Saitxodjayev
§. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi inson mohiyati to‘laqonli namoyon bo‘lishining huquqiy asosidir
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
§. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi inson mohiyati to‘laqonli namoyon bo‘lishining huquqiy asosidirInson mohiyati muammosi falsafaning fundamental masalalaridan biri hisoblanadi. Hanuzgacha insonning mohiyatini aniqlashda uning biologik (tabiiy) yoki ijtimoiy asoslarini mutlaqlashtirish harakatlari uchrab turibdi. Bizning fikrimizcha, mana shunday cheklangan biryoqlamaliklar bo‘lmasligi uchun, eng avvalo, mazkur masalaga yondashish metodologiyasini aniqlashtirib olishimiz zarur. Ma’lumki, har qanday mohiyatni bilish jarayoni mavhum nazariy qoidalarga emas, balki mazkur predmetning real namoyon bo‘lish holatlarini tahlil qilishga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, bilishda inson hodisadan mohiyatga tomon harakat qiladi. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda inson mohiyatini tadqiq etishni uning tabiiyligi va ijtimoiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan voqelik tizimidagi turli xil real munosabatlarni tahlil qilishdan boshlash lozim. Shuning uchun ham inson mohiyatini uning real mavjudlik shakllari orqali bilish eng aniq va to‘g‘ri yo‘ldir. Inson, avvalo, dunyoda bor barcha mavjudotlardan sifat jihatdan farq qiluvchi, o‘zida biologik va ijtimoiy jihatlarni mujassam qiluvchi zot bo‘lib, rivojlanishning eng oliy mahsuli, o‘zini o‘rab turgan tashqi muhitning yaratuvchisi hamdir. Inson maqsadga muvofiq va anglangan xatti-harakatlari bilan tashqi muhitni faol o‘zgartiradi va ayni paytda o‘zi ham o‘zgaradi. Shu bois, insonning tub mohiyatini uning o‘ziga xos hayot faoliyati, ongli, erkin, yaratuvchilik mehnatidan izlash lozim. Falsafada insonning mohiyati mavhum, umumiy ijtimoiy munosabatlar majmui sifatida emas, aksincha har bir muayyan tarixiy davrda insonning individual borlig‘ini aks ettiruvchi munosabatlar majmuasi sifatida tahlil qilinadi. Insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida mavjud ijtimoiy munosabatlarga monand ravishda inson mohiyati muayyan tarixiy mazmun bilan boyib boradi. Har bir individ faoliyatning iqtisod, siyosat, madaniyat kabi turli xil sohalari orqali ijtimoiy munosabatlarga kirishib boradi va shu tariqa o‘zida ijtimoiylikni shakllantirib boradi. Lekin inson ijtimoiy mohiyatining ifodasi har doim ham uning mavjudligi sharoitlariga monand bo‘lavermaydi. Jumladan, antagonistik mehnat taqsimoti hukmron bo‘lgan davrlarda ijtimoiy institutlar, insonning o‘z mehnat faoliyati mahsuli ko‘rinishidagi ijtimoiy omillar inson individini harakatga keltiruvchi kuchlarga salbiy ta’sir qilib, ularning rivojlanishini orqaga tortadi va jamiyat bilan individ o‘rtasida ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotida inson mohiyatini aks ettiruvchi belgilarning inson individualligi bilan iloji boricha uyg‘unligini ta’minlashga ko‘proq e’tibor beriladi. Demak, ko‘rib turganimizdek, inson muammosi uning umumijti- moiy mohiyatini aniqlash bilangina cheklanib qolmasdan, balki inson mavjudligining muayyan tarixiy tahlilini, shu jumladan, jamiyat va individ o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularni bartaraf etish masalalarini ham o‘z ichiga olar ekan. Haqiqatan ham faqat mohiyat va mavjudlik, umumiylik va alohidalik, ijtimoiylik va individual hayot dialektikasigina insonning real voqeligini to‘la aks ettirishi mumkin. Shuning uchun ham insonni uning mohiyati va mavjudligining dialektik birligida tahlil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Inson mohiyati bilan uning konkret tarixiy mavjudligi o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikni tahlil qilishda begonalashuv muammosi muhim o‘rin tutadi. Insonning o‘z mohiyatidan begonalashuvi tarixiy rivojlanishning muayyan bir davrida ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida inson yaratgan boyliklarning uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmay qolib, hukmron va zulm o‘tkazuvchi kuchga aylanishida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, inson o‘zi yaratgan narsalarda o‘z ichki dunyosini voqelikka aylantiradi, inson voqeligi esa uning ijtimoiy mohiyatini tashkil qiladi. Modomiki, shunday ekan, u holda insonning o‘zi yaratgan boyliklaridan ajralib qolishi inson voqeligining insonning o‘zidan, binobarin, ijtimoiy mohiyatidan begonalashuviga olib keladi. Shunday qilib, «begonalashuv» tushunchasi eng umumiy holda insonning o‘z ijtimoiy voqeligidan va mohiyatidan ayrila borishini anglatadi. Insonning o‘z voqeligidan va ijtimoiy mohiyatidan begona- lashuvi quyidagi uch sohada, ya’ni bevosita ishlab chiqarish faoliyatida, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni xususiy mulk sifatida o‘zlashtirishda, nihoyat iste’mol vositalaridan foydalanish va ularni xususiy mulk sifatida o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Inson erkinliklarini tiklovchi jamiyat sifatida yuzaga kelgan sotsialistik jamiyat xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish, jamiyat boshqaruviga keng mehnatkashlar ommasini jalb qilish, ezilgan sinf vakillaridan o‘z olim-ulamolarini shakllantirish, sinfiy struktura va siyosiy tuzumdagi tub o‘zgarishlar borasida inqilobiy natijalarga erishgan bo‘lsa ham oldingi jamiyatlardan meros bo‘lib qolgan illat – insonning o‘z mohiyatidan begonalashuvini to‘laligicha bartaraf eta olmadi. Aksincha, insonning har tomonlama rivojlanishini ta’minlab beruvchi xayoliy kommunistik jamiyat g‘oyasi ortidan zo‘r berib quvish eski tuzumdan meros qolgan antagonistik ziddiyatlarni batamom tugata olmadi, balki uning zaminida paydo bo‘lgan yangi ziddiyatlarni ham keltirib chiqardi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichida sobiq SSSR timsolida parchalanib ketgan sotsialistik tuzum o‘rniga har qanday «izm» («sotsializm», «kommunizm»)lardan xoli bo‘lgan yangi ijtimoiy tizimlar shakllana boshladi. «Jahon yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrning o‘ziga xos belgilari, bir tomondan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikning kuchayishi, yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalqaro me’yorlar (normalar), qoidalar va andazalarga o‘tish bo‘lsa; ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerning yemirilishi, totalitar tuzumlarning tugatilishi, unitar tizimlar o‘rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir»1. Bu davlatlar o‘z oldilariga zamonaviy bozor iqtisodiyoti munosabatlariga ega bo‘lgan, turmush darajasini ko‘tara oladigan, inson qobiliyatini harakatga keltira oladigan, uning huquq va erkinlarini himoya qila oladigan jamiyatni qurish kabi oliy maqsadlarni qo‘yganlar. 1 Papuмoв И. A. Yз6eкиctoh: миллий иctиԕлoл, иԕtиcoд, cиëcat, мaфкypa. T.1. – T., 1996. – Б.274. O‘zbekiston ham, mustaqillikka erishgan boshqa yosh davlatlar singari, sobiq sotsialistik tuzum boshqaruvining markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan sifat jihatdan yangi ijtimoiy tizimga, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini ishlab chiqib, amalda tatbiq qila boshladi. Bu yo‘lning eng muhim jihati nafaqat shiorda, balki amalda ham islohotlar markazida o‘z tashvishlari, ehtiyojlari, qiziqishlari bilan yashovchi real inson bo‘lishi- dadir. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab O‘zbekistonda aholining turmush darajasini ishonchli ravishda himoya qilishga, har qanday o‘zgarishlar va larzalar ta’siridan kafolatlanishga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarning davlat siyosati darajasida amalga oshirilayot- ganligini buning isboti sifatida ko‘rsatish mumkin. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasining pastligi, mehnat taqsimotidagi tengsizlik, davlat mulkiga egasizlarcha munosabatning shakllanishi, rag‘batlantiruvchi omillarning ishlamasligi, turmush darajasining pastligi kabi omillar individni jamiyatdan uzoqlashgan, passiv, boqimanda shaxs sifatida shakllantira bordi. Xullas, ko‘rib turganimizdek, inson erkinliklarini tiklovchi jamiyat sifatida yuzaga kelgan sotsialistik tuzum mazkur yo‘nalishda ma’lum bir inqilobiy o‘zgarishlarga erishgan bo‘lsa-da, oxir oqibatda inqirozga uchrab, inalo, mavjud iqtisodiy sharoit va aholining past turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni kuchli ijtimoiy himoyalash kafolatlandi. Aholining deyarli barcha qatlamlari, ya’ni haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lgan, kam ta’minlangan tabaqalargina emas, balki, shu bilan birga, ma’lum miqdordagi daromad oladigan shaxslar ham davlat tomonidan beriladigan nafaqa va turli xil yordam pullari, imtiyozlar bilan muhofaza etildi. Aholini ijtimoiy muhofaza etish borasida qilingan dastlabki harakatlar obyektiv sharoit taqozosi bo‘lganligi va davr o‘tishi bilan bu chora-tadbirlar o‘zini oqlaganligini Prezidentimiz I.Karimov quyidagicha ta’kidladi: «Bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davrida biz oldindan butun aholini ijtimoiy himoyalash yo‘lidan bordik. Bu chora-tadbirlar odamlarning turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi... Shunday yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharoitlarga va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi»1. Bir jihatdan, bunday chora-tadbirlar eng qiyin iqtisodiy 1 Papuмoв И. A. Xabфcизлик ba 6apԕapop tapaԕԕиët йyлидa. T.6. – T., 1998. – Б.183–184. sharoitda aholini moddiy ko‘plab-quvvatlagan va ijtimoiy portlash- larning oldini olgan bo‘lsa, ikkinchi jihatdan sobiq sovet tizimidan meros bo‘lib qolgan boqimandalik kayfiyatining yanada tomir yoyishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham bunday salbiy illatlardan qutilish maqsadida islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari keng yoyila borgan sari ijtimoiy siyosatda quyidagi tub o‘zgarishlar amalga oshirildi: aholiga moddiy yordam berishga, davlat mablag‘lari bilan bir qatorda, mehnat jamoalari, xayriya tashkilotlari va turli xil jamg‘arma- larning mablag‘lari ham keng jalb etila boshladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat ijtimoiy muhofazalash vakolatlarining muayyan qismini mehnat jamoalari, turli xil jamg‘armalar singari muqobil tuzilmalarga topshirdi; sobiq sovet tizimidan meros bo‘lib qolgan markazdan taqsim- lashga asoslangan bir tekischilik amaliyotidan butunlay voz kechildi, haqiqatan ham muhtoj kishilarga mo‘ljallangan aniq yo‘naltirilgan maqsadli ijtimoiy himoya tizimiga o‘tildi; har bir kishining o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la-to‘kis faollashtirishni ta’minlovchi huquq va erkinliklar berildi. Eng muhimi, ijtimoiy himoya borasida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar o‘z mohiyati bilan tengchilik va boqimandalik kayfiyatini tugatish uchun barcha asoslarni yaratdi va kishilarda islohotlarga ishonch ruhini shakllantirdi. Kuchli ijtimoiy himoya odamlarni yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga keskin o‘zgarishlar va larzalarsiz kirib borishini ta’minlashga qaratilgan davlat islohotlarining bir qismi, xolos. Aslida, islohotlarning maqsad va yo‘nalishlari keng ko‘lamli bo‘lib, jamiyatning barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaga- nidek, «islohotlarning mazmuni va maqsadi O‘zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va maslagidan qat’i nazar, shaxs sifatida namoyon bo‘lish, o‘z qobiliyatini, iste’dodini namoyish etish, o‘z hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy bayroq qilish imkoniga ega bo‘ladigan zarur shartlarni yaratishdan iboratdir»1. Inson qobiliyatlari va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning eng dastlabki sharti bu iqtisodiy erkinlikni ta’minlashdir. Bu borada islohotlar davrida yetarlicha asoslar yaratildi. 1 O‘sha joyda. – Б.183. Birinchidan, «inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib chiqadigan huquqiy qoidalar va normalarga asoslangan keng huquqiy makon vujudga keltirildi»1. Ikkinchidan, turli xil mulk shakllarini, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keltirildi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir kishiga o‘z intilishlari, qiziqishlari va qobiliyatiga qarab faoliyat turini erkin tanlash imkonini berdi. Bundan tashqari, «dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom ma’nodagi mulkdorlar sinfining ko‘pchilikni tashkil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi»2. Uchinchidan, insonning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi ma’muriy-xo‘jalik tuzilmalari bilan turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlar, bozor infrastrukturasi asta-sekin shakllanmoqda. To‘rtinchidan, mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini keng jalb etish orqali ishlab chiqarishni texnika bilan ta’minlash va yangi texnologiyalarni joriy etishda ma’lum yutuqlarga erishildi. Iqtisodiy erkinlikni ta’minlovchi bunday omillarni sanashni yana davom ettirish mumkin. Lekin biz uchun eng muhim xulosa shuki, islohotlar davomida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bozor munosabatla- rining afzalliklarini real hayotda ko‘rsatib berdi. Ya’ni inson jamiyatdagi o‘z o‘rni va qadrining qanday ekanligini hozirgi kunda sodir bo‘layotgan ijobiy islohotlar natijasida ko‘rmoqda. Kishilarda o‘zini katta mexanizm- ning kichik murvati deb his qilish, hamma muammolarni uning o‘rniga davlat hal qilishi lozim degan tasavvurlar yo‘q bo‘lib, o‘z kuchiga, qobiliyatiga ishonch ruhi shakllanmoqda. Shu bilan birga, islohotlar shakllanayotgan bozor munosabatlarining boqimandalik kayfiyatini yengishga, insonda ijodiy va mehnat imkoniyatlarini keng ochishga, yo‘qolib ketgan xo‘jayinlik hissini qayta tiklashga qodir ekanligini ham yaqqol ko‘rsatib berdi. Taraqqiyoti- mizning bugungi bosqichida inson omili jamiyatimizni harakatga keltiruvchi qudratli kuchga aylanadi. Insonning o‘z ijtimoiy mohiyatidan begonalashuvining yana bir ko‘rinishi inson ma’naviy qadriyatlarining toptalishidir. Istiqlol bu 1 Papuмoв И. A. Xabфcизлик ba 6apԕapop tapaԕԕиët йyлидa. T.6. – T., 1998. – Б.171. 2 Papuмoв И. A. Oзoд ba o6oд Batah, эpкиh ba фapoboh ԟaët – пиpobapд мaԕcaдимиз. T.8. – T., 2000. – Б.338. sohada ham har bir insonga, qolaversa, xalqqa o‘z ma’naviy qadriyatlarini tiklab olish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Totalitar qaramlik davrida toptalgan ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz tiklandi. Eng muhimi, Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1. Bunday shaxslarni tarbiyalashda tarixga murojaat qilish, uni xolisona yoritib berish zarurati tug‘ildi. Shu o‘rinda tarixchi olimlar tomonidan qilingan xatti-harakatlar tufayli O‘zbekistonning har bir fuqarosi tarixni sun’iy buzib ko‘rsatishning fosh qilingan sir-asrorlarini bilib oldi, o‘z xalqi tarixiga yangi nazar bilan qaray boshladi. Yoshlarda o‘z xalqi tarixiga, madaniy merosiga nisbatan g‘urur hissi shakllantirib borildi. Shu tariqa ma’naviy-ruhiy qadriyatlarning va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi yuz bermoqda. Shuningdek, istiqlol tufayli siyosiy tizimdagi islohotlar mamlakatimizda shakllanib borayotgan ko‘ppar- tiyaviylik, ko‘pfikrlilik kishilar siyosiy faolligining ortib borishiga, ularning demokratik o‘zgarishlarda munosib o‘rnini topishiga imkon berdi. Xullas, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ko‘rib turganimizdek, bozor munosabatlariga asoslangan yangi ijtimoiy tizimda insonning o‘z ijtimoiy mohiyatidan begonalashuvini bartaraf etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga joriy etishning jadallashtirilishi, ishlab chiqarishning barcha sohalariga yangi texnologiyalarning kirib borishi natijasida jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o‘rtasidagi tafovutning asta-sekin bartaraf bo‘la borishi, ko‘p ukladli iqtisodning yaratilishi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning rag‘batlantirilishi, ijtimoiy-siyosiy faollikning oshishi, ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi kabi jarayonlarni aytib o‘tish mumkin. Lekin bu O‘zbekistonda mustaqillik yillari jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshgan tub o‘zgarishlar asrlar mobaynida davom etib kelayotgan insonning o‘z mohiyatidan begonalashuvi 1 Papuмoв И. A. Биз кeлaжaгимизhи yз ԕyлимиз 6илah ԕypaмиз. T. 7. – T., 1999. – Б.134. jarayonini butkul tugatdi degani emas. Chunki islohotlar inson huquq va erkinliklarining tiklanishi uchun yetarli ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, ma’naviy asoslarni yaratib berdi, xolos. Hali amalga oshayotgan islohotlarning o‘zida ham bartaraf etilishi zarur bo‘lgan kamchiliklar uchrab turibdi. Insonning o‘z ijtimoiy mohiyatidan begonalashuvini to‘laligicha bartaraf etish uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunga qaramay, mamlakatimizda amalga oshayotgan islohotlarni bu borada qilingan katta siljish deb baholasak bo‘ladi. bob. FANNING FALSAFIY TAHLILI. HUQUQ FALSAFASI – FAN Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling