S. S. Sayyidqosimov marksheyderiyada geoaxborot tizimlar


-rasm. Belgilangan ob’yektda uzellar bilan ishlash


Download 2.22 Mb.
bet72/94
Sana22.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1684227
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
Bog'liq
Raqamli texnologiyalar

64-rasm. Belgilangan ob’yektda uzellar bilan ishlash




Kerakli o‘zgarishlardan so‘ng (F2) bosiladi.
e) Aloqa yo‘llari;
Avto va temir yo‘llar
Yo‘l tarmoqlarini ham ikki turda tasvirlash mumkin atomobil va temir yo‘llar chiziqli tasvirlansa tunnellar, ko‘priklar hamda temir yo‘l stantsiyalari maydonli ko‘rinishda aks ettiriladi.
Maydonli ob‘yektlar: ko‘priklar, jarlik, daryo va boshqa sun‘iy to‘siqlardan orqali o‘tadigan inshoot turi.
tunnellar (kartada ko‘rsatilganda tunnellar yo‘ldan keng bo‘lishi kerak)
Avtomobil yo‘llarini raqamlash uchun Редактор (Editor) - Начать редактирование (StartEditing)-ni tanlash kerak bo‘ladi.


roads
Editor ► & "* Task: | Create New Feature Target:
Dastlab asosiy yo‘llar, keyin kichik yo‘llar raqamlanadi bunda yo‘llarning o‘zaro kesishgan joyda bir tugun (uzel) o‘rnatilishi lozim.
Agar tugun qo‘yilmagan bo‘lsa, unda tahrirlash (Редактор) panelidagi
Пересечение (Intersection) foydalanib, uzel o‘rnatilishi kerak.

Agar yo‘llarda hech qanday kesishma bo‘lmasa, unda uzel qo‘yish yoki chiziqni tugatish mumkin emas. Asosiy yo‘l egilishi uzellar yordamida o‘rnatiladi (kamida


ikki-uchta (uzel) tugun) (65-rasm).

65-rasm. Yo‘llarda tugunlarning ko‘rinishi

Barcha yo‘llar raqamli holga keltiriladi, shu qatorda berk ko‘chalar, kirish yo‘llari, asfalt qoplanmagan yo‘llar, piyodalar yo‘lkalari va boshqalar. Agar sanoat zonasi yoki garaj kompleksining hududi chizilsa, faqat asosiy o‘tish joylari ko‘rsatiladi. Agar to‘silgan hududda darvoza bo‘lsa, yo‘l ichkari (sanoat hududidan) tomonidan raqamlanishi lozim.


Berk ko‘chalar, o‘rmon yo‘llari, kirish yo‘llari ko‘p bo‘lsa, ular raqamlanmaydi (66-rasm).

66-rasm. Asosiy yo‘llarning raqamlanishi
Xulosa
Yer osti boyliklari eng qadrlanadigan resurslar hisoblanadi. Ushbu resurslarni, Shu jumladan, tabiiy resurslar va atrof muhitni qanday qilib saqlash va muhofaza qilish insoniyat jamiyati uchun doimo muammoli bo‘lib kelgan.
Biror bir narsaga baho berishdan avval ularni miqdor va sifat jihatdan tahlil qilish kerak bo‘ladi. Atrofimizda sodir bo‘ladigan voqealar zamon va makon o‘lchamiga ega, ya’ni qachon va qayerda muayyan bir vaqea sodir bo‘lmoqda? Zamonaviy geoaxborot tizimlar ana shu savollarga to‘liq ayoniy javob bera oladi. Demak, qayerda kon uchastkasi razvedka qilinmoqda, konchilik korxonasi qurilmoqda, neft‘ quvuri o‘tkazilmoqda, yangi rudnik loyihalashtirilmoqda, ekologik muvozanat buzilmoqda, yangi karyer qurilmoqda, (masalan Yoshlik-1), boyitish fabrikasi suyuq chiqindilari ombori barpo qilinmoqda. Ushbu hodisalarning hisobini yuritish va joyida tasvirlash bilan konchilikda GAT kadastr shug‘ullanadi. Natijada quyidagi uchta masala korxonalar miqyosida yechiladi:

  1. Davlat yer kadastrini olib borishning yagona avtomatizasiyalashgan

tartibi yaratiladi;

  1. Yer solig‘i to‘lovchilarining hisobini yuritishni

avtomatizasiyalashgan tizimi tuziladi;

  1. Yer osti boyligi uchastkalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi

tadbiq etiladi.
Bu tizimlarning hir biri alohida GATga ega bo‘lishi mumkin.
Kelajakdagi har xil sohalarda GATlarni birlashtirgan holda hududiy va global masshtabdagi masalalarni yechish va prognoz qilish tabiiy bir hol bo‘lib qoladi.
Hozirning o‘zida GATning turlari ko‘payib, ular yordamida echiladigan vazifalar kengayib bormoqda. Masalan, GAT ekologiya, GAT-monitoring, GAT- ekspertiza, GAT-audit, GAT-internet va boshqalar.
Kelajakda bu ishlar yanada takomillashib zamonaviy kompyutyer va informasion texnologiyalar negizida korporativ GATlar, fazoviy-taqsimlangan informatsion tizimlar, kosmik va global pozision tizimlardan foydalangan holda, boshqarish, echim qabul qilish va prognozlash masalalarining tezkor echimini topishga imkon beradigan GATlar yaratilishi yaqinlashib qolmoqda. Shu jumladan yer osti boyliklaridan foydalanadigan sohalarda ham. Masalan, qaror berish jarayonini informasion qo‘llab-quvatlash uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Demak, murakkab iyerarxik tuzilmaga ega bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamini kompleks tahlil qilish va analitik ishlab chiqish masalasini yechish kerak bo‘ladi. Buning uchun ma’lumotlarni muayyan vaqtli analitik qayta ishlash texnologiyasi zarur bo‘ladi.
GATdan foydalanuvchilar sonining ko‘payishi, jalb qilinadigan ma’lumotlarining hajmini oshishi, ularni markazlashtirgan holda qayta ishlash zarurati fazoviy taqsimlangan axborot tizimlarini yaratishni taqazo etadi.
Buning uchun internet tarmog‘i orqali tarqatiladigan ma’lumotlardan samarali va tezkor foydalanib, “klient-server” texnologiyalarini ham rivojlantirish zarurati tug‘iladi.
Klientlarning versiyalarini o‘z vaqtida yangilab turish internetda qo‘llaniladigan texnologiyalardan foydalanib amalga oshirilishi mumkin.
Bu texnologiyalar: tarmoqda qabul qilingan informasiya almashuvi protokollari, Web-server va brauzyerlar hamda Web-serverlar uchun tuzilgan ilovalarni o‘z ichiga oladi.
Shuning bilan birga, GAT tuzishning dasturiy ta’minotini ishlab chiqishga ixtisoslashgan, zamonaviy tan olingan firmalar fazoviy taqsimlangan informasion tizimlarni amalda qo‘llash uchun maxsus dasturiy vositalar taklif qilmoqda. Masalan, MapInfo korporasiyasining Pro Server va ESRI firmasining ArcView Inetrnet Map Server dasturiy vositalari yoki Microsoft Windows operasion tizimi boshqaruvida ishlaydigan va Borland Delphi muhitida amalga oshirilgan Oracle Server ma’lumotlar bazasi serveri [47,-2008, №2,-b.6,7 ].
Arc GAT - geoaxborot muhiti konchilik kadastrini olib borish uchun asosiy yadro hisoblanadi ArcGAT yuqori unumdorli va o‘ta ishonchli korporativ informasion tizimlarni yaratishni ta’minlaydi.
Bu nafaqat standart ma’umotlar bazasini yagona saqlaydigan makon, balki amaliy ob‘yektlar va yer uchastkalari yoki konchilik resurslari ob‘yektlari bilan kon kadastri tizimida shakllangan real munosabatlar darajasida ishlash imkoniyatidir.
Ma’lumotlarni taqsimlagan holda saqlash va qayta ishlashni qo‘llab- quvvatlash funksiyasi davlat kadastrini olib borish nuqtai nazaridan juda ham muhim. Ma’lumotlarga nafaqat mahalliy yoki korporativ tarmoqlar doirasida balki umumiy foydalanadigan ochiq tarmoqlar orqali ham bemalol yondashish mumkin bo‘ladi. ArcGAT ma’lumotlarga global mahalliy tarmoqlar orqali bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish va ular bilan ishlash mumkin. Ma’lumotlarga masofadan turib ega bo‘lish va ularni tarqatib saqlash funksiyasi ArcIMC va ArcSDE server ilovalar yordamida amalga oshiriladi.
ESRI dasturiy ta’minot va undan foydalanish uchun uslubiy ko‘rsatmalardan tashqari, ma’lumotlarning maxsus modellari va ularni yaratishni kuzatib borish va qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ham taklif etadi. Bular ko‘pincha amaliy masalalar va birinchi navbatda marksheyderlik ishi masalalarini yechishda qo‘llanishi mumkin.
ESRI yaratgan ma’lumotlarning konchilik kadastri modellari faqat yer osti boyliklari uchastkasiga doir ishlar bilan bog‘lanib qolmagan.
Birinchidan, ular konchilik kadastri bilan bog‘liq bo‘lgan chegaradosh, payvasta masalalarning katta spektrini qoplaydi va marksheyderlik o‘lchashlar, ma’muriy bo‘linishlarga havola qilish orqali ob‘yektni joyida identifikasiyalashga imkon beradi. Ikkinchidan, ESRI ma’lumotlar modeli nafaqat kon uchastkasining texnik xossalarini ifodalaydi, balki huquq, moliya va soliqqa oid qo‘shimcha ma’lumotlarni ham mujassam etadi.
ESRI firmasining hamkori Lantmatyeriet (Shvesiya milliy yer xizmati) maxsus kadastr dasturiy paketi - Arc Cadastre ni GAT bozoriga taqdim etmoqda. Ushbu GAT mahsulot ArcGAT asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ArcGAT Sunvey Analyst va ArcSDE kabi marksheyderlik tasvirga olish ma’lumotlari bilan ishlash modulidan foydalanadi.
Arc Cadastre yangiliklaridan biri bu ish oqimlari tamoyilini qo‘llab quvvatlashi, ya’ni ishning har bir bosqichida barcha harajatlar qattiq belgilangan va nazoratda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Foydalanuvchi nima qilishi kerak, qanday hujjatlarni talab qilishi zarur, nimadan xabardor bo‘lishi mumkin, ish qancha vaqtda bajariladi va boshqa masalalar bo‘yicha tizim xabar beradi.
Tizim ochiq tizimlar turkumiga kiradi. Shuning uchun ham, uning dasturiy ta’minoti milliy qonunchilikka va O‘zbekiston sharoitida kadastr ishlarini olib borish proseduralariga mos ravishda adaptasiyalanishi mumkin.
Leica Geosystems (Shvetsiya) kompaniyasi ADSYO markali raqamli ayerosyomka sistemasini ishlab chiqarmoqda. U mutaxassislar tomonidan juda katta qiziqish o‘yg‘otmoqda, ayniqsa konchilik korxonalari unga katta baho berishmoqdalar.
Bunday sistemaning bir donasi istiqbolda yerni distansion zondlashning mohiyatini tushuntirish va informatsion tizimlarning bilimlar bazasini yaratish borasida revolyutsion echimlarga erishishga imkon yaratadi. Sistema 10-15 sm aniqlikda ko‘p kanalli tezkor raqamli syomka olib borishni ta’minlaydi. Olinadigan informasiya hajmi va zichligi bo‘yicha fazoviy ma’lumotlar infrastrukturasini yaratish milliy tamoyilni amalga oshirish uchun etarli bo‘ladi.
Shunday qilib, GATni marksheyderiya amaliyotida qo‘llashning istiqbollari ArcGAT negizida dasturiy echimlar, ma’lumotlar modeli, ishlanmalar metodologiyasi va o‘rganish tizimini sifatli kadastr yaratish masalalarini echimiga yo‘naltirishga bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, istiqbolda quyidagi vazifalar dolzarb bo‘lib qoladi:

  • Har xil bosqich geotizimlaridagi turli informasiyalami zamon va makon o‘lchamida tahlil qilish;

  • Immitasion va matematik modellarni qurish uchun aynan zaruriy parametrlarni aniqlash va modellashtirishni yo‘lga qo‘yish;

  • Zamon va makon o‘lchamidagi ma’lumotlardan foydalanib, informasiyani interpritasiyalash va boshqaruv bo‘yicha optimal yechimlar qabul qilishga erishish;

  • GATni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ekspert tizimlar va

ma’lumotlar bankini yaratish va amalda qo‘llash.
Kelajakda bajariladigan, o‘rganiladigan va tadbiq etiladigan konchilik ishlari GATi ana shu vazifalarni ijrosiga qaratilgan bo‘lsa ayni muddao bo‘lar edi. Chunki zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, raqamli geologiya, raqamli marksheyderiya, raqamli fotogrammetriya fanlarini egallash, yuqori aniqlikdagi aerokosmik suratlar asosida yerni masofadan zondlash usullarini o‘rganish yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvatlash Oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bugungi kunning dolzarb muammosi qilib belgilangan. [PA.1- 4],[50-55]. Ilm-fan sohasini rivojlantirish, o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan texnologik va innovatsion taraqqiyot asoslarini belgilab olish jarayoniga faol ishtirokchi bo‘laman degan bo‘lajak yoshlar GAT fanini chuqur egallaydilar degan umid bilan ushbu darslik yaratildi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling