S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet36/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

Munosabatlar-bu jadvallar. Ular tartibga keltirilgan surovlardan tashkil topgan. Yozuvlar qatorlarni tashkil etadi. Har bir yozuv bu kiritilgan atributlar, ularning nomlari bilan jadvallarning ustunlari nomlanadi. Jadvaldagi atributlar soni yozuvlar orasidagi munosabatlarni tavsiflaydi, ya’ni munosabatlar darajasini belgilab beradi. Har bir atribut uchun bir turdagi qiymatlarning cheklangan to‘plami belgilanadi va u domen deyiladi. Ma’lumotlarni taqqoslash mumkin bo‘ladi, qachonki ular bir domenga tegishli bo‘lsa. Agarda bitta munosabatga tegishli barcha atributlar har-xil domenlarda aniqlangan bo‘lsa, atributlarni nomlash uchun mos domenlarning nomlaridan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Munosabatlar kaliti quyidagi xossalarga ega bo‘lgan atributlar qismlarining to‘plami:

  1. kamdan-kam uchraydigan identifikatsiyalsh;

  2. har bir kortej uchun kalit qiymatini noyobligi;

  3. kalit atributlarining birortasini ham uning noyobligini buzmasdan turib o‘chirishning ilojsizligi;

  4. MBning yaxlitligi va ortiqcha emaslik vazifasini ta’minlashni bajarish. Masalan, telefon ma’lumotnomasida telefon raqami noyob kalit, abonentning familiya, ism, va manzili atribut bo‘ladi. Agarda yozuvda manzil ketib qolsa kalit o‘zining noyobligini yo‘qotadi.

Ma’lumotlarning relyatsion modeli uchun uning yaxlitligiga bo‘lgan talab ob‘yektning yaxlitligi bilan aniqlanadi. Relyatsion MBdagi real ob‘yektga munosabatlar yozuvi (qatorlar) to‘g‘ri keladi va yaxlitlik talabi munosabatlarining har xil yozuvlaridagi farqni saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi. Qatorlarda noyoblik mavjudligi uchun ustunlardan biri qidirish kriteriyasini aniqlashda foydalanilishi mumkin. Ma’lumot qidirishning shunday kriteriyasiga birlanchi kalit deyiladi va undan MBning boshqa ustunlaridan kerakli qiymatlarni qidirish uchun foydalaniladi.
Shu sababdan har bir ma’lumotlar orasidagi munosabatning birlamchi kaliti bo‘lishi shart. Aks holda ob‘yektni bir xil identifikatsiyalshning iloji bo‘lmaydi.
Real murakkab ob‘yektlar relyatsion MBda bir nechta munosabatlarga tegishli shuncha yozuv shaklida ifodalanadi. Munosabatlarni o‘zaro bog‘lash uchun atributdan foydalaniladi. Bunday atribut tashqi kalit deyiladi. Tashqi kalit aniqlangan munosabat xuddi shunday atribut birlamchi kalit deb belgilangan mos munosabatga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, ob‘yektlar atributlari jadvalida bir xil atributli ustunlar bir jadvalga birlashtirilishi mumkin. Bunday talablarni bajarish munosabatlarni modifikatsiyalash va yozuvlarni o‘chirish uchun qator qabul qilishda muhim ahamiyot kasb etadi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling