Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi.
Ishlab chiqarish quvvati va ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘IIari
Ishlab chiqarish quvvatlaridan qanchalik to‘la va unumli foydalanilsa, ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulotning tannarxi kamayadi, korxonaning foydasi va samaradorligi oshadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ma’lum vaqt ichida belgilangan assortiment va nomenklatura, mavjud dastgohlar, ishlab chiqarish maydonlaridan to‘liq foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi.
Korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
a) mavjud uskunalar va agregatlarning soniga ta’mirlashdagi uskunalar, rejalashtirish davrida yangi dan kiritilgan uskunalar qo‘shiladi. Lekin jismoniy va tabiiy sharoit ta’sirida emirilgan uskunalar hisobga kiritilmaydi;
b) korxonalar va sexlaming ishlab chiqarish maydonlari
haqidagi ma’lumot;
v) korxonalaming ish rejimi, ya’ni smenalar soni
(ta’mirlashga to‘xtash vaqtisiz), ish vaqti fondi;
g) uskunalar, agregatlarning unumdorlik normasi.
Yuqoridagi ma’lumotlar hisobga olinib ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Q=Ds*Du*Div
Bu yerda:
Q - korxonaning ishlab chiqarish quvvati;
Ds - bir turdagi dastgohlar soni ;
Du - vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
Div - dastgohlaming ishiash vaqti.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ortiqov A. “ Sanoat iqtisodiyoti” TDIU, 2004-yil
Karimov L. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi. T: O’zbekiston 2009-yil.
www.ziyonet.uz sayti
www.press-service.uz sayti.
Do'stlaringiz bilan baham: |