Sabirova Umida refera t mavzu: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari


Mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi


Download 0.55 Mb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1164338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sabirova Umidaning referat ishi — копия

Mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi

O‘zbekistonning Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunida 2022 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga belgilangan ijara to‘lovining stavkalari belgilab qo‘yildi


Eslatib o‘tamiz, ushbu stavkalar jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llaniladi.

  • Кучмас мулк

  • ижара

  • Davlat byudjeti

  • ijara to‘lovi

  • avtomobil

  • mol-mulk

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Toshkent shahrida turar joy binolari umumiy maydonining 1 kv. metri uchun bir oyda ijara stavkasining eng kam miqdori 15 500 so‘m (o‘tgan yili 14 000 so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlarida 9 500 so‘m (8 500 so‘m) hamda boshqa aholi punktlarida 4 000 so‘m (2021 yilda shu kabi miqdor) miqdorida belgilandi.
Toshkent shahridagi noturar joy binolari umumiy maydonining 1 kv. metri uchun bir oyda ijara stavkasining eng kam miqdori 32 000 so‘m (o‘tgan yili-29 000 so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlarida – 18 500 so‘m (17 000 so‘m) hamda boshqa aholi punktlarida – 7 500 so‘m (2021 yilda shu miqdor).
Yengil avtomobil uchun 630 000 so‘m( o‘tgan yili-575 000 so‘m), mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari uchun– 1 250 000 (1 150 000) so‘m etib belgilandi.


Масалан Xiva shaxar DSI tomonidan fukoroga tulov xabarnomasi junatish:
To‘lov xabarnoma № M0000010 20.01.2023 y

E S L A T M A !!! Joriy yil uchun hisoblangan soliqlarni to‘lash teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshirilishi lozim. (SKning 423-440-moddalari) Yer uchastkalaridan hujjatsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan stavkaning uch baravari miqdorida hisoblanadi. Agar soliq imtiyozlarini olish huquqiga ega bo‘lsangiz, imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni mustaqil ravishda davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etishingiz kerak. SKning 420-moddasiga asosan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati mol-mulk solig‘ining soliq bazasi hisoblanadi, soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas. Mol-mulkning kadastr qiymati va yer maydonlari o‘rtasida farq aniqlangan taqdirda hududiy kadastr idoralariga murojaat etishingiz lozim bo‘ladi. **SKning 88-moddasiga asosan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati, soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. To‘lov quyidagi hisob raqamlarga mobil ilovalar, bank plastik kartalari orqali yoki bank kassalariga naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin. Mol-mulk solig‘i h/r:100022 860 6 33406 3131101 093MFO: 00014
O G O H L A N T I R A M I Z !!! SKning 125-moddasiga muvofiq mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati tugaganidan keyin soliq qarzi sud tartibida undiriladi. To‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun SKning 110-moddasiga asosan penya hisoblanadi.
SK ning 125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish
Agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs (bundan buyon ushbu moddada jismoniy shaxs deb yuritiladi) soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza (bundan buyon ushbu moddada undirish to‘g‘risidagi ariza deb yuritiladi) bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Undirish to‘g‘risidagi arizaga soliq organining talabnomani ta’minlash tartibida javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin.
Undirish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi.
Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi bir million so‘mdan oshsa, undirish to‘g‘risidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ishlar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.
(125-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son)
Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling