S. Y. Is kamov


Uzumlarni ochiq havoda chodir ostida quritish


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/133
Sana26.10.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1724019
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428

Uzumlarni ochiq havoda chodir ostida quritish
Uzum ochiq havoda maxsus chodirlarda (quyosh nurlaridan 
asrash uchun ustiga oq mato tartilgan holda) ham quritilish mumkin. 
Bxmday chodirlar ham juda yuqori ahamiyatga ega. Ulaming ostida 
qurigan mahsulotlarning ranggi yorqin, mahsulot chiqishi va 
vitaminliligi yuqori boiadi. Bunday chodirlar mahsulotlami chang 
tushishidan ham yaxshi himoyalaydi (
20
-rasm).


Jihoz va materiallar: 
quritish maydonchasi, patnislar, dudlash 
kamerasi, chodirlar, pichoq, oltingugurt, xom ashyo.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Mevalarni ochiq havoda quritishning qanday afealliklari bor?
2. Mevalarni quritishda dudlash nima uchun kerak?
3. Dudlangan va dudlanmagan mevalar ochiq havoda necha kunda 
quriydi?
4. Ochiq havoda quritilgan meva mahsulotlariga qanday talablar 
qo‘yiladi?
26-ish, Mevalarni quritish
Darsning 
maqsadi: 
talabalami quritilgan mevalar olish 
texnologiyasi bilan tanishtirish. Ularga mevalarni ochiq havoda tabiiy 
quritishni o‘rgatish.
Ishlash tartibi. Olma quritish. 
Olmaning barcha navlaridan qoqi 
tayyorlasa bo'ladi. Ammo qand va kislotasi ko‘proq, eti oq yoki sariq 
olmani ko‘proq quritish kerak. Qoqiga faqat pishgan olmalar teriladi
yuviladi, tilimlab 
0
,7-1,0 sm qalinlikda gardish qilib to‘g‘raladi.
Po‘sti archilgan olma to‘g‘ralgan zahoti 2-3 foizli namakobga 
solinadi. Bu uning tabiiy ranggini saqlab qoladi. Keyin olma taxta 
patnislarda dudlanadi. Mevaning 1 kilogrammiga 1,5-2 gramm 
oltingugurt sarflanadi. Dudlash 30 daqiqa davom etadi. Ob-havo 
sharoitiga qarab quritish 3-6 kun davom etadi. Olmadan 10-13 foiz 
qoqi olinadi. 1-15 kun saqlangandan keyin uning nami tenglashib 
qoladi.
Nok quritish. 
Nokning Konsentrat, Podarok, Lyubimitsa klappa, 
Vilyams, Yubileyniy Navoiy navlari quritiladi.
Nok mevasini quritish olma mevasini quritishga o‘xshaydi. Nok 
to‘rt qismga bolinadi, urug'i olinadi 2-3 daqiqa qaynoq suvga botirib 
olinadi. Keyin toza oqar suvga chayib patnisga joylanadi. Har bir 
kilogramm mevaga 2-3 gramm hisobida oltingugurt sarflab 1,5-2. soat 
dudulanib, 4-5 kun oftobda quritiladi, 2-3 kundan keyin mevalar 
ag‘darib chiqiladi. Nok 12-18 kun quritiladi.

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling