Samadov sherzodning xalqaro iqtisodiyot fanidan mustaqil ishlari


-Mavzu: Rivojlangan mamlakatlar sanoat siyosati


Download 57.84 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1571028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SherzodSamamdovXalqaroIqtisodiyot20BallikMustaqilIsh

8-Mavzu: Rivojlangan mamlakatlar sanoat siyosati.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar — jahon iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlatlar guruhiga 35 dan ortiq mamlakatlar kiradi va ushbu mamlakatlar «rivojlangan» yoki «sanoat jihatdan taraqqiy etgan» mamlakatlar, deb ataladi. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri — daromadlarning aholi qatlamlari o'rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va mamlakat hududining bir tekis o’zlashtirilishi hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilganligi, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qollab-quwatlash, ilm-fanni rivojlantirishga katta miqdorda mablag sarflash (YalM ga nisbatan 2—3 %) va uning yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, tibbiyot, ta’lim, madaniyat sohalariga sarflanayotgan xarajatlaming yuqoriligi va atrof-muhit muhofazasiga ajratilayotgan sarf-xarajatlarning (YalM ga nisbatan 3— 4 %) yuqorligi bilan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni quyidagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi :
a) miqdoriy ko‘rsatkichlar: jahon sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 57 foizi; jahon qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishining 40 foizi ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
b) sifat ko‘rsatkichlar: iqtisodiyotning ko‘p tarmoqli tarkibga egaligi. Xizmatlar sohasi ushbu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etadi; jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqorligi. Ushbu mamlakatlar hissasiga jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishining 80 % ga yaqini to‘g‘ri keladi; jahon ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnologikmahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqoriligi. Ular hissasiga ushbu mahsulotlarning 90 % ga yaqini to‘g‘ri keladi; jamiyatning ijtimoiy tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi, yuqori turmush darajasi sifati va standartlariga ega o‘rta sinfning mavjudligi .
XXI asrning boshida rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) a’zosi hisoblanadi .


Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling