Salomlashish
Download 468.93 Kb.
|
ozbekcha-inglizcha-ruscha-sozlashgich-uzbek-english-russian-phrase-book
MUHTARAM KITOBXON!
O’zbekiston Respubiikasining horijiy mamlakatlar bilan ko’p qirrali aloqalari rivojlanayotgani, mamlakatimizda qo'shma korxonalar tobora ko’payavotgani, chet davlatlar bi!an bordi-keldilar, iqtisodiy-madaniy sohalarda aloqalar kengayib borayotgani munosabati bilan tilni bilish muhim ahamiyat kasb etishi barchamizga besh qo'ldek ayon. Binobarin, hozirgi iqtisodiy yangilanishlar davrida jahon tili deb qabul etilgan Ingliz tilini bilmasdan turib, yelkamizdagi og'ir yukni yengil qilish mumkin emas. Ushbu qo'llanma shu og’ir yukingizni yengil qilishda, jahonning istalgan xalqlari bilan yaqindan muloqot o’rnatishingizda, iqtisodiy va madaniy muammolaringizni hal qilishingizda lisoniy jihatdan Sizga madadkor bo’ladi degan umiddamiz. Qo’llanmada jami 26 bo'lim bo’lib, ular turmushda har qadamda uchraydigan maishiy, madaniy, o’zaro munosabat vaziyatlarini qamrab olgan. Unda tanishuv, bojxona muloqotlari, jamoa transporti, avtotransport bilan bog’liq muammolarni hal etish, magazinda xarid etish, oromgohlarda hordiq chiqarish va boshqa holatlarda Sizning eng yaxshi hamrobingiz bo’ladi. So’zlashuv kitobining mavzuyoti shunga o’xshash ilgari chop etilgan so’zlashgichlardan shunisi bilan farq qiladiki, bunda haqiqiy turmush bilan yaqinlashtirilgan mavzuiy holatlar keng o'rin olgan. O'zaro muloqotlar jarayoni so’zlashuvchilarning imkoniyatlariga mos ravishda yengillashtirilgan. Bunda murakkab, tushunishi qiyin bo'lgan so’z birikmalari va iboralar, atamalar chetdan zo'rma-zo'raki kiritilgan “tabiati tixir" jumlalarga kam o’rin berilgan. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarning osonlik bilan o'zaro til topib olishlarini, samarabaxsh muloqotga qiyinchiliklarsiz kirib olishlariga yaxshi imkomyatlar yaratish inobatga olingan. Kitob o'zbekcha-inglizcha-o’rischa shaklida tuzilgan bo'lib, diqqatga sazovor tomoni shunda-ki, buni Ingliz tilini qisman biladiganlar bemalol o’qiy oladilar hamda murodlarini hosil qila oladilar, chunki har inglizcha so’z ostida lotinlashtirilgan alifbo bilan inglizcha iboralarining o'qilishi ifodalangan. Ma’lumingizkim, Ingliz tili o ris va o’zbek tillaridan, so’zlashuvidan bir muncha tafovut qiladi; inglizcha so'z va iboralarnmg aynan ma’nosi mazkur tillartda ifodalanmasa, u o'zaro muloqot o’rnatishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Binobarin, inglizcha so’z ohangi to’g’ri o’z ifodasini topmasada, so’zlashuvda mazkur gaplarning asl rnohiyati va ma’nosini anglataveradi. Qo’lingizdagi ushbu so’zlashuv kitobi faqat muomala va muloqot uchungina emas, balki jahon tili - Ingliz tilini o’rganib olishingiz uchun ham Sizning beminnat hamrohingiz bo'lishiga iymonimiz komildir. Download 468.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling