Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishonchli jihozlar.
Boshqa omillar
Siz hamisha quyidagi ta`sir etuvchi omillar haqida eslang. Xonaning joylashishi. Xona shinam va qulay bo’lishi kerak. Diqqatni jalb etmaydigan va rasm-plakatlar reprezentativ ijobiy xarakterga ega. Stol ustidagi rasmlar. Ba`zi mutaxassilar ishchi stolda oilasi yoki hamkorlarning rasmi turadi. Mijoz bilan uchrashuvda bu muloqotni qiyinlashtirishi mumkin va agar mijoz siz egallagan oila haqida ijobiy tajribaga ega bo’lmasa, uni ajablantiradi. Bunga qo’shimcha: agar siz xavfli mijoz bilan ishlasangiz, siz xoxlamaganingizda ham bu sizni oilangiz haqidagi ma`lumot bilan tanishtirishga olib kelishi mumkin. SHuning uchun mijoz bilan uchrashayotganda shaxsiy fotosuratlarni ko’ymaslik tavsiya etiladi. Ishonchli jihozlar. Imkoniyati cheklangan, zarur muloqot vositalarni talab etadigan insonlar, bolalar, shaxslar bilan muloqotda o’zingizda zarur materiallar (o’yinchoq, kitoblar va boshqalar) borligiga ishoning, ular ishda samaraga erishishingizga yordam beradi. Muloqotchanlik malakalari turlari Maslahat olib borish malakalari Maslahatlar berish davomida ijtimoiy xodim tomonidan egallangan malakalar turli vaziyatlarda qo’l kelishi mumkin.Bu malakalar, albatta, amaliyot davomida qo’llanlib borilishi zarur. Ayniqsa, har kuni bo’lib o’tadigan mijoz – mutaxassis vaziyatlarida unumli foydalanilishi kerak. Biroq maslahatlar olib borish malakalari bu foydalilik darajasiga ko’ra ishlatish lozim yoki kerak bo’lmagan narsa emas. Bu mijoz uchun yuqori samaradorlik bilan o’z fikr va xis-tuyg’ularini bildirish uchun qulay imkoniyat yaratib beruvchi vositadir. Maslahat berish malakalari mutaxassis va mijoz o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha samarali muloqotlarning asosi bo’lib hisoblanadi (munosabat xususiyatidan qat`iy nazar). Bundan tashqari, bu malakalar hamkasblarga kasbiy yordam ko’rsatish davomida katta ahamiyatga ega. Sizning e`tiboringizga ijtimoiy xodim tomonidan foydalanilishi mumkin bo’lgan bir necha turdagi maslahat malakalari hamda vaziyatlar aks etgan ro’yxat havola etilmoqda: • o’z sohasi bo’yicha siljish yo’nalishini o’zgartirmoqchi bo’lgan insonlarga yordam; • qaror qabul qilish davomida yordam ko’rsatish; • katta ahamiyatga ega bo’lgan qarorlarni mustaqil tarzda hal etish imkoniyatini yaratish; • qarindoshlarini yo’qotgan kishilarni qo’llab-quvvatlash; • bola va o’smirlar bilan ishlash; • oilaviy muammolarni hal etish; • psixiatriya sohasiga oid muammolarni muhokama qilish va boshqa soha mutaxassislariga maslahatga yo’llash; • hamkasblarga yordam ko’rsatish; • talabalarni ijtimoiy xodim kasbiga o’qitish. SHuni ham aytib o’tish joizki, “maslahat” tushunchasi turli insonlar uchun turlicha talqinga ega bo’lishi mumkin. Umuman keng ma`noda olganda maslahat tushunchasi ostida maslahatlar berish, yordam ko’rsatish, rahbarlikni amalga oshirish va boshqalar tushuniladi. Tor ma`noda esa, “maslahat” tushunchasi ostida odatda alohida turdagi munosabatlarni, ya`ni mutaxassis mijozga maslahat berishga emas, balki unga oyoqqa turishga va o’z qarorlarini mustaqil tarzda qabul qilishga o’rganishida yordam berishga harakat qiladi. Maslahat berish malakalarini asosan ikki guruhga ajratish mumkin: 1) tinglay bilish va 2) interventsiyalarni olib borish. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling