Sales and marketing A. Zafarbek and Y. Shaxzodbek
Download 111.25 Kb.
|
Sales and Marketing — копия
Sales!
T.E.P.E.K. juda oddiy lekin samaradorligi juda yuqori bo’lgan Sotuv scripti programmasi. Har bir harfga alohida ta’rif bergan holda birma-bir to’xtalib o’tamiz. T.-Tanishuv (Kirish): Har qanday suhbatda bo’lgani kabi, bu yerda ham kirish qismi bo’ladi (tanishuv), avvalom bor- Salomlashish. Salomlashuv ham oddiy bo’lmasligi kerak, shunday Salom berish kerakki “Assalomu alaykum” degan so’zingiz “Nifiga sibe” degan ruscha iboradek eshitilishi kerak. Bunday salomlashish uchun o’sha ruscha iborani 10-15 marta takorlang va huddi shu ohang bilan endi “Assalomu Alaykum” deng 3, 4 martalik urinishlardan so’ng so’z o’sha ohangga erishasiz. Hol-axvol so’rash ham maqsadga muvofiq bo’ladi. “Qalaysiz”, “Charchamay kelib oldizmi” yoki shunchaki “Ishlar qalay” bu iboralar orqali siz insonga ochiqligingizni ko’rsatasiz. Hol axvol so’rab bo’ganingizdan so’ng siz bilan suhbatlashayotgan insonga qarshi hujum o’tsangiz bo’ladi boshlanishiga oddiy-oddiy savol bering. Masalan, qabulga keldizmi?, avval ham o’qiganmisiz?, avval qayerda o’qigansiz? Va hokazo… Keyin eng asosiysi qismi, ISM . Siz bilan suhbatlashayotgan insonning ismini so’rang , siz kerakday so’ramang, balki siz huddi tanishmoqchi bo’lgandek so’rang. Har doim maqtang, masalan, Suhbatdoshingiz: Ismim Oxun, Siz: “Juda yaxshi Oxun” va hokazo… yoki. Suhbatdoshingiz: “Avval o’qimaganman endi o’qimoqchiman”. Siz: “Juda yaxshi albatta o’qish kerak”. Suhbatdoshingiz aynan nimani eshitmoqchi bo’lsa o’shani ayting faqat va faqat maqullang. Lekin Ism eng asosiysi. Ismni juda ko’p ishlatish kerak. Ya’ni har bir murojaatingizda mijoz ismini aytish orqali siz uni o’zingizga yaqin olasiz! Inson psixologiyasida shunday narsa mavjudki, unga ismi bilan murojaat qilganingizda unda sizga nisbatan iliqlik paydo bo’ladi. Bu esa sizga bo’lgan ishonchni yanada oshiradi. 30 hamda 30 degan oddiy bir teorema bor: 70/30. Ya’ni unda aytilishicha agar, sen 70% gapirsang-u suhbatdoshing 30% gapirsa, sotuv ehtimoli ham 30(sotish)/70(sotib olmaslik) bo’ladi. Lekin aksincha bo’lsa ya’ni 30% sen gapirib, 70% suhbatdoshing gapirsa , shunga qarab sotuv ehtimoli ham 70(sotish)/30(sotib olmaslik) bo’ladi. Demak mijozni gapirtirish kerak ekan. Xo’sh buning eng oson yo’li nimada? Buning eng oson yo’li bu oddiydan tortib, qiyinlik darajasi yuqori bo’lgan savol berishda. Sizning yoningizga kelgan inson siz bilan suhbatlashgani keladi, sizning har qanday savolingizga javob beradi. Download 111.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling