Samadov sherzodning xalqaro iqtisodiyot fanidan mustaqil ishlari


-Mavzu: Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi


Download 57.84 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1571028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SherzodSamamdovXalqaroIqtisodiyot20BallikMustaqilIsh

9-Mavzu: Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining muhim elementi hisoblangan ishchi kuchi migratsiyasi uzoq yillar davomida iqtisodiy tadqiqotlar obyekti bo’lib kelmoqda. Migratsiya so‘zi lotincha «migratio» so'zidan olingan bolib , «ko‘chib yurish» ma’nosini bildiradi. Umuman olganda aholi migratsiyasini ichki va tashqi migratsiyaga, tashqi migratsiyani esa migratsiya maqsadidan kelib chiqqan holda turlarga bo’lish mumkin. Ulaming orasida iqtisodiy migratsiya yetakchi o‘rinni egallaydi.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi natijasida xorijga alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovar — ishchi kuchi ko‘chib o‘tadi. Uning boshqa tovarlardan farqli jihati shundaki, u boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda asosiy omil sifatida qatnashadi. Shunday qilib, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi deganda mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga iqtisodiy va boshqa sabablarga ko‘ra bir yildan ortiq muddatga ko‘chib o‘tishi tushuniladi. Ishchi kuchi migratsiyasi tufayli turli mamlakatlardagi ish haqi darajasi o‘rtasidagi farq qisqaradi. Ishchi kuchi migratsiyasi natijasida jahon ishlab chiqarish hajmi mehnat resurslarini mintaqalar bo‘yicha qayta taqsimlash va ulardan samarali foydalanish evaziga ko‘payadi. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi quyidagi sabablaiga ko‘ra sodir bo'ladi: 1) mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasining turlichaligi; 2) ish haqi miqdori o‘rtasida milliy farqlarning mavjudligi; 3) ishsizlikning mavjudligi; 4) kapitalning xalqaro harakati va transmilliy korporatsiyalar faoliyati.
Ishchi kuchining ommaviy ravishda ko‘chib yurishi va xalqaro mehnat bozori jahon takror ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Bu jarayon ishchi kuchini nafaqat miqdoriy jihatdan, balki sifat jihatdan ham tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda odamlar bir mamlakatda tug‘ilishlari, maktabgacha bo‘lgan tarbiyani boshqa mamlakatda olishlari, uchinchi mamlakatda o‘qishlari, to'rtinchi mamlakatda esa ishlashlari mumkin .
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining muhim omillaridan biri — bu migrantlarning pul o‘tkazmalaridir. Pul o‘tkazmalari rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balansining «qulay» moddasi hisoblanadi. Mazkur o‘tkazmalar o‘z mazmuniga ko‘ra, tashqi qarz yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha foizlar to‘lanishi lozim bo‘lmagan xorijiy pullar hisoblanadi. Ular yordamida rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balansida vujudga keladigan defitsitni qoplashlari mumkin. To‘lov balansi statistikasida migrantlarning pul o'tkazmalari deyilganda migrantlar tomonidan o‘z mamlakatlari rezidentlariga yuborayotgan tovarlar va moliyaviy mablag‘lar tushuniladi.
Nazariy jihatdan ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar daromadi emigrantlaming xorijdan jo‘natadigan pul o‘tkazmalari bilan cheklanib qolmaydi. Ularga firmalarning xorijda ishga qabul qilishlari, emigrantlarning o‘z vatanlariga investitsiya olib kirishlari, qayta malaka oshirish xarajatlarining qisqarishiga solinadigan soliqlar va emigrantlar uchun boshqa mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan turli ijtimoiy xarajatlar kabi mamlakat to‘lov balansiga ijobiy ta’sir etuvchi daromad turlari ham kiradi. Bundan tashqari ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakat xorijda tajriba orttirib qaytgan yuqori malakali kadrlarga ham ega bo‘ladi. Mamlakatimiz ham ishchi kuchini eng ko’p eksport qiluvchi mamlakat hisoblanadi.



Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling