S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


Download 2.22 Mb.
bet33/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

22-rasm. Elektromagnit nur tarqatish diapazonlari va distansion zondlash usullari.
Kosmik informatsiya qo‘llanish maqsadiga qarab quyidagi tavsifga ega:

  1. Spektral tarkibi bo‘yicha: ko‘rinadigan, infraqizil va radiodiapozondagi suratlar;

  2. Masshtabi bo‘yicha: o‘rtamasshtabli - 1:1000 000-1:1 000 000;

kattamasshtabli-1:10 00 000 dan kattaroq.

  1. Siyraksizlanish darajasi bo‘yicha: juda past siyraksizlangan 10 000 metrdan kichik; past siyraksizlangan 1000 metr; o‘rtacha 100 m; yuqori darajada siyraksizlangan-20-50 m; o‘ta yuqori siyraksizlangan-1m;

  2. Obzorlilik bo‘yicha: global (planeta)-L=10 ming km; regional (materik)-L=3 ming km; lokal (regionning bir qismi)-L=100-500 km; Bu yerda L surat tasmasining kengligi.

Suratga olishning takrorlanishi bo‘yicha: sutka davomidagi ko‘pmarotabalik tasvirlar (Meteor yer sun‘iy yo‘ldoshi, bir joyni sutkasida bir necha marta suratga oladi); yil davomidagi ko‘pmarotabalik tasvirlar (“Kosmos”, “Landsat” turdagi yerning sun‘iy yo‘ldoshlari joining bir xil nuqtalaridan har 16-18 sutkaik davriy harakatda suratga tushiradi. —Spot”, “Salyut”, —Mir” kabi yer sun’iy yo‘ldoshlari va boshqariladigan apparatlarda suratga olishning takrorlanish davri ixtiyoriy belgilanadi. Hozirgi kunda arbitada NOAA (AQSH) va —Meteor” (Rossiya) seriyali yer sun‘iy yo‘ldoshlarining bir nechtasi faoliyat olib bormoqda. Yer sun‘iy yo‘ldoshlari bortida o‘rnatilgan apparatlar bilan aniqlanadigan yer yuzasidagi ob‘yektning minimal o‘lchami 1-4 km.
Yer sun‘iy yo‘ldoshi orbitasining yerga nisbatan balandligi (80-1200 km) yo‘ldosh 3000-3500 km radiusga ega bo‘lgan doira bilan chegaralangan zonada harakatlanayotganda informatsiyani qabul qilishni ta’minlay oladi. Antenani yo‘naltirish uchun yer sun‘iy yo‘ldoshining kundalik koordinatalarini aniqlash maxsus dastur yordamida amalga oshiriladi. [19,-b.140]
NOAA Yer sun‘iy yo‘ldoshining orbital tasvirlari to‘g‘risidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni olish kosmik apparatlarni kuzatish xizmati NORAD (AQSH) tomonidan electron pochta orqali bajariladi. Tasvirga olish jarayonida ob‘yektning koordinatalarni aniq toppish juda muhim. Ularni yuqori aniqlikda topish uchun Global Position Systems (GPS)-koordinatalarni aniqlovchi maxsus yo‘ldoshli tizimlardan foydalaniladi.
Yer yuzasini ixtiyoriy joyida va istalgan paytda koordinatalarni aniqlashni ta’minlash imkoniyatini kengaytirish uchun yer sun‘iy yo‘ldoshlarining sonini oshirishga tug‘ri kelgan. Natijada joyni aniqlashning yo‘ldoshli tizimi xosil bo‘lgan. AQSH da GPS deb nomlangan joyni aniqlashning global tizimi 1970 yilda tashkil etildi. Rossiyada ham shunga o‘xshash global navigatsion yo‘ldoshli tizim GLONASS ishga tushirilgan, shuningdek, GALILEO tizimi Yevropa itifoqi tomonidan ishga tushirilmoqda.
GPS-tizimi yer satxiga nisbatan taxminan teng joylashgan 22 ming km balandlikdagi 24 ta yo‘ldoshdan va yerdagi bir nechta stansiya-observatoriyalardan iborat.
Stansiya-observatoriyalarda yo‘ldoshlarni uzluksiz kuzatish ishlari olib boriladi [22,-b.130].
Natijada har bir yer sun‘iy yo‘ldoshining orbitadagi traektoriyasi uzliksiz aniqlanib boriladi va informatsiya tarqatuvchi yo‘ldoshga uzatiladi. U o‘z navbatida ushbu informatsiyani “almanax” deb atalgan ko‘rinishda yerga retranslatsiya qiladi. (qaytaradi). Har bir yer sun‘iy yo‘ldoshida soxta tasodifiy to‘lqinlar generatori (1575.42 Mgs va 1227.60 Mgs chastotalardan foydalaniladi) va o‘lchovlar maksimal ishonchli bo‘lishligi uchun birnechta nusxada yuqori pretsizion atomli soatlar joylashtirilgan bo‘ladi. Yer yuzasidagi aniqlanayotgan nuqtada yo‘ldoshdan signallarni qabul qiluvchi indikator joylashgan bo‘lib, unda yo‘ldoshdan tarqaladigan signal bilan sinxron holda o‘ziga o‘xshash soxta tasodifiy kodlangan signalni ishlab chiqadi (geniratsiya qiladi).
Ikkita to‘lqinli taqqoslash orqali signalni yo‘ldoshdan qabul indikatorigacha (pryomnikgacha) uzatish vaqtini (10-9c aniqlikda) aniqlash imkonini beradi, ya’ni ular orasidagi masofani hisoblasa bo‘ladi. Yer yuzasidagi ma’lum nuqtadan koordinatalari aniq to‘rtta yo‘ldoshgacha bo‘lgan masofaning laxzali qiymatlarini bilish qabul indikatorning joy o‘rni koordinatalarini hisoblab topish imkonini beradi.
Koordinatalarni yer sun‘iy yo‘ldoshlari ishtirokida toppish aniqligini oshirish uchun bir vaqtning o‘zida signallarni qabul qiluvchi ikkita indikatordan foydalaniladi. Ularni biri turg‘un yoki tayanchli hisoblanib, koordinatalari aniq bo‘lgan punktga o‘rnatiladi, ikkinchisi esa koordinatalarini aniqlash kerak bo‘lgan nuqtalarga ketma-ket o‘rnatilib boriladi. Ikkala qabul indikatorlarida yozilgan informatsiya maxsus dastur asosida ishlab chiqiladi va bu o‘z navbatida santimetr hatto mm aniqlikda nuqta koordinatalarini hisoblab topishni ta’minlaydi. Bunday asboblar komplekti ko‘pgina mashxur firmalar (—Trimble”, —Armin”, —Astech”, —Leica”, —Magellan”) tomonidan har xil variantlarda ishlab chiqilgan. Hattoki uyali telefonga o‘xshash (0,5 kg) shakldagilari ham mavjud.
Global pozitsion tizimlarning asosiy afzalliklari bu ularning keng qamrovliligi (global ishi), tezkorligi va optimal aniqligi. An‘anaviy geodezik o‘lchamlardan farqli o‘laroq aniqlanadigan punktlar orasida o‘zaro ko‘rinish zarurati yo‘q. GLONASS, P3-90 GPS esa WGS-84 koordinatalar sistemasida ishlaydi. [24,-b.84].

    1. GAT ma’lumotlar bazasini loyihalash, tuzish va boshqarish

Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimlarda ma’lumot deb EHM da kiritish, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlash uchun qulay shaklda taqdim etilgan informatsiya tushuniladi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling