Sabirova Umida refera t mavzu: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari
Download 0.55 Mb.
|
Sabirova Umidaning referat ishi — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan: SOLIQQA TORTISH ASOSLARI 2023 yil MAVZU: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari (amaliy misollar bilan) REJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT BXA 46-22-GURUH TALABASI Sabirova Umida R E F E R A T MAVZU: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari (misollar bilan). Fan: SOLIQQA TORTISH ASOSLARI 2023 yil MAVZU: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari (amaliy misollar bilan)REJA: 1. Mol-mulkga solinadigan soliqning joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. 2. O‘zbekiston Respublikasining qonuni jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar to’g’risida. 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchilar, soliq solish obekti va soliq solish bazasini aniqlash tartibi. 4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha imtiyozlar va soliq stavkalari. 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va buyudjetga to’lash tartiblari. Tayanch iboralar va tushunchalar. Mol-mulk, mulk huquqi, mulkchilik, mulkka egalik qilish, mulkdan foydalanish, mulkni tasarruf etish, mol-mulk solig’i, ko’chmas mulk, normativ muddatda tugallangmagan qurilish, ko’chmas mulklarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati. 1. Mol-mulkga solinadigan soliqning joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati. Korxonalarga soliq solish yo’lidagi muhim qadamlardan biri-korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqning joriy qilinishi hisoblanadi. Mol-mulk solig’i O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida»gi 225-sonli Qonuniga asosan 1992 yil 1 yanvardan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to’lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq asosan joylardagi mahalliy byudjetlar daromad qismini shakllantiradi. Undirilgan ana shu soliq summasi teng ulushlarda mahalliy byudjetlarga o’tkaziladi. Global iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boraetgan bugungi kunda mavjud resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy usullaridan biri sifatida mol-mulk solig’ini joriy qilish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Xozir mugaxassislar mol-mulk solig’i va shu kabi resurs tulovlarini anchagina oshirish va foyda (daromad)ga soliq yukini kamaytirishni foydali, deb ta’kidlashmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha - Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi; - tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarini soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi. Turar joy fondi obyektlariga (https://www.lex.uz/docs/-5800112), shuningdek ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylariga 2021-yilda amal qilgan soliq stavkalari 1,1 baravarga indeksatsiya qilindi. Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 %dan 3 %ga tushirildi (https://www.lex.uz/docs/-5800112). ❗ 2022-yilda jismoniy shaxslar uchun 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq miqdori, 2021 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas (https://lex.uz/pdfs/5801134). Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etildi. Ushbu imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ular 23 yoshga to‘lgunga qadar davlat tomonidan ajratilgan turar-joy xonalariga tatbiq etiladi Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling