Samadov sherzodning xalqaro iqtisodiyot fanidan mustaqil ishlari
Savdo shartnomalarini amalga oshirish, boshqarish va amalga oshirishni osonlashtirish. 2
Download 57.84 Kb.
|
SherzodSamamdovXalqaroIqtisodiyot20BallikMustaqilIsh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-Mavzu: Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo siyosati.
1.Savdo shartnomalarini amalga oshirish, boshqarish va amalga oshirishni osonlashtirish.
2.Shartnomalarda ko'zda tutilgan masalalar, shuningdek uning vakolatiga kiruvchi yangi masalalar bo'yicha a'zo davlatlar o'rtasida keyingi muzokaralar uchun forum tashkil etish. 3.Unga a'zo davlatlar o'rtasidagi kelishmovchilik va nizolarni hal qilish. 4.A'zo mamlakatlarning savdo siyosatini davriy ko'rib chiqish. 5.Rivojlanayotgan mamlakatlarga savdo siyosati masalalarida texnik yordam va ta'lim dasturlari orqali yordam berish. 6.Boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. Jahon Savdo Tashkiloti mamlakatlar o’rtatsida erkin savdoni ta’minlashga intiladigan eng katta tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilot bilan dunyo mamlakatlartining katta qismi shartnoma imzolagan. So’ngi yillarda O’zbekiston Respublikasi ham ushbu tashkilotga a’zo bo’lish choalarini ko’rib kelmoqda. Dastlab ushbu tashkilotga kuzatuvchi mamlakt sifatida shartnoma imzolagan O’zbekiston endilikda unga to’laqonli azo bo’lish yo’llarini qidirib kelayapti. 7-Mavzu: Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo siyosati. Mamlakatlar birinchi navbatda tashqi siyosatini belgilashda davlatning qanchalik iqtisodiy jihatdan rivojlanganligiga , ishlab chiqarish salohiyatiga va xalqaro hududda iqtisodiy ahvolning qandayligi , shuningdek , narx siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Chunki , mamlakatning ushbu sohadagi kichkina bo’lsada xatosi xalqaro maydonda katta o’zgarishlarga sababchi bo’lishi mumkin . Tashqi savdo siyosatini belgilashda endi rivojlanayotgan mamlakatlar oldida katta qiyinchiliklar turadi. Chunki , endi rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat korxonalari , boshqa ishlab chiqarish subektlari va xizmat ko’rsatish endi oyoqqa turayotgan sharoitda , mamlakatda importga to’liq yo’l ochilsa va to’liq ochiq iqtisodiyot siyosatini qo’llasa , mamlakatda ichki ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko’rsatish sohalari daromadi kamayadi yoki umuman yo’q bo’lishi mumkin. Shuning uchun , rivojlanayotgan mamlakatlar import hisobiga kirib kelayotgan tovarlar va xizmatlarni miqdorini cheklashga harakat qiladi va bunda import hisobiga kirib kelayotgan tovarlarning qiymatiga qo’shimcha boj to’lovlari , soliqlar joriy qiladi . Misol tariqasida aytadigan bo’lsak , bojxona tariflari , notarif metodlar va miqdoriy cheklovlar. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va xizmat ko’rsatuvchilarni qo’llab quvvotlash hisoblanadi . Albatta, har qanday zamonaviy davlatda tashqi savdo siyosati doimo amalga oshirilishi zarur, bu nafaqat budjetga katta miqdorda pul keltiradi, balki bir-biridan ajralgan hududlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatadi. Bundan tashqari , mamlakat uchun tashqi savdo zaruriyati bitta mamlakat hududida barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarib bo’lmasligi aksincha ularni import hisobiga qoplash mamlakat iqtisodiyoti va aholisi uchun ko’proq manfaatli hisoblanadi. Ma'lumki, O'zbekiston o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Yangi O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosiy holati dunyoda va mintaqada shiddat bilan o'zgarayotgan vaziyat hamda mamlakat ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanmoqda. Xalqaro ekspertlarning fikricha, yangi O'zbekiston o'zining ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, samarali va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Bu esa global miqyosda shiddatli o'zgarishlar yuz berayotgan hamda xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanayotgan hozirgi davrda olib borilayotganligi bilan ahamiyatlidir. Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohalardagi munosabatlar izchil rivojlanmoqda. O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasini tahlil qiladigan bo'lsak, 2016 yilda 2,5 mlrd dollar, 2017 yilda 2,7 mlrd dollar, 2018 yilda 4,0 mlrd dollar, 2019 yilda 5,2 mlrd dollar va pandemiya sharoitiga qaramasdan, 2020 yilda 5,0 mlrd dollarni tashkil qilgan. Dinamik jadvalga e'tibor beradigan bo'lsak, 2016 yildan 2020 yilgacha tashqi savdo hajmi ikki barvarga oshdi. Bu esa hukumatning faol tashqi siyosati mahsulidir. Download 57.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling