S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-ish. Kartoshka, meva va sabzavotlarning kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash Darsning maqsadi
- 1-vazifa. Qumq
- Quritish shkafi va fear xil o‘lchamli alyumin byuks idishlar
Jihoz va materiallar: torozi, meva namunalari, chizg'ich, qalam,
shtangensirkul, menzurka, shisha idishlar. O'zlashtirish uchun savollar 1. Meva-sabzavotlaming asosiy tovar ko‘rsatkichlariga nima kiradi? 2. Meva-sabzavotlami katta-kichikligi, og‘irligi, hajmi va boshqa ko'rsatkichlami o ‘lchash nima uchun kerak? 3. Mevalarning hajmi oddiy sharoitda qanday aniqlanadi? 4. Mevalarning tashqi ko‘rinishi nima uchun murakkab belgi hisoblanadi? 7-ish. Kartoshka, meva va sabzavotlarning kimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlash Darsning maqsadi: Kartoshka, meva va sabzavotlarning kimyoviy tarkibi bilan tanishish. Malisulotlar kimyoviy tarkibidan ayrim asosiy moddalami laboratoriya sharoitida aniqlash usullarini talabalarga o‘rgatish. M a’lumki, sabzavot va mevalar asosan suv, qand, kraxmal, kislota va vitaminlarga boy hisoblanadi. Shuning uchun bu mahsulotlar tez buziluvchan bo‘ladi, undan tashqari ular qayta ishlanayotganda va saqlanayotganda bu moddalar juda katta o ‘rin tutadi. Ya’ni, ulami bor miqdoriga qarab ular sifati haqida ma’lum m a’lumotga ega boiinadi, masalan meva-sabzavotlami quritishda yoki sharbat ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar chiqimini aniqlashda va h.k. 1-vazifa. Qumq modda miqdorini quritish javonida mutlaq og‘irligiga qarab aniqlash. Ishlash tartibi: analitik tarozida ikkita byuks idish tortiladi, ular eksikator ostiga ish boshlashga qadar qo‘yiladi. Keyin ikkala byuks xdishiga maydalangan meva yoki sabzavot taxminan yarmigacha solinadi (namunaga, asosan, 1,5-3 grammgacha olinadi), tahlilga olinishdan oldin namuna yaxshilab maydalanadi. Buning uchun zanglamaydigan pichoq bilan maxsus taxtalarda kesiladi. Har bir maydalangan mahsulot bo‘lagi 3-5 mm dan katta bo'lmasligi kerak. Qurigan kartoshka esa 1 mm dan oshmasligi, sabzi va lavlagi qirg‘ichdan o ‘tkazilishi kerak. Suvli meva va sabzavotlar maxsus chinni idishlarda ezilib maydalanadi. Byuks ichidagi kvars qumga solingan namuna aralash tortiladi (aniqligi 0,0001 grammgacha) va quritish javoniga qo‘yiladi (10-rasm). 10-rasm. Quritish shkafi va fear xil o‘lchamli alyumin byuks idishlar Quritish javonidagi harorat 105 °S darajaga keltiriladi va dastlabki 20-30 daqiqada qurish harorati 100-105 °S dan oshmasligi kerak (fennentlar ta’sirini to ‘xtatish uchun), asosiy quritish vaqtida 80-90 °S atrofida bo‘lishi shart. Keyin narnuna mutlaq og‘irlikka kelganda harorat 105 °S b o lad i. Umumiy quritish vaqti 3-5 soatga yetadi, shuning uchun qolgan hisob-kitob va o'lchovlar keyingi darsga qoldiriladi. Quritish javonidan chiqarilgan byukslar eksikator ostiga 20-30 daqiqaga qo‘yib sovutiladi. Eksikator tagida odatda oltingugurt kislotasi bo‘lishi kerak. Sovutilgan byukslar yana tortiladi, agar namuna mutlaq og‘irlikka yetmagan bo‘lsa,u holda yana quritiladi (105 °S da). Talabalarga o ‘tilayotgan darsda bir marta tortish bilan kifoyalansa bo‘ladi. Olingan natijalar quyidagi 8-jadval bo‘vicha yoziladi va qimiq modda miqdori aniqlanadi. 8~jadval Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling