S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari modellari


Download 2.22 Mb.
bet45/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari modellari. Fazoviy ob‘yektlarning format modellarini ma’lumotlar bazasining tarkibiy tuzilishini va uni kompyuterda boshqarishning dasturiy modelini belgilab beradi. Qabul qilingan qoidalarga binoan GAT faylda ma’lumotlar bazasini boshqarishning mavjud kompyuterlashtirilgan tizimlari asosida quriladi. Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari modellari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot (4.6, 4.7
paragraflarda) keltirilgan.
Fazoviy modellar har bir tuzilayotgan GAT yoki xarita uchun asos hisoblanadi va yerdagi ob‘yektlar va jarayonlarning o‘zaro aloqasi, harakati va fazoviy joylashuvini tushuntrish, tahlil qilish va ifodalash uchun qo‘llaniladi. GATning asosiy maqsadi bo‘lmish fazoviy tahlil va fazoviy modellash har xil usullarda amalga oshirilishi mumkin. Odatda GATni qo‘llash natijasining mahsuli bo‘lmish xarita geotizimni modellashtirish va tasvirlash vositasi hisoblanadi. Biroq xaritalardagi qatlamlar bilan kompyuterda interaktiv ishlanganda xaritada yaqqol mavjud bo‘lmagan yangi informatsiya yaratilishi mumkin. GAT ma’lumotlar bazasida taqdim etilgan ma’lumotlarni jamlab, matematik qoidalar yordamida xududdagi ba’zi bir jarayonlarini modellashni bajarish imkoniyatini beradi. Giperfazoviy modellashtirish usullari ko‘p parametrli tasniflash, abstrakt yuzalarni tasvirlash, ma’lumotlarni interpolyatsiya va ekstropolyatsiyalash, jarayonlarini eksperimental prognoz va yechimlar qabul qilish modellarini yaratish ishlarini o‘zida mujassam etgan [24,-b.26].
Zamonaviy kompyuter texnoligiyalari interpolyatsiyani noana’naviy usullarda taqdim etishdan foydalangan holda (virtual va multimediyali ko‘rinishlarda) dinamik modellarni tuzish imkoniyatini beradi [24,-b.322,325]. Ular ob‘yektlar, hodisalar, belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlik, har xil vositalar bilan ifodalangan ( matn, mavzu, grafika yoki video ketma-ketliklar) o‘xshash aloqa turlarini birlashtirishga sharoit yaratadi [45,-b.184,186].

    1. . Vektorli va rastrali modellar

Vektorli model-bu koordinatalar vositasida fazoviy ob‘yektni taqdim etish bo‘lib, u ob‘yektning geometriyasini uning fazoviy joylashish doirasiga bog‘liq holda ifodalaydi. Yuzaki chiziqli va nuqtali ob‘yektlarni ifodalash uchun vektorli modeldan foydalaniladi. Bu ob‘yektlar odatda koordinatalar aylanmasida identifikatsiyalanadi. Ushbu omil tufayli vektorli model degan nom olingan.
Nuqtalarning o‘rni ikki yoki uch o‘lchamli fazoda koordinatalarni oddiy yig‘ish orqali ifodalanadi. Chiziq esa koordinatalarni ma’lum bir tartibda yig‘ishdan hosil bo‘ladi. Yopiq chiziqlardan tashkil topgan chegara orqali ifodalanadi (28(a) rasm). Bunday modellar borliqni ko‘rsatib beruvchi ob‘yektli- oriyentatsiyalangan modellashga binoan diskret ob‘yektlarni taqdim etish uchun juda qulay. Vektorli modellar topografik ma’lumotlar va ob‘yektlar chegaralarini taqdimoti uchun mos keladi. Ma’lumotlarning vektorli topologik-modellari vektorli modellarning bir ko‘rinishi bo‘lib, topologik munosabatlarni ifodalaydi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling