S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar
Download 2.22 Mb.
|
Raqamli texnologiyalar
23-rasm. GATda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT).
1) jadval shaklidagi ma’lumotlar; 2) grafikaviy ma’lumotlar; 3) distansion zondlash ma’lumotlari; 4) hisobotlar, matnlar, atlaslar, 5) xarita, sxemalar; statistik grafikalar. GIS bilan ishlashda maxsus menyu mavjud. Ular kompyuter displeyiga chaqirtiriladigan komandalardan iborat, shu jumladan, yordam komandasi —Help” ham bor. Iyerarxik menyular tajribasiz foydalanuvchiga qulay bo‘lsada, MBBT da maxsus dasturiy vositalaridan (interpretatorlardan) foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Axborot tizimlarda ma’lumotlar asosan grafikaviy va jadval ko‘rinishida keltiriladi. Ma’lumotlarni to‘plashning uchta mantiqiy modeli mavjud: Iyerarxik, to‘r ko‘rinishidagi va relyatsion. Iyerarxik MB grafalardan foydalanib tuziladi. MS-DOS operatsion tizimida aynan shu tamoyil qo‘llanilgan. To‘r shaklidagi model iyerarxik modelga nisbatan ko‘p qamrovliroq bo‘lib, unga qo‘shimcha aloqalar imkoniyati kengaytirilgan. Zamonaviy GAT larda bu modellar kam qo‘llanilmoqda, asosan relyatsion modellardan foydalaniladi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi mantiqan sodda tuzilgan bo‘lib, o‘zgaruvchan ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan diskriptorlarni o‘z ichiga oladi. Diskriptorlar bu ma’lumotlar mazmun-mohiyatini o‘zida mujassamlovchi vositalardir. MB asosida tematik tavsifga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Qaysi informatsiya asosiy, qaysisi qo‘shimchali aniq ko‘rsatilishi kerak. O‘zaro hamkorlik qilaoladigan va bog‘liq bo‘lgan tematik ma’lumotlar bazasi tuzilib, ular orasida bir xililik aloqa o‘rnatish GAT dan foydalanuvchiga qulaylik tug‘diradi. Ayniqsa axborot tizimlari majmuida ularni almashinish uchun qulay bo‘ladi. Shuning uchun ham, MBBT da yangi ma’lumotlarni o‘zida mujassam eta oladigan qo‘shimcha tizimlardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Faqat bunday holatlar uchun MBBT da maxsus dasturlash tillari-SQL dan foydalaniladi. GAT da ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta komponentani (tashkil etuvchi) o‘z ichiga oladi: Komandalar tili (ma’lumotlar bilan talab etilgan operatsiyalarni bajarish uchun); Interpritatsiyalash tizimi yoki kompilyator (komandalarni ishlab chiqish va ularni EHM tiliga o‘tkazish uchun); Foydalanuvchining interfeysi (MB ga surovlarni shakllantirish uchun). MBBT ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Tashqi xotiradagi ma’lumotlarni boshqarish; Tezkor xotira (operativ xotira) buferlarini boshqarish; Tranzaktsiyani boshqarish samaradorligini ta’minlash; Tranzaktsiya MB ta’sir etish nuqtai nazaridan MBBT uchun yaxshi deb qaraladigan ma’lumotlar bilan xilma-xil amallarni bajarishning bo‘linmas ketma-ketligi. MB dagi ma’lumotlarning saqlanish ishonchliligi; MB ning boshqaradigan dasturiy tilni qo‘llab-quvvatlash. Zamonaviy MBBTlarda ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun barcha zaruriy vositalarga ega bo‘lgan yagona integrallashgan til-SQL (Structured Query Language) qo‘llaniladi. Ba’zi bir MBBTlarda faylli tizimlar imkoniyatidan foydalaniladi, ba’zilarida esa tashqi xotira qurulmalarini ishlatish darajasida amallar bajariladi. Odatda MBBT larda MB ob‘yektlarini nomlashning o‘z tizimi tuziladi va ma’lumotlar bilan ishlash ikki bosqichda olib boriladi: tizim modeliga mos bo‘lgan va foydalanuvchiga moslangan tashqi bosqich va MB ob‘yektlari bilan ishlash va ularni joylashtirishni amalga oshirishda loyihachilar va ma’muriyatga kirish uchun imkon yaratadigan ichki bosqich. Ma’lumotlar bazasini tuzish va uni ishlatish ko‘pgina faktorlarni hisobga olish va aniq rejalashtirishni talab qiladi. Ularning ichiga ma’lumotlar bazasining modellarini yaxshi bilish ham kiradi. Ko‘pgina GATlarda fazoviy ma’lumotlar bazasining tashkiliy tuzilmasini yaratish uchun ikki xil modellardan foydalaniladi: faylli va georelyatsion (ESRI- tomonidan shunday nomlangan). Faylli model avtomatik loyixalash tizimidan olingan bo‘lib, ob‘yektlarning geometrik obrazlarini saqlash imkonini yaratadi, atributlar esa xarita qatlarini grafikaviy taqdimotidan foydalangan holda ko‘rsatiladi. Georelyatsion model geografik axborotni saqlash vazifasiga ko‘proq mos keladi, chunki unda pozitsion va semantik ma’lumotlarlar birgalikda ko‘rilgan. To‘plangan koordinatalar identifikatori ishtirokida indekslangan (belgilangan) fayllarda atributlar esa koordinatalari kiritilgan geometrik ob‘yektlar soniga teng qatorga ega bo‘lgan jadvallarda saqlanadi. Jadvalning har bir ustuniga ob‘yekt umumiy atributlarining qiymati kiritilgan, fayllar bilan jadvallar orasidagi aloqa o‘rnatish dasturda ko‘zda tutilgan. Georelyatsion modelning tuzulishi relyatsion ma’lumotlar bazasi GAT uchun fazoviy ma’lumotlarni boshqarish muammosini ikkiga bo‘lish imkonini yaratadi: ob‘yekt geometriyasi va topologiyasini qanday taqdim etish va ushbu ob‘yekt atributlari bilan qanday ishlash alohida-alohida hal qilinadi. GAT dagi relatsion MBBT ning afzalliklari quyidagilardan iborat: ob‘yektga doir atributlarni fazoviy ma’lumotlar bilan birga saqlashga zarurat yo‘q, chunki ular tizim ichida alohida saqlanishi yoki aloqa kanali orqali chaqirtirilishi mumkin. atributlar fazoviy MBni daxlsizligini saqlagan holda, o‘zgartirilishi yoki o‘chirtirilishi mumkin. relyatsion MBda atributiv ma’lumotlarni saqlash GAT qatlamlarining asosiy talablariga zid emas. atributlar fazoviy ob‘yektlarga tayantirilgan holda boshqa usullarda taqdim etilishi mumkin. Relyatsion MBBTlarda ichki arxitektura xilma-xil bo‘lishiga qaramay ularning barchasi umumiy mantiqiy tamoyillarga asoslangan [24,-b.61] Relyatsion ma’lumotlar bazasining asosiy tushinchalari bu ma’lumotlar turi, munosabatlar, kortej, domen, birlamchi kalit, tashqi kalit va normallashtirish hisoblanadi. Ma’lumotlar EHM turi dasturlaridagi ma’lumotlar turi tushunchasiga to‘liq mos keladi. Relyatsion tizimlarni abstrakt ma’lumotlar bilan kengaytirish masalalari ko‘rilmoqda. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling