Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet72/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137
Muloqot tili.
Mumkin emas:
biror-bir odamni xaqorat, tanqid yoki mijoz bilan bahslashish;
• mijozga u nima qilishi kerakligi haqida buyruq berish;
• mijoz tajribasini nazarga ilmaslik;
• steriotiplar asosida muhokama etmaslik;
• mijoz uchun qaror qabul qilmaslik;
• mijoz ruxsatisiz ma`lumotlarni uchinchi shaxsga bermaslik;
• bir xil javob qaytaruvchi to’g’ri savollar bermaslik;
• bajara olmaydigan ishlaringiz uchun va`da bermang;
• suhbat mavzusini o’zgartirish;
Mumkin:
• javoblar sonini ko’paytiruvchi savollar savollar berish;
• mijozga asosiy so’zlovchi bo’lishga imkon berish;
• fakt va emotsiya haqida o’ylab ko’rish;
• rezyume bo’yicha malakalarni qo’llash;
• mijoz bilan suhbatda uning his- tuyg’ulari va qayg’ulariga ta`sirlanish va
rag’batlantirish;
• mustaqil qaror qabul qilishga mijozni yo’naltirish;
• sizning shaxsiy fikringiz ustida gapirilganda “men” so’zidan gapni boshlang;
• hamjamiyatda mavjud xizmat va resurslar haqida ma`lumotlarni ko’rsatish;
• konfidentsiallikka hamisha rioya qilish;
• izolyatsiyadan chiqarish/yordam berish orqali mijoz imkoniyatlarini kengaytirish.
Mijoz bilan ishlashda taqiqlangan usullar xatolar:
1. Mijozga nisbatan shaxsiy murojaatning yo’qligi. Bu juda katta masofani, emotsional sovuq aloqani talab etadi. Mijozga ismi bilan murojaat eting.
2. Mijozga maxsus va tushunarsiz so’zlarni qo’llash. Mijoz bilan ijtimoiy ishchi bo’lgan suhbatda tushunarsiz so’zlarni izohlarsiz qo’llash ular orasidagi ishochli muloqotni buzilishiga olib keladi. Mijozga tushunarli tilda gapiring!
3. Kasbiy o’zaro ta`sirdan maishiyga o’tish. Mijoz va ijtimoiy ishchi o’zaro munosabatida inson sifatida emas, prfessional sifatida refleksiya qilish. Aks xolda maslahat mohiyatiga ko’ra “oshxonadagi suhbatlarga” aylanadi. Kasbiy ta`sirlaning!
4. Boshqa insonlar fikriga doimiy appelyatsiya. Maslahatli aloqa maqsadi inson fikrini aniqlash uning xal qilish yo’llari mantig’ini aniqlash. Bu haqda boshqa insonlar nima deb o’ylashi haqida mijozdan so’ramang, uning pozitsiyasini aniqlang.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling