Сафдорлар учун Ўзбекистон Республикаси мустақил давлат сифатида қандай ҳуқуқларга эга?
Жазо қандай мақсадда қўлланилади?
Download 217.28 Kb.
|
Сафдорлар учун (хукук, жавоблар)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Афв деб нимага айтилади ва ким томонидан қўлланилади
- Амнистия ҳақида нималарни биласиз
Жазо қандай мақсадда қўлланилади?
Ж: Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburiy chorasidir. Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Афв деб нимага айтилади ва ким томонидан қўлланилади? Ж: Afv - muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarni (yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi. Afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlangan mahkumlarga e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga binoan afv faqat Prezident tomonidan e’lon qilinadi. Afvni qo‘llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo‘ladi. Afvni qo‘llash masalasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya hal qiladi. Afvni qo‘llash qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, Buning uchun yana alohida bosqichlardan o‘tish shart emas. Afv huquqiy oqibatlari kamroq bo‘ladi. Bular: 1) asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etiladi; 2) jazodan muddatdan ilgari shartli ravishda ozod etiladi; 3) umrbod ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa o‘talmagan jazoni nisbatan yengilroq jazo bilan almashtiriladi; 4) sudlanganlik olib tashlanadi. Амнистия ҳақида нималарни биласиз? Ж: Amnistiya aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga e’lon qilinadi. Bunda amnistiyaga necha kishi tushishi, kimlar tushishi oldindan aniq bo‘lmaydi. Amnistiya jinoyat jarayonining istalgan bosqichida– dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo‘zg‘atishgacha bo‘lgan bosqichda ham qo‘llanilishi mumkin. Amnistiya akti Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan e’lon qilinadi. Amnistiya aktini qo‘llashda hech qanday iltimosnoma talab etilmaydi. Amnistiya aktlarini qo‘llash masalasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari va sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. 2008-yildan boshlab, amnistiya aktini qo‘llashga oid yakuniy qarorni faqat sudlar chiqarishi belgilab qo‘yilgan. Amnistiya akti chiqqandan keyin, uni kimlarga qo‘llash masalasini hal qilish uzoqqa cho‘ziladi va ko‘plab tashkiliy jarayonni o‘z ichiga oladi. Amnistiya aktining huquqiy oqibatlari kengroq bo‘ladi: 1) shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi; 2) mahkum asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ozod etiladi; 3) mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazo qisqartiriladi (kamaytiriladi); 4) mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi; 5) mahkumga tayinlangan jazoning o‘talmagan qismi yengilrog‘i bilan almashtiriladi; 6) jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanadi. Download 217.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling