S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet32/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

21-rasm. Gauss-Kryuger zonasida nuqtaning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniqlash [17,-b.130].
GAT ma’lumotlar bazasiga to‘plangan xar bir topografik o‘lchash referns- ellipsoid, proeksiya, koordinatalar sistemasiga tegishli bo‘lishi kerak. Aks holda geoinformatsion tizim ularni qabul qilmaydi.ayniqsa trans chegaraviy xududlarga tegishli va aerokosmik ma’lumotlar bilan ishlashda bu masala sezilarli bo‘lib qoladi. Chunki MDH davlatlarida foydalaniladigan Krassovskiy referens-ellipsoidi boshqa davlatlarda qo‘llanilmaydi. Masalan Bessel (Xitoy, Shvetsiya, Polsha), Klark (AQSH, Kanada), Xeyford ellipsoidlari (Italiya, Arab mamlakatlari) yerning shakli va o‘lchamini aniqlashda asos qilib olingan mamlakatlar bor. [9,20,26].
Geoaxborot tizimlar maxsus dasturiy ta’minotga ega bo‘lib, ularning ishlash tamoyillari GAT ma’lumotlar bazasiga qo‘yilgan talablarga asoslangan. Shuning uchun ham ularning birortasi bajarilmagan bo‘lsa dastur tegishli operatsiyalarni bajarmaydi yoki o‘zida belgilangan variant bo‘yicha yo‘l tutadi. Masalan, AreGI-8 dasturiy materiallarda geoidning (NAD 1927) Shimoliy Amerika mamlakatlari uchun asos qilib olingan o‘lchamlari kiritilgan. Yoki yer suniy yo‘ldoshiga o‘rnatilgan ko‘pgina asboblar WGS 1984 ellipsoidiga tayantirilgan. [17,-b.131]. Zamonaviy GAT larda geoidlarni, proeksiyalarni hatto masshtablarni
almashtirishning dasturiy ta’minoti mavjud. Ular qo‘shimcha dasturlarda ko‘zda tutilgan [17,-b.127; -b.141].

    1. Distansion zondlash ma’lumotlari

Distansion usullarda ob‘yekt masofadan turib o‘rganiladi. Aerostat, havo sharlari, samolyotlardan turib atrof muhitni suratga olib o‘rganish usullari fanga ma’lum. [18,-b.11,15]. 4-oktyabr 1957 yilda insoniyat tarixida birinchi marotaba Yerning sun‘iy yuldoshi uchirildi. Shundan boshlab distansion aerokosmik kuzatish vositalaridan geodeziyada foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Bugungi kunda asosiy kartografik materiallar "MIR“(Rossiya) yoki SHATL (AQSH) kosmik stansiyalarida o‘rnatilgan avtomatik apparatlar yordamida olinmoqda.
Kosmik era boshlanishi bilan yer sirtini suratga olish balandligi keskin oshib ketdi. Agarda samolyotdan turib 20 km masofadan suratga olingan bo‘lsa kosmik apparatlar 200-300 km dan, yer sun‘iy yuldoshlari esa 90 ming km balandlikdan yer planetasini kosmik suratlarini olish imkonini yaratdi [22,-b.176].
Aerokosmik suratlarning asosiy xossalari bu katta xududlarni obzorini xuddi o‘ziga o‘xshatib xujjatdek aniq va xaqqoniy tasvirlarda muayyan geografik xolatlarni ifodalash va to‘plangan ma’lumotlarni raqamli informatsiyaga aylantirish imkonini yaratishdan iborat.
Kosmosdan olingan yer sirtining suratlari obzorligi (qamrovi) bo‘yicha xuddi GATdagidek global (xududning o‘lchami L=10 000 km), regional (L=3000 km) va lokal (L=100-500 km) guruhlarga ajratiladi.
Avtomat sun‘iy yo‘ldoshlardan informatsiya yerga ma’lum bir surovga muvofiq yoki aloqa kanallari (masalan, televizion) bo‘yicha avtomatik ravishda uzatiladi. Bunday hollar informatsiyani (online) lahzali va o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi.
Suratga oladigan sun‘iy yo‘ldoshlardan tezkor ma’lumotlar olish mushkilroq, vaholanki, fotografik usullar yuqori siyraksizlanish darajasiga ega. Siyraksizlanish deb, ob‘yektning barcha xususiyatlarini suratdan aniqlash imkoniyati tushuniladi. Masalan, fotografik usullar 1-2m o‘lchamga ega bo‘lgan ob‘yektni aniqlash imkonini bersa, televizion yoki skanerlash usullarida aniqlanadigan ob‘yektlar 1,5-2 metrdan kam bo‘lmaydi.
O‘zi samolyot va vertolyotlar (past uchadigan jismlar)dan olingan joydagi predmetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq va ravshanroq (siyraksizlanish darajasi juda katta) bo‘ladi. Faqat ular yordamida regional masshtabdagi xududlarni tasvirga olish va noqulay ob-havoda ishlash chegaralangan.
Distansion usullar faol va nofaol usullarga ajratiladi. Faol usullar apparatlardan tarqalgan va asoslangan sistemalarni o‘rganishga moslangan. Nofaol usullar esa keng diapazonli spektrdagi elektromagnit to‘lqinlarini tabiiy tarqalishini (nurlanishini) qabul qilib olishga moslangan.
Yer sun‘iy yo‘ldoshlari, boshqariladigan kosmik stansiyalar takomillashgani sari o‘lchashning istiqbolli usullari taqdim etilmoqda. Masalan,0,1mkmdan 10­15 mkm diapazonlarda fotografik tasvirga olishlar amalga oshirilmoqda.Aslida yer sun‘iy yuldoshida qabul qilingan signal keyinchalik bortdagi EHMga saq1ash uchun raqamlilashga keltirilib, informatsiya tariqasida yerga uzatiladi.Qabul qilingan o‘lchash diapazonlarida foydali signallarga atmosferaning holati sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.Shuning uchun ham, distansion tasvirga olish jarayonlarida —foydali” signallarga erishish maqsadida atmosferaning “shaffof oynasi”dan ya’ni,foydali signal kamroq zaiflashadigan diapazonlardan foydaniladi. Sutkaning ixtiyoriy vaqti va harqanday ob-havo sharoitida Distansion tasvirga olishlar radiolokatsion usullarda olib boriladi. Ko‘rinadigan va infraqizil diapazonlarda esa Distansion tasvirga olish kunduz kuni bajariladi (22-rasm)



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling