S19. 142-guruh Abdullayev Qaxramon turkiyaning moliya tizimi


Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar


Download 114.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi114.3 Kb.
#1567706
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TURKIYANING MOLIYA TIZIMI

Turkiya iqtisodiyoti sektorlari bo‘yicha jamg‘armalar va kapital qo‘yilmalar 
dinamikasi. 


 (1998 yil narxlarida, mlrd. Tl). 
Yillar 
Davlat sektoridagi umumiy 
kapital qo‘yilmalar 
Xususiy sektordagi 
umumiy kapital 
qo‘yilmalar 
1990 
11302 
7841 
1991 
12734 
7090 
1992 
10616 
6703 
1993 
10668 
7980 
1994 
10482 
8555 
1995 
12695 
8922 
1996 
13620 
10503 
1997 
13767 
12033 
1998 
10990 
13056 
1999 
10789 
13112 
2000 
11637 
15624 
2001 
11853 
15141 
Manba: http://www.tcmb.tr/ – Turkiya Respublikasi Markaziy banki sayti,
Statistika bo‘limi. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, davlat sektori o‘zining 
investitsiyalari uchun doimiy ravishda xususiy sektor jamg‘armalaridan 
foydalangan bo‘lib, moliyalashtirishning tashqi manbalari ko‘payib borayotgan 
ichki qarzga sarflangan. Buning ustiga ushbu davr mobaynidagi kapital 
qo‘yilmalar xajmi yuqori darajada bo‘lib, 10,6 – 13,8 trillion turk lirasi atrofida 
bo‘lgan (solishtirilayotgan narxlarda). Albatta investitsiya yo‘nalishlari turli 
darajada o‘zgartirilib turildi. Ammo saqlanib qolayotgan davlat xarajatlarining 
yuqori darajasi mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning ta’siri yuqori 
holatda ekanligidan dalolat beradi. 
Bir 
paytning 
o‘zida xususiy sektor jamg‘armalaridan unchalik 
foydalanilmadi yoki musodara qilindi. Ushbu dinamikada bank foiz stavkalarini 


pasaytirilishi kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantiradi degan mashhur makroiqtisodiy 
nazariya holati kuzatilmaydi. Masalan, 1990, 1994 va 1999 yillarda minimal foiz 
stavkalarining faoliyati (kreditga qo‘yilayotgan foizlar albatta yuqori bo‘lib, 
ularning miqdori bo‘yicha katta farqqa ega edi) xususiy sektordagi kapital 
qo‘yilmalarning nisbatan o‘sishi bilan muvofiq kelgan (2,5%, 7,2% va 1,5%). Shu 
davr mobaynida, 1993, 1996 va 1997 yillarda kapital qo‘yilmalardagi real bank 
stavkalari yuqori bo‘lgan (muvofiq ravishda 19,1%, 17,8% va 14,5%). Shu bilan 
birgalikda tan olish kerakki, xususiy sektor kapital qo‘yilmalarining real xajmi 
taxlil qilinayotgan davr mobaynida deyarli ikki barobarga o‘sgan. Bu xususiy 
investitsiyani rivojlantirishga bo‘lgan davlat siyosatining umumiy yo‘nalishi 
amalga oshirila boshlaganligidan dalolat beradi.
Investitsiyaning shunday qarama-qarshi harakatiga sabab saqlanib 
qolayotgan davlat sektorining asosiy roli, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi 
inflyatsiya jarayonlarining keskinlashishi bo‘lib, xususiy sektorning o‘z 
jamg‘armalaridan tezroq unumli foydalanishga intilishidan iborat. Shunday 
sharoitda ham aholi, ham tadbirkorlar mavjud pul mablag‘larini ko‘chmas mulkka 
yoki yuqoriroq va tez foyda beruvchi tarmoqlarga qo‘yishni afzal deb biladilar. 
Vaholanki barcha ushbu jarayonlar mamlakat banklari orqali amalga oshiriladi va 
ular tomonidan nazorat qilinadi. 

Download 114.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling