Saitxodjayev
§. Hozirgi zamon falsafasi, uning asosiy oqimlari
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
§. Hozirgi zamon falsafasi, uning asosiy oqimlariMa’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o‘z davrining dolzarb muammolarini qal etish yo‘llarini topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og‘ir yo‘qotishlar davri ham bo‘ldi. Bu esa falsafiy fikr taraqqiyotida o‘z aksini topdi, uning turli yo‘nalish va oqimlari shug‘ullangan muammolarning salmog‘i, maqsad- muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma-xil oqim va yo‘nalishlar mavjud. o‘z navbatida, bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo‘lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi. An’anaviy falsafada, turli g‘oyaviy tizimlarga bo‘linishiga qaramay, muhim muammolarni qal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko‘p xilligi va o‘ziga xosligi, turli – tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanganligini yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bugungi kunga kelib ko‘pgina falsafiy oqimlar o‘zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida nomlariga «neo» yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo‘shimchani qo‘shganlar. Qo‘yida shu yo‘nalishlardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz. Fanning jamiyat hayotidagi o‘rnini belgilash va unga nisbatan qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. a) ssiyentizm (lot. scientia – fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni qal etishi mumkinligini, ilm-fan taraqqiyotning doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy qarash. b) antissiyentizm – fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishni asoslovchi falsafiy qarash. Neotomizm – XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo‘lib, u o‘rta asrlardagi F.Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. F.Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti, demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir- birini to‘ldirib turadi, har ikkinchi ham Xudo tomonidan berilgan haqiqat. Bu ta’limotga ko‘ra xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling