Sabirova Umida refera t mavzu: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA


Download 0.55 Mb.
bet2/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1164338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sabirova Umidaning referat ishi — копия

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA
1-modda. Soliq to‘lovchilar
Ushbu Qonun bilan belgilab qo‘yiladigan obyektlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mulk solig‘i to‘lovchilardir.
2-modda. Soliq solish obyektlari
Jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan turar-joylar, kvartiralar, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari a’zolarining bog‘ uylari, garajlar va o‘zga imoratlar, binolar hamda inshootlar, shuningdek motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari (rezina g‘ildirakli avtomobillar, mototsikllar hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlardan tashqari) Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan obyektlar hisoblanadi.
3-modda. Soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lovlari soliq solish obyektlari joylashgan (ro‘yxatidan o‘tkazilgan) yerdagi mahalliy budjetga kiritiladi.
4-modda. Soliq imtiyozlari
Ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan barcha soliqlarni to‘lashdan:
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlangan shaxslar;
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Ulug‘ Vatan urushi davrida ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlarida xizmat qilgan, harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlarda, shtablarda va muassasalarda shtatli lavozimlarni egallab turgan shaxslar, Leningrad shahri qamalini boshdan kechirganlar, konsentratsion lagerlarning sobiq kichik yoshli mahbuslari, baynalminalchi jangchilar;
“Qahramon ona” unvoniga sazovor bo‘lgan shaxslar, shuningdek o‘nta va undan ortiq bola tuqqan hamda tarbiyalangan onalar;
Chernobil atom elektr stansiyasi tegrasi doirasidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganligi uchun imtiyoz oladigan (shu jumladan u yerga vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yo‘llangan) fuqarolar ozod qilinadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlarga solinadigan soliq to‘lashdan:
pensionerlar, I va II guruh nogironlari;
harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lmish soldatlar, serjantlar, starshinalar, praporshchiklar va ularning oilalari — haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash davrida, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslar;
harbiy xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador bo‘lganlik, kontuziyaga uchraganlik yoki shikastlanganlik natijasida yoxud frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalari (erlari);
Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yaralanganlik, kontuziyaga uchraganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo‘lib qolgan boshliq va oddiy askar shaxslar jumlasidan bo‘lmish nogironlar ozod qilinadilar.
5-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Soliqlarni davlat soliq organlari hisoblab chiqaradilar.
Soliq imtiyozlari huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kerakli hujjatlarni soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlarga doir soliq ularning har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holati yuzasidan kommunal xo‘jaligi organlari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning davlat majburiy sug‘urtasiga muvofiq to‘lovlarni hisoblab chiqishda qo‘llaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy egaligida bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan mazkur imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Transport vositalariga solinadigan soliq to‘lov yoziladigan yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holat bo‘yicha, transport vositalarini ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar har yili soliq organlariga taqdim etadigan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi.
Soliq to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun kerakli ma’lumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar, shuningdek yangi sotib olingan transport vositalari yuzasidan soliq qurib bitkazilgan yoki sotib olingan yildan keyin keladigan yildan boshlab to‘lanadi.
Bir necha jismoniy shaxs egaligidagi transport vositasi uchun soliq tarnsport vositasi ro‘yxatda kimning nomiga qayd etilgan bo‘lsa, shu shaxsdan undiriladi.
Merosga qolgan imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi uchun soliq meros ochilgan paytdan e’tiboran merosxo‘rlardan undirilb olinadi.
Imorat, bino, inshoot yoki tansport vositasi yo‘q qilingan, batamom buzilgan hollarda soliq undirish imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi yo‘q qilingan yoxud batamom buzilgan oydan boshlab to‘xtatiladi.
Imorat, bino, inshoot yoki tarnsport vositasiga egalik huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan ikkinchisiga o‘tgan taqdirda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1-yanvaridan bu mulkka egalik huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha bo‘lgan davr uchun, yangi mulkdor esa egalik huquqini qo‘lga kiritgan oydan boshlab to‘laydi.
Kalendar yil davomida soliq imtiyozlari huquqi yuzaga kelgan taqdirda soliq bu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab qayta hisoblab chiqiladi.
Soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozlari soliq organlari tomonidan har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.
Mol-mulk egalari soliqni teng ikkiga bo‘lib ikki muddatda — 15-iyundan va 15-dekabrdan kechiktirmay to‘laydilar.
Soliq to‘loviga o‘z vaqtida tortilmagan shaxslar uni ko‘pi bilan oldingi uch yil uchun to‘laydilar.
Noto‘g‘ri olingan soliqning ko‘pi bilan oldingi uch yilligi qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
6-modda. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi
Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
Soliq belgilangan muddatda to‘lanmagan hollarda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun to‘lanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya yoziladi.
7-modda. Soliq undirilishini nazorat qilish
Jismoniy shaxslarning mol-mulkidan vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq soliq undirilishini nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling