Saitxodjayev
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
Uyg‘onish davri falsafasi. XIV-XVI asrlar G‘arbiy Yevropada uyg‘onish davri hisoblanib, tabiiy fanlar sohasida kashfiyotlarga boy davrni o‘z ichiga oladi. Namoyandalari Nikolay Kopernik (1473-1543), Jordano Bruno (1548-1600), Galileo Galiley (1564-1642), Nikolay Kuzanskiy (1401-1464).
N.Kopernik falsafa va fan rivojlanishiga eng katta qissa qo‘shgan Uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimidir. N.Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliosentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan. o‘zining «Osmon jismlarining gir aylanishi» nomli asarida o‘z davrigacha haqiqat hisoblanib kelgan, geosentrik nazariyani rad etib geliosentrik nazariyani kashf qiladi. Uning ta’limoticha, insonlar tomonidan kuzatiladigan Quyosh va yulduzlarning harakatlari aslida Yerning o‘z o‘qi atrofida kundalik aylanishidan iborat. Bizning planetamizning markazi Yer emas Quyoshdir. Kopernikning buyuk kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib. Tabiatshunoslikda to‘ntarish yasadi. Kopernikning geliosentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosa chiqargan mutafakkirlardan biri Jordano Brunodir. U geliosentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmay, tabiatshunoslik tajribalarini hisobga orlib, bir necha muhim nazariy xulosalar qiladiki,ular falsafani yanada boyitadi. Uning ta’limotiga ko‘ra moddiy olam birlamchi bo‘lib, ong ikkilamchidir va moddiy olam mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas, bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmaydi, u so‘ngsiz va cheksiz, moddiy olam cheksiz turlarda ifoda etiladi, lekin bu cheksiz predmet va hodisalar bir-biri bilan o‘zaro aloqada, birlikdadir. Bruno ta’limotida, Quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, sayyoralar mavjud, bu dunyo bepoyon moddiy olamning kichik bir qismidir. Galileo Galiley ta’limoticha, olamdagi barcha narsa va hodisalar moddiy asosga ega, olam benihoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo‘lib, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Kuzatish, tajriba tabiatni bilishning boshlang‘ich nuqtasidir. Hodisalar ichki zaruratini bilish esa, bilimning oliy bosqichimdir, deb hisoblaydi. Uyg‘onish davrida Yevropa falsafasining rivojlanishiga katta qissa qo‘shgan nemis olimlaridan biri N.Kuzanskiydir. Uning ta’limoticha, Xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, Hamma narsalar Xudoda mavjud. Eng oliy haqiqatlarni bilish, sxolastik fikrlash bilan emas, balki, tajriba asosida amalga oshadi. U bilish nazariyasining rivojlanishiga katta qissa qo‘shadi. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling