Sabirova Umida refera t mavzu: Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i elementlari


Download 0.55 Mb.
bet5/6
Sana04.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1164338
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sabirova Umidaning referat ishi — копия

1,5

1,5

Bundan tashqari, Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yilda uy-joy fondiga (shu jumladan, ko‘p kvartirali uy bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mashina o‘rni) ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasining o‘sish sur’ati bo‘yicha avvalgisiga nisbatan cheklov qo‘llash amaliyoti saqlanib qolmoqda. Xususan, 2018 yilda belgilangan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan soliq summasi joriy yilda 2022 yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumot uchun: mazkur cheklov 2018 yildan boshlab mol-mulk solig‘i inventar qiymatidan (2018 yilgacha) kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda mol-mulk solig‘iga o‘tkazilgandan so‘ng soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli barcha ko‘chmas mulk ob’ektlariga nisbatan qo‘llaniladi
Imtiyozlar
O‘zbekistonda ayrim jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.
O‘zbekiston Qahramoni», sovet ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi «Shuhrat» ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

  • urush nogironlari va qatnashchilari;

  • harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Milliy gvardiyadagi xizmat boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;

  • energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;

  • yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

  • 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;

  • pensionerlar;

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob’ekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Soliq imtiyozlari mulkdor tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’ektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling