S19. 142-guruh Abdullayev Qaxramon turkiyaning moliya tizimi


Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha qimmatbaho qog‘ozlar


Download 114.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi114.3 Kb.
#1567706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TURKIYANING MOLIYA TIZIMI

Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha qimmatbaho qog‘ozlar 
chiqarish.(mlrd. tl) 
1997 
1998 1999 
2000 
2001 
2002 
(yanvar 
– mart) 
Davlat sektori 
6509 
8931 17679 
21713 47316 26800 
Davlat obligatsiyalari 
2045 
3816 9061 
12670 12291 16778 
Xazinachilik 
majburiyatlari 
3955 
5115 7634 
8443 
34277 10022 
Daromadli aksiyalar
sertifikatlar 
809 
-- 
984 
600 
567 
-- 


Xususiy sektor 
683 
138 
2298 
4116 
5634 
1339 
Aksiyalar 
187 
365 
967 
1807 
3607 
587 
Obligatsiyalar 
318 
211 
695 
762 
576 
83 
Bank majburiyatlari 
76 
238 
98 
330 
726 
250 
Moliyaviy 
majburiyatlar 
56 
271 
465 
238 
660 
334 
Daromadli qog‘ozlar 
va qarz majburiyatlari 
0,8 
0,2 



-- 
Ishtiroki 
haqida 
guvohnoma (paylar) 
45 
53 
162 
975 
65 
25 
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti,
Statistika bo‘limi. 
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, davlat moliya bozorining eng faol 
ishtirokchisi bo‘lib, xususiy sektorga nisbatan o‘zining qimmatbaho qog‘ozlar, 
ularning xajmi va chiqarishi bo‘yicha taklifi deyarli 20 barobarga oshadi. Bunda 
aksioner jamiyatlarini tashkil etish orqali xususiylashtirilayotgan davlat 
korxonalari aksiyasi taklifining o‘sishi xali kuzatilmaydi. Vaholanki, ularning 
birjalar, bank va boshqa kontoralar orqali sotilish xajmi 1993 yilgi 39,5 mlrd. turk 
lirasidan 2001 yili 326,6 trillion turk lirasiga yetdi. Bu yerda barcha savdoning 
78%i banklar xissasiga, qolgani turli kompaniyalar, vositachilar va brokerlar 
xissasiga to‘g‘ri keladi. Istambul fond birjasining oylik operatsiya xajmi 1996 yil 
yanvar holati bilan qiyoslaganda 2002 yili deyarli 40 barobarga ko‘paydi. 
Shuni 
ta’kidlash lozimki, davlat obligatsiyalari va xazinachilik 
majburiyatlarini asosiy sotib oluvchilar banklar hisoblanadi. Agar 1994 yili ular 
xissasiga barcha savdoning 43,4 %i, 1999 yili 90,3 %i, qolgan 6,4 % ijtimoiy 
muassasalar va 3,3 %i xususiy sektor korxonalari xissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu 
qimmatbaho qog‘ozning xususiy egalari ulushi 1994 yilgi 3,5%dan deyarli nolga 
tushib qolgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, odamlar o‘z jamg‘armalarini 
inflyatsiyadan himoya qilish bo‘yicha davlat kafolati asosidagi ishonchliroq bank 


xizmatlarini afzal deb bilmoqdalar. Yoki banklar o‘z faoliyatlarini jadallashtirish, 
zahira va aktivlarini mustahkamlash maqsadida ularni o‘zlarida ushlab turishni 
afzal deb biladilar. 
Ma’lumki, qachonki Markaziy bank tijorat banklaridan davlat qimmatbaho 
qog‘ozlarini sotib olishni boshlasa, ularning zahiralari, ya’ni kredit berish 
imkoniyatlari ko‘payadi yoki aksincha. Shunga muvofiq o‘z qarzi bo‘yicha davlat 
foiz to‘layotgan o‘sha qimmatli qog‘ozlar ma’lum daromad keltiradi. Bu davlat 
qimmatbaho qog‘ozlariga nima sababdan qiziqish uyg‘otganligini anglatadi. 
Boshqa tomondan banklarning foiz stavkalarini oshirishga yo‘naltirilgan 
qimmatbaho qog‘ozlar siyosati sarmoyaviy faollikni pasaytirishi lozim edi. Ammo 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiy sarmoyalar taxlili aksincha holatni ifoda etadi – 
ular to‘xtovsiz o‘smoqda. Ushbu holatni mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishi, 
texnologik progress yoki kelajakda kapitalga ko‘proq narx belgilanishini kutish
inflyatsiya sababli real bank foiz stavkalarining pastligi bilan izohlash mumkin. 
Turkiyada bank foiz stavkalari juda-juda yuqori bo‘lib, deyarli 
mamlakatdagi inflyatsiya sur’atlariga yaqindir. Imtiyozli kreditlar faqatgina 
eksport operatsiyalari va tashqi moliyalashtirish manbalariga qo‘llaniladi. 
Investitsiya uchun ajratilayotgan kreditlar yillik 70%, ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yilgandan so‘ng 75% hisobida amalga oshiriladi. Shunday yuqori foiz 
stavkalariga qaramay ulardan foydalanish holatlarining guvohi bo‘lamiz. Chunki 
inflyatsiyaning yuqori sur’ati bank foiz stavkalarini juda past holatga tushirib 
qo‘ymoqda.

Download 114.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling