Samadov sherzodning xalqaro iqtisodiyot fanidan mustaqil ishlari
-Mavzu: Tashqi savdo siyosatining yashirin usullari
Download 57.84 Kb.
|
SherzodSamamdovXalqaroIqtisodiyot20BallikMustaqilIsh
3-Mavzu: Tashqi savdo siyosatining yashirin usullari.
Tashqi savdoni tartibga solishning miqdoriy cheklash usullari bilan bir qatorda yashirin proteksionizm usullari ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hisob-kitoblarga qaraganda yashirin proteksionizmning bir necha yuz xil turlari mavjud. Davlat ular yordamida eksport yoki importni bir tomonlama cheklashi mumkin. Yashirin proteksionizm turlari: -texnik to‘siqlar (milliy standartlarga rioya qilish, import qilinayotgan mahsulotlarning sifat sertifakatini talab qilish, tovarlarni maxsus upakovkalash va markalash, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilish); -ichki soliqlar va yig‘imlar — mazkur usul import qilinayotgan tovarlarning ichki bahosini oshirishga qaratilgan bo‘lib, shu orqali import qilinayotgan tovaming raqobatbardoshligini pasaytirishga qaratilgan (qo‘shilgan qiymat solig'i, savdo solig‘i, aksiz solig‘i, bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar, port solig‘i, registratsiya solig‘i va boshqalar); -davlat xaridi doirasidagi siyosat — davlat organlari va korxonalaridan ma’lum tovarlarni qimmat bo‘lishiga qaramasdan faqat milliy firmalardan sotib olishga yo‘naltirilgan siyosat; -mahalliy komponentlarni ushlab turish talabi — ichki bozorga moljallangan tovarlarning ma’lum bir qismini mahalliy ishlabchiqaruvchilar ishlab chiqargan bolishi kerak. Yashirin proteksionizm usullari mohiyati jihatdan markaziy hukumat va hatto mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yo’liga bojxona tabiatiga ega bo‘lmagan turli to'siqlarni o'rnatishini anglatadi. Texnik to‘siqlar — bu yashirin proteksionizm usuli bo‘lib, milliy texnik, ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular tovarlarni tashqaridan olib kirishga to'sqinlik qiladi.Texnik xarakterdagi to‘siqlarning eng keng tarqalganlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: -milliy standartlarga rioya etishning talab qilinishi; -import mahsulotning sifati haqida sertifikat olinishining talab qilinishi; -maxsus qadoqlash va markirovkalashning talab qilinishi; -ma’lum sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etishning talab qilinishi; -atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha tadbirlar o’tkazishning talab qilinishi; -murakkablashtirilgan bojxona rasmiyatchiliklariga rioya etilishining talab qilinishi; -iste’molchilar huquqlarini himoyalash to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etishning talab qilinishi va hokazolar. Ichki soliqlar va yig‘imlar — bu yashirin proteksionizm usuli bo’lib, ular import tovarning ichki narxini ko'tarishga va bu orqali uning ichki bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirishga yo‘naltirilgan. Import tovarlardan olinadigan soliqlar to‘g‘ri soliqlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, sotishdan olinadigan soliq) yoki egri soliqlar (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlar, registratsiya uchun va boshqa rasmiyatchiliklar uchun yig’imlar, port yig‘imlari) ko'rinishida bo’lishi mumkin. Davlat xaridlari doirasida siyosat — bu yashirin proteksionizm usuli bo’lib, unga ko‘ra davlat organlari va korxonalardan faqat milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat bo’lsa ham) sotib olish talab qilinadi. Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishiga talablar — bu davlat siyosatining yashirin usuli bo’lib, unga ko‘ra ichki bozorda sotiladigan pirovard tovarda milliy ishlab chiqaruvchilaming ulushi qonuniy ravishda belgilab qo'yiladi. Mamlakatni ichki ishlab chiqaruvchilarini qo’llab quvvotlash usullari sshunchalik ko’pki boshqaruv organlari oldida keng tanlov imkoniyat mavjud . Misol tariqasida aytadigan bo’lsam soliq siyosati va import tovarlar uchun texnik to’siqlar . Bu turdagi to’siqlar ham bevosita mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarni qo’llab quvvotlaydi. Bunda import tovorlarga yuqori soliq yoki yig’im ustiga mindiriladi . Yoki mamlakat hududiga kirib elayotgan tovarlarga turli sertifikatlar ruxsatnomalar qo’yiladi. Download 57.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling