Таълим олиш ҳуқуқи деганда нимани тушунасиз?
Ж: O‘zbekiston Respublikasida har bir inson bilim olish huquqiga egadir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish imkoniyati mavjud. Bu mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolatlangandir. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.” (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda)
Гендер тенглигига таъриф беринг.
Ж: Gender tengligi – taraqqiy etgan mamlakatlarning inson – erkak yoki ayol bir xildagi ijtimoiy huquqlar va imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof etuvchi konvensiya.
“Ўзбекистон Республикасида ўлим жазосини бекор қилиш тўғрисида”ги Фармон қачон кучга кирди ва ўлим жазоси ўрнига қандай жазо турлари жорий этилди?
Ж: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq va insonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yashash huquqi prinsiplari, normalari hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni liberallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida: «2008-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin», – deb belgilab qo‘yilgan.
Ҳозирги вақтда Олий Мажлис Қонунчилик палатасида нечта сиёсий партия вакиллари иштирок этмоқда?
Ж: 5 та:
Ўзбекистон Халқ демократик партияси (ХДП)
“Адолат” социал-демократик партияси
Ўзбекистон “Миллий тикланиш” демократик партияси
Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал-демократик (ЎзЛиДеП) партияси
Ўзбекистон Экологик партияси
Do'stlaringiz bilan baham: |