Amaliyotda asosiy fondlami baholashning quyidagi turlari qo’llaniladi:
1) dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi.
Ob=Sb +Xt+Xm
Ob--dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho
Sb--asosiy fondlaming sotib olingan bahosi
Xt--asosiy fondlami olib kelish uchun sarflangan transport xarajatlari
Xm--montaj xarajatlarini o‘z ichiga oladi
Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar yillar o‘tishi bilan eskiradi va o‘z sifatini yo‘qota boradi
Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin
Jismoniy eskirish deganda, asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida butunlay yoki qisman
ishdan chiqishi, emirilishi tushuniladi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko‘chadi.
Fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligi o‘sishi tufayli ishlab turgan mashina va asbob-uskunalar qiymatining kamaytirilishi, nisbatan unumli va tejamli yangi mashinalaming va asbob-uskunalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalaming jismoniy yeyilish muddati tugamasdan turib qadrsizlanishi - asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi deyiladi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o ‘z qiymatming ma’lum qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot qiymatiga oz-ozdan ko‘chirib boradi.
Amortizatsiya - (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi — asosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar, binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga o‘tib borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |