Олий Мажлиснинг мутлоқ ваколатлари нималардан иборат?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
(Qonunchilik):
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Konstitutsiyaviy qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining qonun- larini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish va sana- sini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;
boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
(Ichki siyosat):
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qa- bul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
(Hududiy o‘zgarishlar):
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi ma- salalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘z- gartirish;
tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |