Navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi 25-19IQ guruh talabasi
Samandarov Javlonbekning
Sanoat iqtisodiyoti
fanidan tayyorlagan
Qayta o’zlashtirish
Mavzu: SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY
FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI
Reja:
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati,tarkibi va tuzilishi.
Asosiy fondlarni baholash.
Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi.
Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘Iiari.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr kuvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar , mehnat vositalariga esa, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra:
1. ASOSIY FONDLAR
AYLANMA FONDLAR
Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining xilma-xilligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo'lmadi:
1. Zarur mehnat sharoitlarini ta'minlaydigan bino va me’morlik-qurilish obyektlari. Binolarga sexlaming ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi.
2. Inshootlar - ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur va mehnat buyumlari o'zgarishi bilan bogliq bo‘lmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandislik-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko'priklar va h.k.).
3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar.
4. Mashinalar va asbob-uskunalar;
5. Transport vositalari.
6. Har xil asboblar.
7. Ishlab chiqarish inventarlari.
8. Xo‘jalik inventarlari va boshqalar
Asosiy fondlar tarkibini o‘rganishda ularning tuzilmasi masalasiga ham e’tibor berish kerak. Asosiy fondlarning tuzilmasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar va guruhlardan har birining umumiy qiymatidagi nisbatiga aytiladi.
Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
- tarkibiy tuzilma
- texnologik tuzilma.
- tarmoq tuzilmasi.
-hududiy tuzilma.
- takror ishlab chiqarish tuzilmasi.
Asosiy fondlarni baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |