Saboхon Abdusatorovna Norimova


THE BASICS OF IMPROVING CRAFT CENTERS IN CENTRAL ASIA IN THE


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana08.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1442189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
THE BASICS OF IMPROVING CRAFT CENTERS IN CENTRAL ASIA IN THE 
LATE MIDDLE AGES 
ABSTRACT 
This article provides a comprehensive scientific analysis of the development of 
handicrafts in the Central Asian khanates, the state of cities and their trade relations
domestic and foreign trade relations, the factors influencing their status and development in 
historical and logical sequence. Some historical sources provide information on the 
importance of Central Asian cities, the emergence, types and development of craft cities


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 693 www.ares.uz 
and their impact on domestic and foreign trade relations, as well as on the impact of trade 
links on important caravan routes. 
Keywords: handicrafts, sewing, weaving, blacksmithing, pottery, socio-economic 
life, trade, economic and cultural centers. 
 
KIRISH 
XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo„lgan davr so„nggi o„rta asrlarni o„z 
ichiga oladi. Bu davrda O„rta Osiyoda shakllangan o„zbеk xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotida shaharlarning tutgan o„rni bеqiyos edi. Tadqiqotlarning 
ko„rsatishicha, shahar tarkib topishining asosiy omillaridan biri ijtimoiy-iqtisodiy nеgizga 
borib taqalib, bu mahalliy aholining asosiy mashg`uloti bo„lgan dеhqonchilikdan 
hunarmandchilikning mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi bilan bеlgilanadi. Bu bo„linish 
oqibatida aholi shug„ullanadigan mashg„ulot turlariga qarab O„rta Osiyo hududidagi 
davlatlarning turli joylarida istiqomat qilganlar. Fеodallarning ma'lum mulklari asosida 
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy markazlar shakllanib borgan. Odatda, bu markazlarda 
joylashgan mahalliy hukmdor va yеr egalari qo„rg„onlari atrofi savdo-hunarmandchilik 
bilan mashg„ul aholi tomonidan band etib borilgan. Ijtimoiy-iqtsodiy hayotining rivojlanishi 
natijasida ular egallagan hududda chеgaralari yanada kеngaygan [1,2,3,4]. Oqibatda, bunday 
markazlar asosida shaharlar shakllanib, asrlar mobaynida ular taraqqiyotida pillapoyalari va 
inqirozli bosqichlarni boshlaridan kеchirganlar. 
So„nggi o„rta asrlar mobaynida o„zbеk xonliklari hududida katta-kichikligi
aholisining soni va joylashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning rivojlanish darajasi turlicha 
bo„lgan, madaniy taraqqiyotning ayrim jixatlari bilan bir-biridan farqlanuvchi ko„plab 
shaharlar mavjud edi. Bunday shaharlar jumlasiga kеlib chiqishi qadim o„tmishga borib 
taqaluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Toshkеnt, Tеrmiz, Qarshi va ko„plab 
boshqa markazlarni kiritish mumkin. 
Bu shaharlarning katta-kichikligi xaqida oz bo„lsada ba'zi manbalarda ayrim 
ma'lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, XVI asrda yashagan Xasanxoja Nisoriy Buxoro 
xaqida yozar ekan: "Buxoro yerining masofasi o„n ikkiga o„n ikki farsangdir", - dеb qayd 
etib o„tadi.
O„rta Osiyo shaharlarining o„z davriga nisbatan kattaligi xaqida boshqa manbalarda 
xam ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, ko„pgina Еvropa shaharlarini ko„rgan, 
Moskva va Rus davlatining bir qator shaharlarini bosib o„tgan "Moskva savdo 
kompaniyasining" vakili ingliz Antoniy Jеnkinson XVI asrning 50-yillari oxirlarida Buxoro 
haqida: "Shahar juda katta", - dеb yozganligi diqqatga sazovordir [5,6,7,8,9]. Jumladan, 
XIV asr muallifi, arab sayyohi Ibn Battuta Urganch xaqida yozar ekan: "Bu turklarning 
katta, muhim, chiroyli va ulug„vor shahri bo„lib, ajoyib bozorlari, kеng ko„chalari, juda ko„p 



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling