S. T. Turg'unov, L. A. Maqsudova, H. M. Tojiboyeva, G. M. Nazirova, M. A. Umaraliyeva pedagogik jarayonlarni


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/62
Sana22.08.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1669111
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
Bog'liq
S.Turg\'unov Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish

Tashkiliy ta'sir ko'rsatish - pedagogik jarayonlarni 
tashkil etish va boshqarishning tashkiliy tuzilishlarini 
belgilash, ichki tartib-qoidalami o'rnatish; boshqariluvchi va 
boshqaruvchi tizimlar o'rtasida muvofiqlik va oqilona 
nisbatni o'rnatish kabilami o'z ichiga oladi. Pedagogik 
jarayonlarni samarali amalga oshirish uchun tashkil etilgan 
ta'lim muassasasining tarkibi, tashkiliy tuzilishi (struktura) 
va tarkibiy qismlarini (komponentlar) aniqlashda faoliyat 
jarayonlarining xususiyatlari inobatga oHnadi.
Bu jarayonlarni asosan quyidagi turlarga bo'lish 
mumkin. Asosiy (pedagogik) jarayon ta'lim muassasasining 
asosiy maqsadlariga, ko'zlangan natijalarga erishishga 
yo'naltirilgan 
bo'ladi 
va 
ta'minlovchi jarayon 
ta'lim 
muassasasining natijalariga to'g'ridan-to'g'ri o'z ta'sirini 
ko'rsatmasa-da, uning asosiy vazifalarini bajarishi uchun 
zaruriy sharoitlami yaratadi va ta'minlab beradi. Ta'lim 
muassasasida pedagogik jarayonlar ikkita kichik tizimlar 
doirasida, ya'ni darsda va darsdan tashqari (tarbiyaviy) 
faoliyat jarayonlarida amalga oshiriladi.
Tashkiliy ta'sir ko'rsatish shakllari - loyihalash
reglamentlash, me'yorlash, qo'llanmalar tayyorlash va h.k. 
Ta'lim muassasasi faoliyatini tashkil etishda motivlashtirish, 
tashabbuslami ishlab chiqish va tahlil qilish uchun shart- 
sharoitlar yaratish, barcha tarkibiy qism va bo'limlarning 
faoliyatini muvofiqlashtirish, ijtimoiy amaliyot va ta'lim 
ehtiyojlaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
natijalaming 
samaradorligini tahlil qilishni hamkorlikda tashkil etish, 
davlat talablari asosida pedagoglami qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish orqali amalga oshirish zarur.
100


Tashkiliy-ijrochilik 
funksiyasi. 
Bu 
funksiya 
boshqaruv faohyatining barcha yo'nalishlarida o'z ak-sini 
topadi. Ya'ni, u kadrlar tanlash va joy-joyiga qo'yish, 
ijrochilaming o'zaro ta'sir etish tizimini shakllantirish, 
axborotlar to'plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan 
bog'liq bo'ladi. Buning natijasida u yoki bu pedagogik 
tizimga xos tarkibiy tuzilish vujudga keladi.

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling