S. Y. Is kamov


Download 7.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/133
Sana04.09.2023
Hajmi7.3 Mb.
#1672563
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
kitob 00617a84a6c9428 (1)

Jihoz va materiallar: kolbalar, stakanlar, reaktivlar, elektr plita,
lakmus qog'ozi, pipetka, kalkulyator.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. 
Reduksiyalangan shakar deganda nimani tushunasiz?
2. Meva-sabzavotlar tarkibida qanday qand turlari bo‘ladi?
3. 
Qandlami sianid usulida aniqlaslmi qaysi olim birinchi bor 
qollagan?
12-ish. Kislota miqdorini aniqlash (titrlanadigan)
D arsning 
m aqsadi: 
meva-sabzavotlar tarkibidagi 
organik 
kislotalar bilan tanishish. Talabalarga meva-sabzavotlar tarkibidagi 
organik kislotalar miqdorini aniqlashni o'rgatish.
Kislota juda muhim ko'rsatkich b o ‘lib, uning shakarga b o lg a n
nisbati meva-sabzavotlaming sifatini (ta’mini) aniqlab beradi. Povidlo, 
jem, jele va marmelad olinayotganda xomashyoda albatta 0,9-1% 
kislota bo'lislii shart, bo'lmasa tayyor mahsulot quyuqlashmaydi.


Vinochilik sanoatida ham, albatta uzum yoki mevalarda kisloia 
miqdori 0,7-0,9% dan kam bo‘lsa, sifatli mahsulot olib bo‘lmaydi.
Tuzlangan mahsulotda kislota miqdori standartlaming texnik 
ko‘rsatkichlariga kiritilgan.
Kislotaning miqdorini aniqlash uchun ulaming neytrallanish va 
ishqorli eritmada titrlanishiga asoslangan. Neytrallanish nuqtasini 
indikator yordamida aniqlanadi.
Vazifa. Kislota miqdorini titrlash yo‘li bilan aniqlash.
Ishlash tartibi: maydalangan va ezilgan o ‘rtacha namunadan 20 
yoki 25 ml stakanga olinadi. Olingan namuna 200 yoki 250 mtli kol­
baga olinadi. Stakandagi proba qoldiqlarini suv bilan yuviladi, bu 
qoldiqlar voronkada va kolbaning bo'yinlarida ham bo'lishi mumkin. 
Kolba 0,5-0,75 hajmida toldiriladi. Kolba hammomga qo'yiladi va 
80° haroratda 30 daqiqa ushlanadi. Bu esa termometr yordamida 
nazorat qilinadi. Keyin kolba vodoprovod suvida sovutiladi. 
Distillangan suv kolba chizig‘igacha ohb kelinadi, aralashtiriladi va 
quruq kolbaga filtrdan o ‘tkaziladi.
Mana shu olingan filtratda umumiy kislota miqdori aniqlanadi. 
Buning uchun filtrdan 20-25 mlli kichik kolbaga eritma olinadi, keyin 
unga indikator sifatida 2-3 tomchi fenolftalein eritmasi tomiziladi va 
01 ishqori eritmada titrlanadi. Titrlash eritma pushti rang bo'lguncha 
davom etadi.
Neytrallanishni aniqlash uchun bo‘yalgan eritmalar qizil lakmus 
qog‘ozda aniqlanadi. Ishqor eritmasi qo‘shilganda, eritmadan bir 
tomchi olib lakmus qog‘oziga tomiziladi. Ya’ni neytrallash bo'lganda 
lakmus qog'ozi ko'karib ketadi.
Sho‘r suv yoki marinadlardagi kislota miqdorini aniqlash uchun 
avval ulami paxta filtrdan o'tkaziladi keyin pipetkada 10-25 ml proba 
olinib, yuqorida aytilgandek titrlanadi. Hisoblash uchun formula 
quyidagicha bo‘ladi:
a - T - C K - 100%
. H e
buyerda: 
a - 0,1 ishqorli eritmani Utrlashga ketgan miqdori 
(ml);
T - 0,1 ishqori eritmani titrdagi to ‘g ‘rilanishi;
S - namunaning umumiy hajmi (ml);
N — namuna (g);
ye - litrlash uchun olingan namuna hajmi


К — 0,1 ishqorli eritmani kislota koeffitsiyenti. Masalan, olma 
kislota uchun - 0,0067. Limo'n kislotasi - 0,0069, vino kislotasi -
0,0075, sirka kislotasi - 0,006, sut kislotasi -0,009.

Download 7.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling