Sаbzаvоtchilikdа innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаr vа ulаrning iqtisоdiy sаmаrаdоrligi


Download 102.59 Kb.
bet7/7
Sana07.03.2023
Hajmi102.59 Kb.
#1247959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim ISHI

Вилоятлар

Пахта

Бошоқ.дон

Пахта

Бошоқ.дон

Сабзавот-полиз

1996

2000

1996

2000

Қорақалпоғистон Р.

203,9

125,4

10

64

35,4

23,8

Андижон

315,9

337,4

389,7

512,8

70,1

1,7

Бухоро

360,6

351,1

126,7

213,5

31,6

9,2

Жиззах

139,4

155,5

175,4

316,9

24

13,1

Қашқадарѐ

375,7

265,1

321,3

263,9

89,4

29,6

Навоий

101,3

103,6

55,5

92,6

12,5

13,6

Наманган

239,8

243,5

251,3

258,2

171,7

10,5

Самарқанд

216,8

167,7

231,2

278,1

277,9

11,2

Сурхондарѐ

360,1

259,5

271,3

203,1

34,1

15,2

Сирдарѐ

186,5

174,6

153,1

185,6

17

10,3

Тошкент

258,8

256,4

283,1

336

283

26,1

Фарғона

301,3

362,6

295,7

325,1

174

10,5

Хоразм

290

199

52

76,7

64,8

5,6

Жами

3350,1

3001,5

2616,3

3126,5

52,8

173,4

*Respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlari asosida tuzilgan.


Shu yillarda g‘allachilik ustuvor surʼatlarda Navoiy, Jizzax hamda Buxoro viloyatlarida rivojlangan. Yetishtirilaѐtgan g‘allaning 35,1 foizi Farg‘ona vodiysi xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahsulotning atigi 4,5 foizi Quyi Amudarѐ vohasida yetishtirilgan. Toshkent tumanida esa yalpi g‘alla hosilining 26,8 foizi yetishtirilmoqda. Bu maʼlumotlar g‘allachilik mamlakat miqѐsida qanday joylashganligidan dalolat bermoqda.


So‘nggi yillarda g‘allachilikning rivojlanishi g‘allazorlar kengayishi bilan hosildorlik oshishi hisobiga taʼminlangan. Lekin paxta xomashѐsi yetishtirish uning

yakkahokimligini susaytirish natijasida so‘nggi yillarda biroz kamayib, 3,1-3,2 mln. tonnani tashkil etmoqda. 2000-2002 yillarda jami paxta xomashѐsining 31,7 foizi Farg‘ona viloyati xo‘jaliklarida, 29,5 foizi Buxoro, Qashqadarѐ va Surxondarѐ viloyatlarida, atiga 10,8 foizi Quyi Amudarѐ vohasidagi xo‘jaliklarda yetishtirilmoqda. Paxtaning ekin maydoni kamayishi bilan birga hosildorligi ham pasayib bormoqda (6- diagramma).


6-diagramma
Qishloq va suv xo‘jalik vazirligi tarkibidagi korxonalarda ekinlar hosildorligi

Щosildorlik sentner


80 Kartoshka


70
60
50 poliz
40
30
20 Bosho=li don
10 paxta
Yillar
1996 1997 1998 1999 2000 2001

Aksariyat ekinlar hosildorligining pasayishiga ekin maydonlari unumdorligi pasayganligi sabab bo‘lmoqda. Hozirgi davrda respublika miqѐsida jami sug‘oriladigan yerlarning 50 foiziga yaqini u ѐki bu darajada sho‘rlangan. Bunday holat shu yerlarning meliorativ holati ѐmonlashishi oqibatida yuz bermoqda.
So‘nggi yillarda kimѐviy vositalar baholarining keskin oshganligi sababli ularni talab etilgan miqdorda sotib olish va ekin maydonlariga zarur darajada solish imkoni bo‘lmayapti. Bu ekinlarning hosildorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Respublika viloyatlarida ekinlarning serhosil, samarali navlarini to‘g‘ri joylashtirishga erishilmaganligi ham hosildorlik oshishi yo‘lidagi to‘siqlardan biridir.
Qishloq xo‘jaligida foydalanilaѐtgan sanoat mahsulotlari baholarining tez surʼatlarda oshishi, ekinlarning hosildarligi esa tez o‘smaѐtganligi natijasida tarmoqlarda yetishtirilaѐtgan mahsulotlar tannarxi sezilarli darajada oshib bormoqda. Faqatgina 1997-2001 yillarda boshoqli donning 1 sentneri tannarxi 3,4 marta, shu jumladan, bug‘doyniki 3,9 marta oshgan. Paxta xomashѐsining tannarxi esa 3,2 marta oshib, 10380 so‘mni tashkil etgan (33-jadval).
33-jadval
Respublika qishloq xo‘jaligida yetishtirilaѐtgan o‘simlikchilik mahsulotlarining tannarxi va rentabellik darajasi*

Mahsulot 1997 yil 1998 yil 1999yil 2001 yil


turlari 1 s


tannarx i renta b. dar;
% 1 s
tannarx i rentab
. dar;
% 1 s
tannarx i rentab
. dar;
% 1 s
tannarx i renta b. dar;
%
Boshoqli don 1043 7,6 1353 11 2013 18,2 4638,3 14,2
Sh.j. bug‘doy 913 11,5 1186 12,3 1791 11,7 4495,7 17,8
Kartoshka 1279 14,3 1698 2,9 2020 43,9 3106,7 44,7
Paxta 2440 -18,6 3272 -26,4 3240 -7,8 10380 0,8
Sabzavot 335 34,6 466 55,5 543 60,9 1517,6 61,3
Poliz 230 15,2 283 32,1 366 46,4 926,2 48,1
Meva 717 -9,7 843 8,5 1119 38 1117,4 39,2
Uzum 846 10,6 1247 7,9 1448 51,6 2458,9 47,6

*Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlari asosida tuzilgan.


Jadval maʼlumotlari barcha o‘simlikchilik mahsulotlarining tannarxi oshganligidan dalolat bermoqda. Shu yillar ichida 1 sentner kartoshkaning tannarxi 1,4 marta, sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha tannarxi 3,5 marta, poliz mahsulotlariniki esa 3 marta oshgan. O‘simlikchilik mahsulotlari tannarxlarining oshishi shu mahsulotlar samaradorligiga ham taʼsir etgan. Yaʼni mahsulotlarni sotish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foyda summasi unchalik ko‘paymagan. Lekin, so‘nggi yillardi qishloq xo‘jalik korxonalari ekinlarning serhosil, kam suv talab etadigan, qisqaroq muddatlarda pishib yetiladigan navlarini ekish, yangi texnikalardan, samarali texnologiyalardan va mehnatni tashkil etishning ilg‘or shakllaridan foydalanib, ularning hosildorligini oshirish va hosilini sifatiga putur yetkazmagan holda tezroq yig‘ishtirib olishga harakat qilmoqdalar. Shuningdek, davlat tomonidan sotib olinaѐtgan dehqochilik mahsulotlarining xarid baholari ham yil sayin oshirilmoqda. Chunonchi, 2000-2002 yillarda paxta xomashѐsining xarid bahosi o‘rtacha 101,3 foizga, bashoqli don mahsulotlariniki esa 142,8 foizga oshirilgan. Bu xo‘jaliklar muayyan darajada foyda olishini taʼminlamoqda. Darvoqe, 1995-1999 yillarda paxta xomashѐsini yetishtirish zarar keltirgan bo‘lsa, 2000 yildan boshlab maʼlum miqdorda foyda bermoqda. 2001 yilda 1 sentner paxta xomashѐsini sotish natijasida 86 so‘m, don mahsulotlarini sotishdan esa 657 so‘m foyda olingan. 33-jadval maʼlumotlarining dalolat berishicha, respublika dehqonchiligining asosiy tarmoqlari foyda keltirib, rentabelli tarmoqqa aylangan, biroq barcha tarmoqlarning rentabelligi bozor iqtisodi talablariga to‘liq javob bermaydi. Aniqrog‘i, muayyan sohalar (paxtachilik, g‘allachilik, yem-xashak yetishtirish) dan olinaѐtgan foyda xo‘jaliklar faoliyatini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirishni taʼminlay olmaydi. Shunday ekan, kelajakda o‘simlikchilikning barcha sohalarini rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish lozim.


14.3.O‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiѐtini rivojlantirish masalalari O‘simlikchilik tarmoqlarining respublika hamda qishloq xo‘jalik korxonalari iqtisodiѐtidagi o‘rnini, ahamiyatini eʼtiborga olgan holda kelajakda ularni rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish eng asosiy vazifalardan biridir. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talablarini eʼtiborga olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda yetishtirish zarurligini aniqlab olish lozim. Bunda davlatning qanday mahsulotlarga va qancha miqdorda ehtiѐjmand ekanligini aniqlashga alohida eʼtibor berish lozim. Chunki davlat o‘z ehtiѐjini qondiradigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiѐzlar yaratmoqda. Xo‘jaliklar boshqa isteʼmolchilarning qisqa va uzoq muddatli talablarini ham chuqur o‘rganishlari, o‘z ichki ishlab chiqarish ehtiѐjlari hamda boshqa talablarini aniqlab


olishlari lozim. Qaysi mahsulotni va qancha miqdorda yetishtirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda ularning samaradorligini, albatta, eʼtiborga olish zarur. Bozor iqtisodiѐti sharoitida har bir xo‘jalik o‘z talabini qondiradigan miqdorda foyda keltiradigan mahsulotlarni yetishtirish bilan shug‘ullanishi lozim. Yuqorida taʼkidlangan masalalarni hal etishda ekinlarni almashlab ekishning nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan tizimi joriy etilishiga ham alohida eʼtibor berish kerak. Chunki bu tuproqning unumdorligi oshishini taʼminlaydi.


O‘simlikchilik mahsulotlarini belgilangan miqdorda yetishtirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini: ularning turlarini, miqdorini hamda holatini aniqlab olish alohida ahamiyatga egaligini unutmaslik zarur. Chunki shular ѐrdamida mahsulot yetishtirish jaraѐnlari belgilangan muddatlarda, sifatli bajarilishi taʼminlanadi. Natijada ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari maʼlum miqdorda tejalishi mumkin.
Barcha vositalardan yil davomida to‘g‘ri, to‘liq hamda samarali foydalanish orqali talabni qondiradigan miqdorda sifatli o‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirish, ularning samaradorligini yuksaltirish uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir (22-chizma).
22- chizma
O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va ularning samaradorligini yuksaltirish yo‘llari

Ekstensiv va intensiv yo‘llar:


a) O‘simlikchilik mahsulotlari yalpi hosilini ko‘paytirish uchun:
-ekin maydonlarini kengaytirish;
-ekinlarning hosildorligini oshirish zarur. b) Hosildorlikni oshirish uchun:
-ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash;
-ekin maydonlarini suv bilan taʼminlash;
-urug‘larni sermahsul, tezpishar navlarini ekish;
-mineral va organik o‘g‘itlardan oqilona foydalanish;
-boshqa kimѐviy vositalardan samarali foydalanish;
-agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli bajarish;
-almashlab ekishni joriy etish;
-ishchi va xizmatchilarni moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish;
-ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq va samarali foydalanish lozim.
v) Mahsulot yetishtirishda xarajatlarni tejash uchun:
-yangi texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
-mahsulot yetishtirish jaraѐnlarini to‘liq mexanizatsiyalashtirish;
-mehnatning yangi shakllarini tashkil etish kerak.
g) Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va ekinlarni maqsadga muvofiq joylashtirish zarur.
d) Yetishtirilgan hosilni tashish va saqlash jaraѐnlarini samarali tashkil etish lozim.
ye) Mahsulotlarni bozor talablari asosida sotishni amalga oshirish kerak.

O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni, 22-chizmada ko‘rsatilganidek, ikki yo‘li –


ekstensiv va intensiv yo‘li mavjud.
Ekstensiv yo‘lda mahsulot miqdori asosan ekinlar maydonini ko‘paytirish hisobiga, intensiv yo‘lda esa ekinlarning hosildorligini oshirish hisobiga taʼminlanadi. Mahsulot miqdorini intensiv yo‘l orqali ko‘paytirish uchun tuproq unumdorligi oshishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, irrigatsiya-

melioratsiya tizimini qurish, taʼmirlash, yerlarni tekislash, sho‘rini yuvish, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, almashlab ekishni joriy etish kerak.


Yetishtirilaѐtgan mahsulotlar samaradorligini yuksaltirish uchun esa ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari tejalishini taʼminlaydigan ishlarni, tadbirlarni oqilona amalga oshirish zarur. Buning uchun mehnatni tashkil etishning pudrat, ijara kabi maqsadga muvofiq shakllarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish, hosilni yig‘ishtirib olish, saqlash jaraѐnlarini mexanizatsiyalashtirsh, ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq va samarali foydalanish, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishchi- xizmatchilar moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirilishini izchillik bilan amalga oshirish kerak.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida xo‘jaliklarda faoliyat ko‘rsataѐtgan barcha aʼzolarning ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabatlarini bozor talablari asosida tubdan o‘zgartirish lozim. Yaʼni, ular mahsulot yetishtirish, yig‘ishtirib olish, saqlash va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni vaqtida, oqilona amalga oshirishga alohida eʼtibor berishlari kerak.
Yuqorida taʼkidlangan barcha tadbirlar vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida o‘simlikchilik mahsulotlari miqdori ko‘payib, ularning samaradorligi yuksalishi taʼminlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




  1. G ‘AFFO R ALLAKULOVICH SAM ATOV, IR O D A BAXRO M O VNA RUSTAM O YA, U M ID A ATABAYEVNA SHERIPBAYEVA
    QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI

  2. https://english-life.uz/osimlikchilik-tarmoqlari-iqtisodiyoti/ O‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI

  3. Ё.Абдуллаев. Статистика назарияси. Дарслик. Т.: 2002йил

  4. https://fayllar.org/qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti-fanidan-mustaqil-talim.html




Download 102.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling