Samadov sherzodning xalqaro iqtisodiyot fanidan mustaqil ishlari


-Mavzu: Tashqi savdo siyosatining moliyaviy usullari


Download 57.84 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1571028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SherzodSamamdovXalqaroIqtisodiyot20BallikMustaqilIsh

2-Mavzu: Tashqi savdo siyosatining moliyaviy usullari.
Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari tarkibidagi keyingi yirik guruh moliyaviy usullar hisoblanadi va ular o‘z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi: -subsidiyalar; -eksport kreditlari; -demping.
Subsidiyalar — milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quwatlash va importni bilvosita kamaytishga qaratilgan davlat budjetidan ajratiladigan pulli to‘lovlar. Subsidiyalarning ham 2 turi mavjud: ichki subsidiya va eksport subsidiyasi. Subsidiyalar import tovarlar bilan raqobatga kirishayotgan va eksport uchun mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqaruvchilarga beriladi. Subsidiya natijasida samarasiz ishlayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini sotish imkoniyatiga ega bolishadi. Eksport subsidiyasini qo‘llashdan maqsad eksport bahosining pasayishi natijasida yomonlashgan mamlakat savdo sharoitini sotilayotgan tovarlar hajmini oshirish orqali yaxshilash va subsidiyalar ko'ririshidagi xarajatlarni qoplashdan iborat. Jahon Savdo Tashkiloti qoidalariga muvofiq, a’zo mamlakatlar o'rtasidagi savdoda bevosita eksport subsidiyalaridan foydalanish taqiqlangan. Yevropa Ittifoqi doirasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga bevosita eksport subsidiyalari berish bundan mustasno.
Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli bo’lib, milliy firmalarning eksport salohiyatini rivojlantirishni davlat tomondan moliyaviy rag‘batlantirishni nazarda tutadi. Eksport kreditlari quyidagi ko‘rinishlarda bolishi mumkin: -milliy eksportyorlarga subsidiyalashgan kreditlar berish (davlat banklari tomonidan bozor stavkasidan past stavkalarda kreditlar ajratish) , -kredit bergan mamlakat tovarini sotib olish sharti bilan xorijiy importyorlarga davlat kreditlarini berish, -milliy eksportyorlarni eksport risklaridan sug‘urtalash.
Demping — tovarni tashqi bozorga mamlakatda mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish. Tashqi savdo amaliyotida dempingning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: -sporadik demping — tashqi bozorga ortiqcha tovar zaxiralarini past baholarda epizodik sotish; -oldindan o‘ylangan yoki ataylab qilingan demping —bozordagi raqibni siqib chiqarish va keyinchalik monopol baho o’rnatish maqsadida eksport baholarini vaqtinchalik pasaytirish; -doimiy demping — doimiy ravishda tovarlaming eksport bahosini normal bahoga nisbatan past baholarda sotish; -teskari demping — tovarlar eksport bahosining mamlakat ichki bozoridagi baholarga nisbatan oshib ketishi, -o‘zaro demping — ikkita mamlakatning bir xil tovarlari bo‘yicha past baholarda o‘zaro savdoga kirishishi.
Mamlakat o’z ishlab chiqaruvchilarini qo’llab quvvotlash maqsadida nafaqat boj tarif setkalarini joriy qiladi balki ularga subsidiyalar berish orqali ularni eksport qilish salohiyatini oshirishga xarakat qiladi . Bu orqali subsidiya olgan korxona o’z ishlab chiqarish hajmini , yangi texnika texnoligiya olib kirishga va eksport hajmini oshirishga harakat qiladi. Korxona eksport hajmi oshgandan so’ng raqobatchilarni “sindirish ” maqsadida demping siyosatini qo’llaydi. Bu siyosatni ko’proq Xitoy mamlakati qo’llaydi. O’zbekiston Respublikasida ham shunday korxonalar mavjud va ular ko’proq demping siyosatini qo’shni mamlakatlarga qo’llashmoqda .

Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling