Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?


Ўзбекистон Республикасининг Олий Мажлиси қандай вакиллик органи ҳисобланади ва уни икки палатали қилишдан мақсад нима?


Download 217.28 Kb.
bet5/85
Sana14.10.2023
Hajmi217.28 Kb.
#1702755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)

Ўзбекистон Республикасининг Олий Мажлиси қандай вакиллик органи ҳисобланади ва уни икки палатали қилишдан мақсад нима?

Ж: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 76-modda).
2 palatali bo’lishiga sabab professional parlament tashkil etish, qabul qilinayotgan qonunlarning natijadorligini oshirish. Rivojlangan davlatlar parlamentlarning aksariyati 2 palatali parlamentni tashkil etadi va bu ish sifatini oshiradi.



  1. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик ва Сенати палаталарининг асосий вазифалари?

Ж: Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi, ya’ni deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi. Palatalarning tarkibi ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda shakllantirilishi qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan.
Bunda Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishini inobatga olgan holda uning tarkibi asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topadi. Senat boshqacha nom bilan parlamentning yuqori palatasi deb ham yuritiladi. Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshiradi va uning tarkibi asosan qonun va boshqa huquqiy hujjatlar yaratish uchun zarur bilim, tajriba va malakaga ega yuqori saviyadagi mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Qonunchilik pala- tasi boshqa nom bilan parlamentning quyi palatasi deb ham yuritiladi.



  1. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси депутати, шунингдек, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати аъзоси бўлиши учун номзодларга қандай талаблар қўйилади?

Ж: Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.



  1. Download 217.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling