyst dasturi bilan ishlash uchun uni qo‘shimcha modul sifatida tizimga kiirtish kerak bo‘ladi( Tools-Extensions-3D Analyst


Download 2.22 Mb.
bet49/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

3D Analyst dasturi bilan ishlash uchun uni qo‘shimcha modul sifatida tizimga kiirtish kerak bo‘ladi( Tools-Extensions-3D Analyst) va instrumentlar paneliga 3D Analyst( View-Toolbars-3D Analyst) shaklida o‘rnatiladi.
Ko‘rinib turibdiki, ko‘pgina GATlar uchun 3D modellar moslashmagan.Shu sababli yer sirti va unda joylashgan uch o‘lchamli obyeketlar modellari alohida shakllantirilishi maqsadga muvofiq.
Xaritalar tuzish uchun qo‘llaniladigan talaygina matematik-kartografik modellash usullari ishlab chiqilgan. Ammo keng tarqalgan GAT paketlarning ko‘pchiligida murakkab geografik masalalarning fazoviy-analitik vositalari to‘plami yetarlicha emas. Faqat ularning ba’zi birlarida maxsus qo‘shimcha modullar kiritilgan ( Spatial Analyst, 3D-Analyst-ESRI) bo‘lib, ular asosiy GAT paketlardan ayri holda qo‘llaniladi [24,-b199; 34-b.11; 44b 311.315].
3D xaritalar uch o‘lchamli modellashning yaqqol namunasi. Bunday xaritalar GAT natijalarini fazoviy-hajmiy shaklda taqdim etishda juda samarali hisoblanadi. Xaritaning sifati birinchi navbatda relyefning raqamli modelining siyraksizlanish darajasiga bog‘liq , chunki uch o‘lchamli modellashni amalga oshirish uchun yer relyefi sirtining va undagi ob‘yektlarning modellari yaratiladi. Faqat modellashni bu tartibda bajarishda ikkita muhim masalaning yechimini topish kerak bo‘ladi:

  1. Ob‘yektlar geometriyasini konstruksiyalash;

  2. Ob‘yektlar teksturasini (tarkibiy qismlarining joylashgan tartibini) modellashtirish.

Ushbu masalalarni yechish algoritmi va 3D modellash strategiyasi 30- rasmda keltirilgan.
Joy modelining geometriyasini yer sirti raqamli modeli tuzilgan koordinatalar sistemasi belgilab beradi. Mahalliy to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasini tanlash joy va undagi ob‘yektlar modellarini( tasvirlarini ) ustma-ust keltirish ( moslashtirish)ni osonlashtiradi. Joy ob‘yektlari ustms-ust joylashtirilgan yer sirti modelini kosmik va aerofotosuratlardan tayyorlangan ortofototasvir asosida yaratish mumkin. Buning uchun relyefning raqamli modeli tuzilgan sirtga ortofototasvir — kiydirilishi ” kerak. Bu jarayon relyefni raqamli modelini joining ortofototasviri bilan teksturalash deyiladi [9,20,22,28,32,33].
Aero va kosmik suratlarni mahallaiy koordinatalar sistemasiga o‘tkazish relyefni raqamli modeli va joy elektron xaritasi negizida ularni ortofototransformatsiyalash jarayonida amalga oshiriladi. Shuningdek, suratdagi belgili nuqtalarning GPS (pozitsion zondlash) o‘lcovlarini qollab aniqlangan koordinatalaridan ham foydalanish mumkin [27,44].
Faqat GPS-priyomnik va mahalliy koordinatalar sistemasi orasidagi moslik o‘rnatilishi shart.Demak, uch o‘lchamli modellashda ma’lumotlar to‘plami ma’lum bir tartibda jamlanib, ulardan foydalaniladi.

joyning ortofototasviri yaratiladi.
Relyefning raqamli modelidan 3D ob‘yektning sirtini tasvirlash uchun foydalanilsa , 2D xarita va GPSlardan olingan boshqa informatsiyalar joydagi ob‘yektlarning o‘rnini aniqlashda qo‘llaniladi. Suratlardan olingan ma’lumotlardan ob‘yektlarning geometriyasini aniqlash va ularni fototeksturalash uchun ishlatiladi. Ob‘yektlarning o‘rni va o‘lchamlarini berilgan koordinatalar tizimida aniqroq topish uchun joylarda qo‘shimcha topografik tasvirga olish va geodezik o‘lchash ishlari olib boriladi. Shu jumladan global pozitsion tizimlardan ( GPS ) foydalangan holda uch o‘lchamli modellar ko‘pgina sohalarda rejalashtirish, nazorat, yechimlar qabul qilish va prognozlash ishlarini osonlashtirmoqda (30-rasm).




  1. Download 2.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling