S. Y. Is kamov
Download 7.3 Mb. Pdf ko'rish
|
kitob 00617a84a6c9428 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-ish. Tamaki barglarini quritish va saqlash Darsning maqsadi
- Barglarai solitish fazasi.
Jihoz va materiallar:
eksikator, byukslar, SESh-3 M termostat, stakanchalar, texnik torozi, elak, kalkulyator. 0 ‘zlashtirish uchun savollar 1. Tamakining namligini aniqlash nima uchun zarur? 2. Tamaki namligi qanday aniqlanadi? 3. Tamakining ifloslanganlik darajasiga qanday talablar qo'yiladi? 56-ish. Tamaki barglarini quritish va saqlash Darsning maqsadi: talabalarga tamaki barglarini quritish va saqlash usullarini olgatish. ishlash tartibi: tamaki bargini quritish eng mas’uliyatli ishlardan hisoblanadi. Chunki quritish jarayonida mahsulotning sifat belgiiari shakllanadi. Agar quritish paytida bargning sifati buzilsa, keyin uni har qanday texnologik ishlov berish bilan ham tuzatib bolmaydi. Quritish jarayonida bargda faqat suvning yo‘qotilishi emas, balki murakkab fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar sodir boladi. Natijada, xomashyo foydalanish uchun yaroqli holga keladi. Bargning sifati, asosan o‘simlikning o‘sish va pishish davriga, kaviga, o'stiriladigan mintaqaning tabiiy sharoitiga va qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlarga bog'liq. Quritish jarayonida esa tamakining sifati yanada yaxshilanadi va sifat belgilari mustahkamlanadi. Tamaki bargini quritish davxi ikki fazadan iborat: birinchi faza bargni so'litish, ikki&chisi esa bargni fiksatsiya qilish yoki quritishdir. Barglarai so'litish fazasi. Bargni so'litish unga sifat beruvchi asosiy tadbir hisoblanadi. Barglar poyadan uzilgandan keyin uning to'qimalarida ma’lum vaqtgacha hayotiy jarayon davom etadi. Bu jarayonlar davom etishi uchun o‘simlik o‘sishi va pishish davrida barg- larda to'plangan organik moddalaming ma’lum qismi sarflanadi. So'litishda barg to‘qimalarida kechadigan modda aimashinuvi sintez jaxayonidan parchalanish jarayoni ancha ustun turadi. Bu fazada barg to'qimalari 20-25% suvni yo'qotadi, bargning kimyoviy tarkibi miqdor va sifat jihatidan keskin o'zgaradi, oqsil moddasining ko‘p (60%) qismi aminokislotalarga, ammiakka hamda shu kabi moddalarga parchaianadi. Barg tarkibidagi kraxmal so‘litish jarayoni dekstrin va eruvchan uglevod (shakar)larga parchaianadi. Shuningdek, nikotinnmg 20-30 foizi parchaianadi. Solitishda bargga yashil rang beruvchi karotin va ksantofillar parchalanib, so'ligan barglar sarg'ish tusga kiradi. Shuning uchun ham solitish fazasi, odatda, bargni sarg'aytirish fazasi, deb ham yuritiladi. Shunday qilib, so'litishda bargning kimyoviy tarkibi ancha o'zgaradi, lekin bunda hayotiy jarayonlaming davom etishi uchun sarf bo'lgan organik moddalar o'mini to'ldirmaydi. Bu esa so'litish jarayonida barg tarkibidagi quruq moddaning 10-16% gacha yo'qolishiga olib keladi. Quruq moddaning sarflanishi quritish jarayonida ham davom etadi. Quruq modda sarflanishi so'litish va quritish fazalarining davomiyligiga bog'liq. Quritish usullariga qarab, bargdagi quruq moddaning sarflanishi ham turlicha bo'ladi. Barg sun’iy usulda quritUganda, bu-oddiy usulda quyoshda quritilganga nisbatan ancha tezlashadi, shunga ko'ra, quruq moddaning sarflanishi ham kamayadi hamda quruq barg chiqish foizi ancha ortadi. Quruq moddaning o'zgarishi xomashyoning kimyoviy tarkibi o'zgarishiga sabab bo'ladi. Qurish jarayoni barg tarkibidagi oqsil, kraxmal, xlorofillar parchalanishi mahsulot sifatining yaxshilanishiga olib keladi. Tamakini so'litmasdan quritish yoki so'litishda biroz uzilish bo'lsa, bargdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlar birdan to‘xtab q^tib, natijada xomashyoning sifati pasayishiga olib keladigan murakkab kimy oviy birikmalaming (oqsil, kraxmal, xlorofill va boshqalar) tjargda ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga sabab boladi. Solitish jarayonida harorat 45°S dan ortib ketsa, barg to‘qimalari erta nobud fooladi, shuningdek barg ko‘plab suv yo‘qotadi va to‘qimalardagi hayotiy jarayonlar to‘xtab qoladi. Solitishda bargdagi murakkab moddalaming parchalanish tezligi va yo'nalishi asosan havoning harorati va namiigiga bogliq boladi. Haroratning ma’lum darajagacha kolarilishi bilan bu jarayon tezlashadi. Solitish uchun muqobil harorat bargning fiziologik holatiga qarab aniqlanadi. Barg so‘litiladigan joyda havo harorati 25-30°S, nisbiy namligi 80-85%, havo oqimining tezligi 0,3 m/soniya bo‘lishi eng qulay hisoblanadi. Bargni qancha vaqt so‘litish uning yetilish darajasiga bogliq. Agar barg xomroq terilgan b o lsa 1,5 kun, texnik jiqatdan yetilgan davrida uzilgan barglar esa bir kun solitiladi. Tamaki bargi quyoshda quritiladigan bolsa, ulami uyum holida ipga tizib va quritish ramalariga osib so‘litiladi. Bu usul xo'jalikiarda keng tarqalgan. Bunda tamakizordan keltirilgan barglar 20 sm qalinlikda polga uyiladi, Shu holatda 5-7 soat saqlanganda hujayralarda nafas olish jarayoni davom etib, barglar qiziydi. Bunday paytda bargiarni biroz shamollatish zarur, Bargni solitish uchun, joylashtirilganda, uning bandi pastga qaratib qo‘yilgani ma’qul. Shunday qilinganda barglar 1-1,5 kunda solitiladi. Bargning uchdan bir qismi sarg‘ayishi barglai: yaxshi soliganligini kolsatadi. Barglar uyum holida solitilganda haddan tashqari qizib ketadi, natijada barg kuyishi mumkin. Bu usulning yana bir kamchiligi shundaki, barg tartibsiz to‘planganligi sababli uni tizish uchun katta mehnat sarflanishiga fo 'g li keladi. Tamaki bargini ipga tizib solitish ham uyumda solitishdan farq qilmaydi. Lekin bunda ipga tizilgan barglar ramalarga ilishdan cldin solitishga qo‘yiladi. Shuni ham aytish kerakki, bu solitish usulida barglami shamollatish ancha qiyin boladi, barglar tizilgandan so‘ng ayvonning yon tomonlari polietilen plyonka yoki boshqa materiallar bilan olalishi kerak. So‘litish jarayoni shu tartibda 1,5-2 kun davom ettiriladi. Barglar soligandan so‘ng ayvonning yonlariga olalgan matolar olib tashlanadi. Barglar UMST-25 qurilmasida quritiladigan bolsa, ramalar maxsus xonalarga siljitib qo'yiladi. STG-1,5 tamaki quritish tizimi esa maxsus kameraga ega bo‘lib, tizilgan barglar shu kamerada so'litiladi. Quritish fazasi. Tamakini so'litishda xlorofill donachalarining parchalanishi oqsil va kraxmalning parchalanishi bilan bir vaqtda borishi sababli bargning sarg'ayishi so'litish tamom bo'lganligi va ikkinchi faza - quritishga o'tish kerakligini bildiradi. So‘litilgan tamaki bargi tarkibida 65-70 foiz suv bo'ladi. Agar bu suv ma’lum tezlikda barg tarkibidan chiqarib yuborilmasa, barg to'qimalarida oksidlanish jarayoni natijasida sariq rang to'q tus olib, asta-sekin jigarrang va qo'ng'ir tusga kiradi. Bu esa, mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun quritirgan tamaki barglaridagi suvning bug'lanish tezligini boshqarib, turli rang va tusdagi xomashyo olish mumkin. Download 7.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling