S19. 142-guruh Abdullayev Qaxramon turkiyaning moliya tizimi
Turk lirasiga nisbatan AQSh dollarining kursi (ming lira)
Download 114.3 Kb. Pdf ko'rish
|
TURKIYANING MOLIYA TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiyada inflyatsiya darajasi, 1991-2003 yillar ( foizda).
Turk lirasiga nisbatan AQSh dollarining kursi (ming lira).
yil 1 199 2 1 199 3 1 199 4 1 199 5 1 199 6 1 199 7 1 199 8 1 199 9 2 200 0 2 200 1 2 200 2 2 200 3 1 $ 6 ,8 1 1 2 9,7 4 5 8 1 1 52 2 60 4 20 6 23 1 225 1 505 1 493 Manba: http://www.tcmb.tr/ –Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi. Berib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, AQSh dollariga nisbatan turk lirasining kursi taxminan 220 barobarga ko‘paygan. Dastlab ushbu kurs dollarga nisbatan pasaytirilib ko‘rsatilib, valyutaning real qiymati oshirilgan va bu mamlakat eksport imkoniyatlarini yaxshilanishini ta’minlagan. Keyinchalik esa milliy valyuta inflyatsiyasi sababli almashuv kursi yuqori darajalarga ko‘tarilib ketgan. 3-jadval. Turkiyada inflyatsiya darajasi, 1991-2003 yillar ( foizda). Y il 1 199 1 1 199 3 1 199 5 1 199 6 1 199 7 1 199 8 1 199 9 2 200 0 2 200 1 2 200 2 2 200 3 % 6 6 6 6,4 9 3,1 7 9,3 8 5,3 8 3,6 6 3,6 5 3,9 5 3,9 4 4,8 2 5,2 Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti, Statistika bo‘limi. Turkiya pul-kredit siyosatida 1984 yili hukumat tomonidan qabul qilingan 30-sonli «Turkiya valyuta kursini himoya qilish haqidagi qaror» muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qarorning 4-moddasida qaror qilindi: «Mamlakatga olib kirilayotgan erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar cheklovlarsiz amalga oshiriladi». Turkiyadagi shaxslar o‘zlari bilan valyuta olib yurishlariga ruxsat berildi. Ular o‘z xoxishlariga ko‘ra uni bankka, valyuta hisob-kitob raqamiga qo‘yishlari va u yerda saqlashlari mumkin. Turkiyadagi shaxslar zarur operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun Turkiyadan tashqarida bo‘lgan shaxslardan valyuta olishlari mumkin. Turkiyada istiqomat qilayotgan shaxslar xorijga chiqish paytida o‘zlari bilan 3 ming AQSh dollari miqdorida valyuta olib chiqib ketishlari mumkin. Xorijga tovarini sotishi bilan uning egasi rasmiy eksport qilingan kundan uch oy muddat ichida sotilgan tovar qiymatining 80%ini mamlakatga qaytarishga majbur. Qolgan 20%ini o‘zi mustaqil taqsimlaydi. Transport, bank va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq xorijga valyutada pul o‘tkazishlar Markaziy bank va boshqa banklardagi qoida va cheklovlar(limitlar) orqali amalga oshiriladi. Turkiyada xorijliklarga erkin ravishda kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish, savdo bilan shug‘ulanish, aksioner sifatida ishtirok etish, bo‘limlar ochish, aksiyaga egalik qilish, byuro, vakolatxona, agentlik ochish va shu maqsadda kapital o‘tkazishga ruxsat berilgan. Shu asosda Turkiyaga patent, nou-xau, litsenziya va boshqalar olib kirish erkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, Turkiya hukumati erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga mamlakatning o‘tishi uchun barcha urinishlarni amalga oshirgan. Chunki undan foydalanish jahon bozoriga, zamonaviy texnika va texnologiyalarga, bilim va informatsiyaga keng yo‘l ochadi. Shunday valyutaning eng ko‘p oqimini turizmni rivojlantirish ta’minlamoqda. Bu o‘rinda xorijda ishlayotganlarning o‘z qarindoshlariga yuborayotgan pul o‘tkazmalari ham valyuta daromadlarida salmoqli ulushga ega. Faqat 1989-91 yilarda shunday o‘tkazmalarning miqdori har yili 3,1-3,3 mlrd. dollardan oshgan. Bularning barchasi 1990 yili valyuta zahirasini 21,4 trillion turk lira darajasiga yetkazish imkoniyatini berdi. Umuman, valyuta nazorat tizimi liberalroq, shu bilan bir vaqtda markazlashgan, ommalashgan holda edi. Ba’zi iqtisodchilar shu paytlarda xazinachilik va tashqi savdo boshqarmalariga favqulodda ko‘proq vakolatlar berib yuborilganligini ta’kidlaydilar. Shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va pul bosishga to‘la huquqqa ega Markaziy bank vakolatlari ham bulardan kam emas edi. Aynan ushbu ikkita organ xalq xo‘jaligini tartibga solishda asosiy iqtisodiy dastaklarni to‘la va mutlaq boshqarishni amalga oshiradi. Ushbu holatni Turkiya iqtisodiyotining turli tarmoqlarida chiqarilayotgan qimmatbaho qog‘ozlar taxlili misolida ko‘rib chiqamiz. 3-jadval. Download 114.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling