Samadov sherzodning xalqaro iqtisodiyot fanidan mustaqil ishlari
Download 57.84 Kb.
|
SherzodSamamdovXalqaroIqtisodiyot20BallikMustaqilIsh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Mavzu: Tashqi savdo siyosatida miqdoriy cheklash usullari.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI IRB-120 GURUH TALABASI SAMADOV SHERZODNING XALQARO IQTISODIYOT FANIDAN MUSTAQIL ISHLARI Tashqi savdo siyosatida miqdoriy cheklash usullari. Tashqi savdo siyosatining moliyaviy usullari. Tashqi savdo siyosatining yashirin usullari. Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya. Xalqaro kartellar. Jahon savdo tashkiloti va uning xalqaro savdoni rivojlanishidagi roli. Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo siyosati. Rivojlangan mamlakatlar sanoat siyosati. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. Xalqaro kredit. 1-Mavzu: Tashqi savdo siyosatida miqdoriy cheklash usullari. Mamlakat hukumati tashqi savdo siyosatining u yoki bu dastaklarini qo'llash haqidagi qarorni qabul qilar ekan, odatda, ularning birgalikda ta’sir ko‘rsatishi va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichida va undan tashqarida kutilayotgan istiqbollarni baholaydi. Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan birgalikda notarif metodlardan ham keng foydalanadi. Ularning ko‘pchiligi bojxona tariflaridan farqli ravishda miqdoriy jihatdan o‘lchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks ettirilmaydi. Notarif metodlarning ushbu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo siyosati sohasida o‘z maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkon yaratadi. Notarif usullar — tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chiqariladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va hukumat tomonidan proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga xosdir. Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash — bu davlat tomonidan savdo aylanmasining notarif metodlarini qo‘llagan holda tartibga solishning ma’muriy metodidir. Davlat mazkur usul yordamida eksport yoki importga ruxsat berilgan tovarlaming miqdori va nomenklaturasini belgilaydi. Miqdoriy cheklovlar bir mamlakat hukumatining qarori yoki ma’lum tovarlar savdosini muvofiqlashtiruvchi xalqaro savdo kelishuvlari asosida qollanilishi mumkin. Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash usullari quyidagilardan iborat: -kvotalash/kontingentlashtirish; -litsenziyalash; -eksportni ixtiyoriy cheklash. Kvotalar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini to‘g‘ridan to‘g‘ri cheklash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Kvotalashning bir necha turlari mavjud: eksport kvotalari (xalqaro barqarorlashuv shartnomasiga muvofiq muayyan tovarlarning umumiy eksportdagi ulushini belgilash) , import kvotalari (milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoyalash, savdo balansini muvozanatlashga erishish, ichki bozorda talab va taklifni tartibga solish uchun) , global kvotalar va individual kvotalar (global kvota doirasida tovami eksport yoki import qiladigan har bir mamlakatga nisbatan belgilanadi) . Litsenziyalash — mutasaddi davlat organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlarni muayyan vaqt ichida ma’lum bir miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish. Jahon amaliyotida litsenziyalar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: bir marotabalik litsenziya (davlat tomonidan biron-bir firmaga bitta tashqi savdo shartnomasini amalga oshirish uchun bir yilgacha muddatda tovarni olib kirish yoki olib chiqish to‘g‘risidagi yozma ruxsatnoma), bosh litsenziya (bir yil mobaynida cheklanmagan hajmda tovarni import yoki eksport qilish uchun beriladigan ruxsatnoma), global litsenziya (ma’lum vaqt ichida dunyoning xohlagan mamlakatiga cheklanmagan miqdorda yoki qiymatda tovarni olib kirish yoki olib chiqib ketish to‘g‘risidagi yozma ruxsatnoma hisoblanadi) va avtomatik litsenziya (eksportyor yoki importyor buyurtmasiga muvofiq davlat tomonidan darhol beriladigan yozma mxsatnoma) . Eksportni ixtiyoriy cheklash -- yirik importyor davlatning siyosiy bosimi ostida eksportni ixtiyoriy cheklash joriy qilinadi. Bunday amaliyot AQSh va Yevropa Ittifoqida Yaponiya tovarlari (avtomobillar, elektronika, po‘lat)ga nisbatan keng qo‘llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikkka erishgandan so’ng uning dastlabki yillaridanoq mahalliy hududdagi ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvotlash maqsadida bojxona xududdida turli cheklovlar misol uchun bojlar , tarif stafkalarini joriy etib kelmoqda . Buning natijasida Respublika hududida GM kabi bir nechta monopol yirik kompaniyalar vujudga keldi . Eksportni miqdoriy jihatdan cheklash ortidan mamlakatlar ichki kompaniyalarning bir ma’noda samaradorligiga erishishi mumkin ammo ma’lum yillar o’tib ushbu cheklovlar mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatda yangi texnika texnologiya kirishi ularning ma’naviy eskirishi kuzatiladi va mamlaktada ishlab chiqarilgan mahsulot xalaro bozorda o’zining o’rnini yo’qotadi va faqatgina mahalliy istemolchilarga tovarni sotadi yoki xizmat ko’rsatadi. Shu kabi salbiy jihatlarni hisobga olib O’zbekiston Respublikasini ham yildan yilga erkin savdo zonasiga aylantirish choralari ko’rilmoqda. Shu kabi ishlardan biri O’zbekistonning Xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo’lishga intilishi hisoblanadi . Xulosa qilib aytganda bojlar , tariflar va stavkalarning bojxona hududida o’rnatilishi bir tomonda mamlakatdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni saqlab qolishga qaratilgan bo’lsada boshqa tomondan butun mamlakat bo’ylab texnologiyalarning eskirishi mamlakatda narxlarning yuqoriligich qolishga va aholining tanlov qobiliyatini kamaytirishga olib keladi. Download 57.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling