Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet69/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Eshita bilish.
Tinglash - suhbatdoshga shunchaki o’z e`tiborini qaratish emas, balki o’zini haqiqatda ham uni tinglab, to’g’ri tushunayotganligingizga ishonch hosil qilishi uchun harakat qilish.
- Tinglayotgan kishingizning ro’parasiga o’tiring. O’zga kishini haqiqatda ham to’liq tinglashingiz uchun, uni albatta ko’rib turishingiz kerak. Bunday tashqari u ham sizni ko’rib turishi lozim. SHuning uchun hamsuhbatni tinglab turib, uning yonida emas, balki ro’parasida o’tirish maqsadga muvofiqdir. eng asosiysi hamsuhbatlar bir-birining yuzini ko’rib turishi lozim.
- Ochiq bo’ling. CHalishtirib turilgan oyoq va qo’llar o’z o’rnida himoyalanuvchi pozitsiyadan dalolatdir. YAxshisi qulayroq o’tirib olib, qo’la va oyoqlarni chalishtirmay o’zingizni erkin tutib o’tirganingiz ma`qul.
- Tinglayotgan kishingiz tomoniga biroz og’ib o’tirganingiz ma`qul. Bunday harakat odatda suhbatdoshda sizning unga, uning muammolariga nisbatan chin dildan munosabatda bo’layotganingizdan hamda bu masalaga nisbatan qiziqishingiz darajasidan dalolat beradi. Biroq bu o’rinda sizning bu harakatingiz suhbatdoshda noqulayliq hisning paydo bo’lishiga olib kelmasligiga ham e`tibor berish kerak.
- Nigohli aloqani saqlab qolishga harakat qiling. Nigoh – bu shaxslararo muloqotning ahamiyatli vositalaridan. SHuning uchun doimo nigohingiz va qarashingizning suhbatdosh uchun yo’naltirilganligi va uning ko’rishi uchun qulayligiga e`tibor berish lozim.
- O’zga kishini tinglab turib, o’zingizni erkin tuting. Tinglash – bu suhbatdoshingiz tomonidan aytilgan oxirgi so’zlarni qaytarish degani emas. Sizga kerakli bo’lgan eng asosiysi – bu faqatgina tinglash. O’zini erkin tutayotgan tinglovchi o’z o’rnida o’zga kishi nutqining haqiqatda ham tinglovchi tomonidan tinglanilayotganini his etishi va bu bilan o’zini yanada erkin his etishiga yordam beradi.
Interventsiya80larni olib borish malakalari
Maslahat berish malakalarining ikkinchi guruhini interventsiyalarni olib borish malakalari tashkil etadi. Bu erda mutaxassis maslahat davomida gapiradigan gaplari katta ahamiyatga ega. Keyingi interventsiyalar maslahat berish jarayonida juda foydali bo’lishi mumkin:
• savollar;
refleksiya;
• tanlov asosidagi refleksiya;
hayrihoxlikni shakllantirish;
• to’g’ri tushunilayotganligini nazorat qilish.
Yuqorida sanab o’tilgan har bir malakaning ustida ishlab, uni shakllantirish mumkin. Buning uchun esa, albatta amaliyot kerak. Ro’yxatga qarab turib, har bir inson bexosdan “axir men ham shuni qilaman-ku” deb aytishi mumkin. Biroq malakalarga ega bo’lish va undan foydalanish hamda eng muhimi amaliyotda ustalik bilan qo’llay olish bu turli darajaga ega bo’lgan holatlar. Maslahat odatda oddiy suhbatga ham o’xshab ketadi. SHu suhbat ko’rinishini takrorlamay, undan tashqariga chiqish uchun, albatta yuqorida sanab o’tilgan malakalarning barchasidan unumli foydalana bilish lozim.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling