sog'ligi, jinsi, oilaviy ahvoli, mehnat qilish va yashash
sharoitlariga ham bog'liq bo'ladi.
Ehtiyoj - insonlaming hayot kechirishining aniq shart-
sharoitlarga qaramligini
ifoda
etuvchi va
bu
shart-
sharoitlarga nisbatan uning faolligini
vujudga keltiruvchi
holatdir.
Insonning
ehtiyojlari
ham
ijtimoiy,
ham
shaxsiy
xususiyatlarga ega bo'lib, u birinchidan, shunchaki tor
ma'nodagi shaxsiy tavsifga ega bo'lib tuyulganda ham
ijtimoiydir (masalan, non - non bo'lib dasturxonga kelgunicha
ko'plab insonlar mehnati sarflanadi,
bu
esa ijtimoiy
mahsulotdir). Ikkinchidan, inson o'z ehtiyojlarini qondirish
uchun mazkur ijtimoiy muhitda tarixan tarkib topgan
vositalar va usullardan foydalanadi. Uchinchidan,
insonning
ko'pgina
ehtiyojlari
shaxsiy
ehtiyojlaridan
ko'ra
o'zi
birgalikda
mehnat
qiladigan
jamiyatning,
jamoaning,
guruhning ehtiyojlarini ifodalaydi, ya'ni jamoa ehtiyojlari
kishining shaxsiy ehtiyojlari tusini oladi (yig'ihshda ma'ruza
bilan chiqish uchun tayyorlanish ehtiyoji).
Do'stlaringiz bilan baham: